KUN HIKMATI: Tinglash va sukut saqlash sizni donishmandlikka yetaklaydi. Sukut – donishmandlikning boshlanishi. _________ КУН ҲИКМАТИ: Тинглаш ва сукут сақлаш сизни донишмандликка етаклайди. Сукут – донишмандликнинг бошланиши.
Открыть в TelegramПосты канала KATTAQÖRĞON TUMAN HOKIMLIGI
XALQ DEPUTATLARI KATTAQÖRĞON TUMANI KENGAŞINING ÖTTIZ BIRINCHI SESSIYASI BÖLIB ÖTDI Joriy yilning 25-noyabr kuni Xalq deputatlari Kattaqörğon tumani Kengaşining navbatdagi öttiz sessiyasi bölib ötdi. Sessiya işini Xalq deputatlari tuman Kengaşi raisi Doston Ubaydullayev olib bordi. Unda tuman hokimi Jamşid Nasriddinov, hokim örinbosarlari, deputatlar, tegişli idora va taşkilotlar rahbarlari iştirok etdi. Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar körib çiqildi:
Открыть в TelegramPREZIDENTNING MILLAT FARZANDLARIGA MAKTUBI Suyukli nabiram Shavkatbekka parvoz davomida bitilgan maktub Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Открыть в Telegram3️⃣1️⃣➖🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 ✅Xalq deputatlari Kattaqо‘rg‘on tumani Kengashining navbatdagi o‘ttizinchi sessiyasi joriy yilning 25-noyabr kuni bо‘lib о‘tadi. 📌Bu haqda xalq deputatlari Kattaqо‘rg‘on tumani Kengashi raisi D.Ubaydullayevning 2026-yil 21-noyabrda qabul qilgan “Xalq deputatlari tuman Kengashining yettinchi chaqiriq, o‘ttiz birinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida”gi Farmoyishida ma’lum qilindi. Sessiya kun tartibi 1. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PF–223-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Kattaqо‘rg‘on tumanini 2026-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi”ning 2026-yil davomida amalga oshirilgan ishlar tо‘g‘risidagi tuman hokimining birinchi о‘rinbosari F.Tolibovning hisoboti haqida; 2. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga kо‘tarish tо‘g‘risida”gi PF-185-son Farmonining Kattaqо‘rg‘on tumanida ijrosini ta’minlash yuzasidan 2026-yil 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar tо‘g‘risidagi Kattaqо‘rg‘on tumani Favqulodda vaziyatlar bо‘limi boshlig‘i F.Turdiniyazovning hisoboti haqida; 3. Tumanda yoshlar muammolarini о‘rganish, ularni hal etishga kо‘maklashish, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatlarini rivojlantirish bо‘yicha qо‘shimcha sharoitlar yaratish choralarini kо‘rish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tо‘g‘risidagi Kattaqо‘rg‘on tumani Yoshlar ishlari bо‘limi boshlig‘i Sh.Mahkamovning hisoboti haqida; 4. Kattaqo‘rg‘on tumanning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida elektr ta’minoti tizimini yaxshilash borasida 2026-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi tuman “Elektr tarmoqlari” korxonasi rahbari J.Alimovning hisoboti haqida; 5. Aholi farovonligini ta’minlash va mahallalardagi mavjud muammolarni hal etishda “Mahalla yettiligi”ning mas’uliyatini oshirish, faoliyati va rolini kuchaytirish bо‘yicha Qoradaryo mahallasida olib borilayotgan ishlar tо‘g‘risida; 6. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 14-oktabrdagi “Yaylov yerlardan samarali foydalanish va chorvachilik xо‘jaliklarini davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlashga doir qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PQ-374-sonli qarorining tumanda ijrosini ta’minlash tо‘g‘risida; 7. Kattaqо‘rg‘on tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan tumanda barqaror ish о‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish orqali kambag‘allikdan holi hududga aylantirish bо‘yicha “Yо‘l xaritasi”ni tasdiqlash tо‘g‘risida; 8. Jahon banki ishhtirokidagi “O‘zbekistonda Yashash uchun qulay va barqaror shaharlar” natijaga asoslangan moliyalashtirish (PforR) dasturi doirasida moliyalashtirish uchun 2027 yilda infratuzulmani rivojlantirish Davlat dasturlariga kiritish uchun taklif qilinayotgan loyihalarni tasdiqlash to‘g‘risida. 🇺🇿🏛🇺🇿 Kattaqörğon tuman Kengaşi Telegram | Facebook | Instgram | YouTube
