Кабинет

Посты канала Kozimjon Ibrohim | Rasmiy Blog

сначала новые

#882Превью ссылки
Просмотры2 350+18%к среднему
Пересылки—
Реакции15
Комментарии—
#880Текст
Просмотры2 540+27%к среднему
Пересылки—
Реакции19
Комментарии—
#872Фото
Просмотры3 170+59%к среднему
Пересылки—
Реакции39
Комментарии—
#868Фото

Mazhabimiz imomi Abu Hanifa rahmatullohi alayhdan rivoyat qilinishicha, ustozlari Hammod vafot etganlaridan keyin har namozdan keyin ota-onalari qatori u zotning haqlariga ham istig‘for aytgan ekanlar. Ustozga vafo, uning xizmatini unutmaslik, haqqiga duo qilish — dinimiz o‘rgatgan ulug‘ odoblardan, ilm va tarbiya madaniyatining go‘zal an’analaridandir. Bugun, 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan men ham menga ilm-bilim bergan, ilm vositasida Allohni tanishga yo‘l ko‘rsatgan, hayotni anglashni, umrning qadriga yetishni o‘rgatgan barcha ustoz va murabbiylarimga cheksiz ehtiromim, samimiy tabriklarim va duolarimni yo‘llayman. Ona yurtim O‘zbekistondagi hamda uning tashqarisidagi jondan aziz ustozlarim! Bugun bilgan har bir foydali ilmimda, aytgan har bir xayrli so‘zimda, boshqalarga yetkazishga urinayotgan har bir sabog‘imda sizlarning haqqingiz va mehnatingiz bor. Bergan ta’limingiz, ko‘rsatgan tarbiyangiz, sabringiz va duolaringiz uchun Alloh taolo sizlarni eng go‘zal mukofotlar bilan siylasin. Hayot bo‘lgan ustozlarimizning umrlariga, ilmlariga va xizmatlariga baraka bersin. Olamdan o‘tgan ustozlarimizni O‘z rahmatiga olsin, darajalarini yuksaltirsin. Bizga esa ularning haqlarini unutmaslikni, o‘rgatgan ilmlariga amal qilishni, ularga nisbatan vafo va ahdda sobit turishni nasib etsin. Shu munosabat bilan meni ham ustoz deb bilib, samimiy tabrik va duolar yo‘llagan barcha aziz ukalarimga minnatdorlik bildiraman. Sizlarning ilmda, odobda va ezgu xizmatlarda kamol topishingiz — biz uchun eng qadrli sovg‘adir. Murabbiylarning eng afzali, bashariyatning ulug‘ muallimi — Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga, u zotning ahli baytlari va sahobalariga salovot-u salomlar bo‘lsin! 🌟🌟🌟🌟🌟 Ehtirom va duo bilan, Kozimjon Ibrohim

Открыть в Telegram
Просмотры3 240+62%к среднему
Пересылки—
Реакции61
Комментарии—