🇺🇿Kitob tumanida xavfsiz muhitni yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi Respublika idoralararo muvofiqlashtirish shtabi ishchi guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1 va PQ–2-son qarorlari ijrosi yuzasidan Qashqadaryo viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda. Xususan, ishchi guruh tomonidan Kitob tumanida xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. O‘rganishlar davomida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xarita”lari ijrosi, belgilangan chora-tadbirlarning natijadorligi, taqdim etilgan hisobotlarning haqqoniyligi hamda muqaddam berilgan topshiriqlar ijrosiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish hamda mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi. Respublika ishchi guruhining viloyatdagi o‘rganishlari davom etmoqda. 🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇 ❤https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h ✅Facebook | 🌐Instagram | 🌐Web sayt| ✈Telegram | 🕊Twitter | 📹YouTube
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 277 |
| 2 ч | 1 250 |
| 4 ч | 1 780 |
- Через 1 час1 250
- Всего сейчас1 780









