Посты канала LOGODOM by Latofat Zafarovna
Nutq chiqarib uni rivojlantirish mavzusini shogirtlarga karzinkaning o’yinchoqlari bilan tushuntirishga nechchi? 😁
Открыть в TelegramOnajonlar uchun yengiligim endo man foydali ma’lumotlar bilan youtube kanalimda bo’lishib boraman 😊
Открыть в TelegramUyingizda qaysi o‘yinchoq chang bosib yotibdi? 🧸 Pirамида, kubiklar, mozaika, yoki bir marta o‘ynab qo‘yilgan qimmat konstruktor… 😅 👇 Izohga o‘yinchog‘ingiz nomini yozing (rasmini tashlasangiz ham bo‘ladi). Eng ko‘p yozilgan o‘yinchoqlarga logoped sifatida nutq va motorikani rivojlantiradigan yangi o‘yinlar topib, video qilib beramiz 🎥 O‘yinchoq yangi bo‘lishi shart emas, uni to‘g‘ri o‘ynash kerak, xolos 💡
Открыть в TelegramPulga olingan o‘yinchoq zerikib yotmasin! 😅 Bitta bolt-o‘yinchoqdan 3 ta o‘yin: 🎨 rang va shaklni topamiz 🧠 xotirani mashq qilamiz 📿 shnurovka bilan marjon teramiz Bola xursand, siz esa uni rivojlantirdingiz ✅ Videoni ko‘ring va bugunoq sinab ko‘ring 👆
Открыть в Telegram🌷 14-NOYABR — XALQARO LOGOPEDLAR KUNI! Inson hayotidagi eng go‘zal ne’matlardan biri — bu so‘zlash, o‘z fikrini erkin ifoda etish va yaqinlari bilan muloqot qilishdir. Bu yo‘lda har bir bolaning ilk so‘ziga, ilk jumlasiga, kichik yutug‘iga sababchi bo‘layotgan logopedlar mehnati beqiyos! ❤️ Siz nafaqat bolalarga gapirishni, balki o‘z dunyosini so‘zlar orqali ifoda etishni o‘rgatasiz. Har bir aytilgan so‘z ortida sizning sabringiz, bilimingiz, mehringiz va tinimsiz mehnatingiz bor. Barcha fidoyi logoped mutaxassislarni kasb bayrami bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! 🌸 Mehnatingiz qadrlansin, shogirdlaringiz yutuqlari quvonchingizga quvonch qo‘shsin! Kasbingizga mehringiz, qalbingizga esa doimo ilhom hamroh bo‘lsin! Bayramingiz muborak, aziz logopedlar! ❤️
Открыть в Telegram«Bolam gapirmayapti. Uni ko‘proq mashq qildirish kerakmi?» Bu savolni ko‘plab ota-onalardan eshitamiz. Ko‘pchilik bolaning nutqi rivojlanishi uchun faqat mashq qilish kerak, deb o‘ylaydi. Ammo bola nutqiga ta’sir qiluvchi boshqa muhim omillar ham bor. ✔️ Bolaning ruhiy holati va emotsional xotirjamligi. ✔️ Ota-ona bilan muloqot sifati. ✔️ Yetarli uyqu va dam olish. ✔️ Harakatli o‘yinlar va jismoniy faollik. ✔️ Bolaning atrofidagi nutqiy muhit. Bola doimiy stressda bo‘lsa, unga bosim o‘tkazilsa yoki har bir harakati uchun tanbeh berilsa, bu uning muloqotga bo‘lgan qiziqishiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Открыть в Telegram