Inson hayotini saqlab qolish uchun yaratilgan dori qanday qilib milliard dollarlik biznesga aylandi? 1921-yilgacha 1-tur diabet tashxisi deyarli o‘lim hukmi bilan teng edi. Ayniqsa, bolalar uchun. Kanadada Frederik Banting va uning hamkasblari oshqozon osti bezidan insulin ajratib olish va undan diabetni davolashda foydalanish ustida ishlashdi. 1922-yilda 14 yoshli Leonard Thompson insulin bilan muvaffaqiyatli davolangan birinchi bemorga aylandi. Keyinchalik olimlar patent huquqlarini Toronto universitetiga ramziy 1 dollardan topshirishdi. Ularning asosiy maqsadi bu kashfiyot imkon qadar ko‘proq insonlarga yetib borishi edi. Bugun jahon insulin bozorining 90 foizdan ortig‘i UCHTA kompaniya - Eli Lilly (AQSh), Novo Nordisk (Daniya) va Sanofi (Fransiya) hissasiga to‘g‘ri keladi. AQShda ayrim insulin preparatlarining bir flakoni 300 dollarga yaqin narxda sotilgan. Hatto pul yetmagani uchun insulin dozasini kamaytirishga majbur bo‘lgan bemorlar ham bor. Texasda senator Lois Kolkhorst tashabbusi bilan ayrim sug‘urta dasturlarida bemorning 30 kunlik insulin retsepti uchun to‘lovi 25 dollar bilan cheklandi. 2023-yilda esa Eli Lilly ayrim insulinlari narxini 70 foizga tushirishini e’lon qildi. Demak, davlat aralashuvi va jamoatchilik bosimi bilan vaziyatni o‘zgartirish mumkin ekan. Men erkin bozor va tadbirkorlik tarafdoriman. Farmatsevtika kompaniyalari tadqiqotlarga investitsiya qilib, foyda ko‘rishi tabiiy. Ammo inson hayoti uchun zarur dorining narxi odamlarni undan voz kechishga yoki dozasini kamaytirishga majbur qiladigan darajada bo‘lishini qabul qila olmayman. Ayniqsa, 1-tur diabet bilan yashaydigan inson uchun insulin shunchaki dori emas, uning hayotini saqlab turadigan zarurat. Bugun, 14-noyabr - Butunjahon diabet kuni. Bu sana insulin kashfiyotida muhim rol o‘ynagan Frederik Bantingning tug‘ilgan kuniga bag‘ishlangan. Mening kichkina, jasur qizalog‘im, bayraming muborak! Sening bolaliging qand ko‘rsatkichlari va insulin dozalari bilan emas, kulgi, orzular va baxtli xotiralar bilan to‘la bo‘lishini istayman. Bir kun kelib, olimlar 1-tur diabetni butunlay davolash yo‘lini ham topishlariga umid qilaman. 100 yil avval bir guruh olimlarning mehnati tufayli bugun men qizimni bag‘rimga bosib, uning kelajagi haqida orzu qila olaman. Rahmat, Frederik Banting! @latipovasamira
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 20 ч | 715 |
| 33 ч | 788 |
- Через 24 часа715
- Всего сейчас788










