#Prezident_maktubi #Yoşlar_kelajagi MUHTARAM PREZIDENTIMIZ MAKTUBI — YOŞLAR KELAJAGIGA YUKSAK IŞONÇ VA MAS’ULIYAT IFODASI! Qarşi davlat texnika universiteti Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt fakultetida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning öz nabirasiga yöllagan, mazmun-mohiyati bilan butun Özbekiston yoşlariga qaratilgan samimiy maktubi mazmun-mohiyatini talaba-yoşlarga yetkaziş yuzasidan davra suhbati bölib ötdi. Fakultet dekani va professor-öqituvçilar iştirokida ötkazilgan tadbirda davlatimiz rahbarining mazkur maktubi talaba-yoşlarga öqib eşittirilib, unda ilgari surilgan ezgu ğoyalar, hayotiy ögitlar va yoş avlod tarbiyasidagi ahamiyati atrofliça muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, uşbu maktub şunçaki boboning nabirasiga yozgan nasihati emas, balki butun Özbekiston yoşlariga qaratilgan samimiy murojaat, yuksak işonç va ezgu da’vatdir. Unda yoşlarni ilm olişga, vaqtni qadrlaşga, zamonaviy bilim va texnologiyalarni egallaşga, raqamli dunyoda öz örnini topişga, izlanişdan töxtamaslikka hamda Vatanga munosib farzand bölib kamol topişga undovçi muhim ğoyalar mujassam. 🎓 Aziz talabalar 🇺🇿 Kelajak sari intiling, bilim bilan yuksaling, innovatsion ğoyalar yarating va vatan ravnaqiga munosib hissa qöşing! Bizni birga kuzatib boring: 👇 Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt fakulteti axborot xizmati ✍️
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 92 |
| 2 ч | 417 |
- Всего сейчас417








