❗️Texnikum o‘quvchilari ham “Work and Travel” xalqaro dasturida ishtirok etadi
✅ Vazirlar Mahkamasining "Ilmiy va innovatsion yo‘nalishda faoliyat yurituvchi subyektlarning reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 604-son qarori (31.10.2026-y.) tasdiqlandi.
📌Unga muvofiq:
➡️2026/2027-o‘quv yilidan boshlab texnikumlarning o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarga ham “Work and Travel” xalqaro dasturlari doirasida xorijiy davlatlarda ishlash va sayohat qilish imkoniyati yaratiladi;
➡️dastur doirasida Yevropa Ittifoqi davlatlari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiyada ishlash va sayohat qilish uchun borish-kelish hamda boshqa xarajatlarni qoplash maqsadida ssuda ajratish tartibi joriy etiladi;
➡️Kasbiy ta’lim jarayonlarini boshqarish — EMIS RT axborot tizimida texnikum nomi, manzili, kodi, kasb va mutaxassislik yo‘nalishi, bosqichi, ta’lim shakli, o‘quvchining maqomi hamda baholari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirish belgilanadi;
➡️Migratsiya agentligi tomonidan har yili 1-martga qadar “Work and Travel” xalqaro dasturlari doirasida xorijiy davlatlarda ishlash va sayohat qilish uchun xorijiy ish beruvchilar bilan hamkorlik shartnomalarini imzolash choralari ko‘riladi.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official