⚖️ Erta nikoh uçun jarimalar ikki-uç barobar oşirildi Özbekiston Respublikasining 2026-yil 14-oktabrdagi ÖRQ-1180-son Qonuni bilan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 47³-moddasi, ya’ni nikoh yoşi töğrisidagi qonunçilikni yoki nikoh tuziş tartibini buziş uçun jazolar kuçaytirildi: ✔️nikoh yoşiga yetmagan şaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirişganlik uçun BHMning 10 baravaridan 15 baravarigaça (4,4–6,6 mln söm) jarima; ✔️ota-ona yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar tomonidan nikoh yoşiga yetmagan şaxsni erga beriş yoxud uylantiriş uçun 20 baravaridan 25 baravarigaça (8,8–11 mln söm) jarima; ✔️qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan nikoh böyiça, şu jumladan nikoh yoşiga yetmagan şaxs bilan diniy nikoh marosimini ötkaziş uçun 30 baravaridan 50 baravarigaça (13,2–22 mln söm) jarima. Ma’muriy jazo qöllanilganidan söng bir yil içida bu harakatlar takrorlansa, Jinoyat kodeksining 125¹-moddasi böyiça jinoiy javobgarlik boşlanadi. Erta nikoh qizning ta’lim olişi, soğliği va kelajagiga jiddiy zarar yetkazadi. Bunday holatlarda nafaqat nikohga kirgan şaxs, balki voyaga yetmaganni erga bergan ota-ona va qayd etilmagan nikoh marosimini ötkazgan şaxslar ham javobgarlikdan çetda qolmaydi. Manba: ÖRQ-1180-son Qonun #HuquqiyYangilik 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹Linkedin
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 2 ч | 190 |
| 8 ч | 262 |
- Всего сейчас262