Bugun Kökdala tuman 1-son texnikumida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi F-60-sonli Farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida öquvchilarning huquqiy savodxonligini oshiriş, Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyatini chuqur anglaş, yoşlar orasida qonunga hurmat va fuqarolik mas’uliyatini kuçaytirish maqsadida texnikum öquvçilari örtasida «Konstitutsiya bilimdonlari» olimpiadasi taşkil etildi. Qizğin va murosasiz bilim bellaşuvi davomida ishtirokçilar özlarining huquqiy bilimlarini namoyiş etdilar. Olimpiada öquvçilarda nafaqat huquqiy bilimlarni mustahkamlaş, balki Vatanga sadoqat, qonunlarga hurmat şakllantirişda ham muhim ahamiyat kasb etdi. Matnlarni yangi lotin alifbosiga oson va tez ögiriş uçun @UzAlifbot dan foydalaning @Kukdala_uz
Открыть в TelegramПосты канала Kökdala press | Qaşqadaryo vil. Kökdala tumani hokimligi
«Konstitutsiya bilimdonlari» olimpiadasida qatnaşgan 50 nafar öquvçilardan 6 nafari yuqori natijalarga erishib, Texnikum rahbariyatining Diplom va esdalik sovğalariga ega böldilar. Bilim va intiluvçanligi bilan ajralib turgan bu öquvçilar munosib taqdirlandilar. Bunday ma’rifiy-ma’naviy tadbirlar yoş avlodning huquqiy madaniyatini yuksaltiriş, Konstitutsiyaviy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaş hamda kelajakda öz huquq va burçlarini yaxşi anglaydigan, mas’uliyatli fuqarolarni voyaga yetkazişga xizmat qiladi. Matnlarni yangi lotin alifbosiga oson va tez ögiriş uçun @UzAlifbot dan foydalaning @Kukdala_uz
Открыть в TelegramTashabbusli budjet: Aholining ko'p yillik muammolariga yechim bo'lmoqda! “Tashabbusli budjet” loyihasi fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirish va joylardagi muammolarni qisqa muddatda hal etishning samarali yechimi sifatida xizmat qilmoqda. Xususan, bugun Ko'kdala tumani “Qumdaryo” mahallasining 2.8 kmdan ziyod ichki yo'llari "SHAROFAT MAJIDOVNA" MCHJning yo'lsozlari tomonidan asfalt qoplamasi yotqizilmoqda. "Tashabbusli budjet" 2026 -yil 2-mavsumda budjetdan ajratilgan 1 milliard 648 million so‘m mablag‘ evaziga ichki yo'llarda ta’mirlash-bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Natijada ichki yo'llar ravon, butkul yangicha va zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lib, ushbu ko'chalarda istiqomat qiluvchi fuqarolar tekis va ravon yo'llarga ega bo'lishmoqda. Matnlarni yangi lotin alifbosiga oson va tez ögiriş uçun @UzAlifbot dan foydalaning @Kukdala_uz
Открыть в TelegramKökdala tumani Maktabgaça va maktab ta`limi bölimi xodimlari tomonidan "Yaşil makon" doirasida daraxt köçatlari ekildi. Matnlarni yangi lotin alifbosiga oson va tez ögiriş uçun @UzAlifbot dan foydalaning @Kukdala_uz
Открыть в TelegramҚашқадарё вилоятида Президент фармони ижроси юзасидан “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси доирасидаги ишлар давом этмоқда. Жумладан, Кўкдала тумани “Шўрқудуқ” маҳалласи ҳудудида Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2026-йил 23-сентябрдаги ПФ-206-сон Фармони ижроси доирасида экологик муҳитни яхшилаш, маҳаллаларда “3-30-300” халқаро стандартини жорий этиш ҳамда кузги кўчат экиш мавсумига тайёргарлик ишлари олиб борилмоқда. Тадбирлар доирасида маҳалла ҳудудида 2 мингдан ортиқ мевали ва манзарали дарахт кўчатларини экиш орқали микроўрмон барпо этиш ишлари бошлаб юборилди. Шунингдек, кўчат етиштириш, яшил ҳудудларни кенгайтириш ва микроўрмонлар фаолиятини ташкил этиш орқали ҳудуднинг экологик ҳолатини яхшилаш, аҳоли учун қулай ва соғлом муҳит яратишга алоҳида эътибор қаратилмоқда. 🌱 Яшил ҳудудларни кўпайтириш — келажак авлод учун мусаффо ҳаво ва соғлом муҳит яратиш йўлидаги муҳим қадам. 👉 @QASHQADARYO_24 телеграм каналига аъзо бўлинг
Открыть в Telegram