🇨🇦🤝🇺🇿 Kanada elchisining KIUTga tashrifi: ta’lim, ilm-fan va biznes hamkorligi muhokama qilindi
20-noyabr kuni Kanadaning Markaziy Osiyodagi elchisi Christopher Duggan boshchiligidagi delegatsiya Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.
Delegatsiya tarkibida Kanadaning katta savdo komissari Jude Pecora ham ishtirok etdi.
Universitet rektori, professor Akmal Allakuliyev bilan uchrashuvda O‘zbekiston va Kanada o‘rtasidagi ta’lim, ilm-fan va biznes sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, Saint Mary’s, Simon Fraser va York universitetlari bilan akademik aloqalarni rivojlantirish, Kanadadan professor-o‘qituvchilarni KIUTdagi ta’lim va ilmiy jarayonlarga jalb etish, qo‘shma dasturlar hamda talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Muzokaralarda iqlim o‘zgarishi, gender tengligi, barqaror rivojlanish, sun’iy intellekt va yashil energetika yo‘nalishlarida qo‘shma tadqiqotlar olib borish hamda xalqaro grant loyihalarida hamkorlik qilishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Kanadaning katta savdo komissari Jude Pecoraga Kimyo Business School negizida O‘zbekiston va Kanada ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida uchrashuvlar tashkil etish taklifi bildirildi. Mazkur tashabbus ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida tajriba almashish, yangi biznes aloqalarini o‘rnatish va qo‘shma loyihalarni muhokama qilishga qaratilgan.
Uchrashuvda rektor Akmal Allakuliyev xalqaro ta’lim hamkorligi faqat universitetlar rivoji bilan cheklanib qolmasligi, balki mamlakatning ilmiy salohiyatini oshirish, malakali kadrlar tayyorlash va O‘zbekistonning iqtisodiy taraqqiyotiga ham salmoqli hissa qo‘shishi lozimligini ta’kidladi.
🇬🇧 On November 20, a Canadian delegation led by H.E. Christopher Duggan, Ambassador of Canada to Central Asia, visited Kimyo International University in Tashkent. The delegation also included Jude Pecora, Canada's Senior Trade Commissioner.
During a meeting with KIUT Rector, Professor Akmal Allakuliev, the two sides discussed opportunities to strengthen cooperation between Uzbekistan and Canada in higher education, scientific research, and business.
The discussions focused on establishing academic partnerships with Saint Mary's University, Simon Fraser University, and York University, inviting Canadian professors to teach and conduct research at KIUT, developing joint academic programs, and expanding student exchange opportunities.
The meeting also explored potential joint research projects in climate change, gender equality, sustainable development, artificial intelligence, and green energy, as well as participation in international research grants.
In addition, KIUT proposed organizing meetings between Uzbek and Canadian business representatives through Kimyo Business School.
The initiative, presented to Senior Trade Commissioner Jude Pecora, aims to encourage knowledge sharing, strengthen business connections, and explore opportunities for joint projects.
During the meeting, Rector Akmal Allakuliev emphasized that international cooperation in education should go beyond the development of individual universities. He highlighted its broader role in strengthening Uzbekistan's research capacity, preparing highly qualified professionals, and making a meaningful contribution to the country's economic development.
🔗 www.kiut.uz