📢 Heads Up, Kurash Athletes! WADA’s 2027 Prohibited List Is Out! The World Anti-Doping Agency (WADA) has published its updated List of Prohibited Substances and Methods, which takes effect on 1 January 2027. If you take medication or use supplements, now’s a good time to review what’s changed. What’s changed? WADA has added several substances as named examples in categories that are prohibited both in and out of competition. These include imlunestrant, seladelpar, SLU-PP-332 and SLU-PP-915 among hormone and metabolic modulators, and eplerenone and finerenone under diuretics and masking agents. WADA also reminds athletes that an unapproved peptide can be prohibited even if it isn’t named on the List. 💊 Check before you take it. Athletes are responsible for prohibited substances found in their bodies. Check the anti-doping status of any medication or supplement before using it. If you’re unsure, ask your anti-doping organisation. If you need a prohibited substance for medical treatment, ask whether you need a Therapeutic Use Exemption (TUE). The International Kurash Association (IKA) encourages athletes, coaches and team medical staff to review the changes together before they take effect. 🔗 Read WADA’s 2027 Prohibited List 👉 See WADA’s summary of changes ___ 📢 Kurashchilar, diqqat! WADAning 2027-yilgi Taqiqlangan moddalar ro‘yxati e’lon qilindi! Butunjahon antidoping agentligi (WADA) yangilangan Taqiqlangan moddalar va usullar ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxat 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi. Agar dori vositalari yoki oziq-ovqat qo‘shimchalarini qabul qilsangiz, o‘zgarishlar bilan hozirdan tanishib chiqish ayni muddao. Nimalar o‘zgardi? WADA musobaqa davrida ham, musobaqadan tashqari davrda ham ta’qiqlangan moddalar toifalariga bir nechta moddani nomma-nom misol sifatida kiritdi. Gormonal va metabolik modulyatorlar qatoriga imlunestrant, seladelpar, SLU-PP-332 va SLU-PP-915, diuretiklar va niqoblovchi vositalar qatoriga esa eplerenone va finerenone kiritildi. WADA, shuningdek, foydalanish uchun tasdiqlanmagan peptid ro‘yxatda nomma-nom ko‘rsatilmagan bo‘lsa ham, ta’qiqlangan bo‘lishi mumkinligini sportchilarga eslatadi. 💊 Qabul qilishdan oldin tekshiring. Sportchilar o‘z organizmida aniqlangan ta’qiqlangan moddalar uchun javobgardir. Har qanday dori vositasi yoki oziq-ovqat qo‘shimchasini qabul qilishdan oldin antidoping qoidalariga ko‘ra undan foydalanish mumkinligini tekshiring. Ishonchingiz komil bo‘lmasa, antidoping tashkilotingizga murojaat qiling. Agar davolanish uchun ta’qiqlangan moddadan foydalanishingiz zarur bo‘lsa, terapevtik maqsadda foydalanish uchun ruxsatnoma (TUE) kerakmi-yo‘qligini so‘rang. Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi (IKA) sportchilar, murabbiylar va jamoalarning tibbiyot xodimlarini o‘zgarishlar kuchga kirishidan oldin ular bilan birgalikda tanishib chiqishga chaqiradi. 🔗 WADAning 2027-yilgi Ta’qiqlangan moddalar ro‘yxati bilan tanishing 👉 WADA e’lon qilgan o‘zgarishlar sharhini ko‘ring 🥇 @Kurash_press
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 14 ч | 216 |
| 34 ч | 276 |
- Всего сейчас276