Открыть в TelegramПайшанба оши ва Пайшанба сомсаси Каттақўрғоннинг гастрономик брендига айланди Каттақўрғон туманининг ўзига хос миллий таомлари — Пайшанба оши ва Пайшанба сомсаси географик кўрсаткич сифатида давлат рўйхатидан ўтказилди. ————— Payşanba oşi va Payşanba somsasi Kattaqörğonning gastronomik brendiga aylandi Kattaqörğon tumanining öziga xos milliy taomlari — Payşanba oşi va Payşanba somsasi geografik körsatkiç sifatida davlat röyxatidan ötkazildi. Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/lsj2 Kanalga qo‘shiling: 👇 Telegram | Instagram | Youtube
Открыть в TelegramBRIFING | AHOLINI SUYULTIRILGAN GAZ BILAN TA’MINLASH HOLATI “Kattaqo‘rg‘ontumangaz” gaz ta’minoti bo‘limining suyultirilgan gaz bo‘linmasi rahbari San’at Shokirov tomonidan aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash holati yuzasidan brifing o‘tkazildi. Brifingda tumanda aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Открыть в TelegramPAYŞANBA OŞI GEOGRAFIK KÖRSATKIÇ SIFATIDA DAVLAT REYESTRIDAN ÖTKAZILDI Kattaqörğon tumanining öziga xos milliy taomlaridan biri — Payşanba oşi Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 6-noyabrda Geografik körsatkiçlar davlat reyestriga kiritildi. Kattaqörğonning milliy taomlari, xususan, Payşanba oşining öziga xosligi va hudud bilan boğliq nufuzini mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etadi. Payşanba oşi özining iştaha oçar körinişi, öziga xos tayyorlaniş usuli va mazasi bilan qadrlanadi. U mahalliy pazandalik an’analarining bir qismi sifatida aholi va mehmonlar orasida alohida örin tutadi. Mazkur geografik körsatkiçning davlat röyxatidan ötkazilişi milliy taomni keng tarğib qiliş, hududning gastronomik turizm salohiyatini oşiriş hamda mahalliy tadbirkorlar uçun yangi imkoniyatlar yaratadi. Endilikda Payşanba oşini nafaqat Kattaqörğonning sevimli taomi, balki hudud nomi bilan boğliq rasman e’tirof etilgan gastronomik qadriyat sifatida keng tanitiş uçun muhim asos yaratildi.
Открыть в TelegramPAYŞANBA SOMSASI GEOGRAFIK KÖRSATKIÇ SIFATIDA DAVLAT REYESTRIDAN ÖTKAZILDI Kattaqörğon tumanining öziga xos milliy taomlaridan biri — Payşanba somsasi Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 6-noyabrda Geografik körsatkiçlar davlat reyestriga kiritildi. Bu e’tirof Kattaqörğon tumanining milliy taomlari, xususan, Payşanba somsasining öziga xosligi va hudud bilan boğliq nufuzini mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur geografik körsatkiçning davlat röyxatidan ötkazilişi milliy taomni keng tarğib qiliş, hududning gastronomik turizm salohiyatini oşiriş hamda mahalliy tadbirkorlar uçun yangi imkoniyatlar yaratişga xizmat qiladi. Endilikda Payşanba somsasini nafaqat Kattaqörğonning sevimli taomi, balki hudud nomi bilan boğliq rasman e’tirof etilgan gastronomik qadriyat sifatida keng tanitiş uçun muhim asos yaratildi. Payşanba somsasi — Kattaqörğonning öziga xos ta’mi, milliy pazandalik an’analari va gastronomik turizm salohiyatining yorqin ifodasidir!
Открыть в Telegram