Aftidan, “Roma” bugun yana kambek qurboni bo’lish uchun birinchi bo’lib hisobni ochdi. @Karim_Xudayqulov
Открыть в TelegramПосты канала Karim Xudayqulov
Qizig’-a? Jezus Chempionlar ligasida urilgan gollar soni bo’yicha Luis Suaresni ortda qoldiribdi. Son har doim ham o’lcham emas-da) @Karim_Xudayqulov
Открыть в TelegramE’tibor tortishni “Real”dan o’rganish kerak. Dastlabki 20-30 daqiqa ichida 2-3 ta gol urib olsa, uyog’i aksar neytral muxlislarga qiziq bo’lmasligini biladi. Shuning uchun, birinchi bo’limda yutqazishi, yomon o’ynashi ham mumkin. Ikkinchi bo’lim boshlansa, albatta ular ishtirokidagi o’yinni tomosha qiling. @Karim_Xudayqulov
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 4 ч | 290 |
| 7 ч | 573 |
- Через 6 часов573
- Всего сейчас573
Odatda Saudiyaga kelgan aksar yulduzlar faoliyatida pasayish sodir bo’ladi. Temp pastlashganidan kelib chiqib shunga moslashib qolishar balki. Biroq Felishdan buning aksi. Saudiyaga kelgach, Portugaliyada yanada yorqinroq o’ynay boshladi. Saudiya chempionati, Elitdagi o’yinlariniku, qo’yaverasiz. Mana bunaqa gollar ham uryapti. Astoydil harakat qilsa, qayerda bo’lsa ham o’sishga erishish mumkin, bilsangiz. @Karim_Xudayqulov
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 6 ч | 402 |
| 24 ч | 932 |
- Через 6 часов402
- Через 24 часа932
- Всего сейчас932
Darhaqiqat, “Al-Hilol”ning hujum triosi o’tgan mavsum APLda, yuqori klassda o’ynaganlar edi. Sammervil Niderlandiyada ham o’z pozitsiyasining egasiga aylangan. Chempionshipga ravona bo’lgan “Vest Hem”da ajralib turgan nom. Martinelli haqida ortiqcha to’xtalish shart emas. Siz bu yigitni yaxshi taniysiz. Uotkins esa uzoq yillar APLda stabil o’ynagan hujumchilardan. Raqobat o’ta kuchli bo’lgan Angliya terma jamoasida Jahon chempionatiga ham borgan. Nevesh, Milinkovich-Savich, Kulibali, Teo hamon high-class. Bunu esa har safar Mundiallarda qanday darajadagi posbon ekanini isbotlab keladi. Mana shu tvit egasining fikriga qo’shildim. Aslida, durangdan bunchalik xursand bo’lishimiz kerakmi? Agar o’sha durang 0:2’dan keyin bo’lsa, ha! Agar yulduzli raqib bilan tengma-teng va hatto yaxshiroq o’ynagan holatda bo’lsa, ha! Xursand bo’lavering. Eldor ham super gol urdi. Yana xursand bo’ling. @Karim_Xudayqulov
Открыть в Telegram“Al-Hilol” ikkinchi taymda bitta zarba yo’lladi. 0.04 xG. Modomiki, 70-daqiqadayoq hisob 2:2 bo’lgandi. Shundan keyin tabiiyki saudiyaliklar hujumga zo’r berishi kerak edi. Shunga yo’l qo’ymagani uchun, raqibni ikkinchi bo’limda kislorodsiz qoldirgani uchun tasanno. Odilov “Traktor”ga qarshi o’yinning antiqahramoni edi. Bugun esa qahramon. Bir kun undoq, bir kun bundoqda hayot. Kezi kelsa, biroz tanqid qilamiz. Yaxshi o’ynasa, oshirib maqtaymiz. @Karim_Xudayqulov
Открыть в TelegramAytgancha, APLda bu tur ikki 18 yoshli futbolchini kashf qildik. Rioniku anchadan beri bilamiz, ammo bugun Ronaldinyo rejimini yoqib oldi. Biroz Dokusifat qiliqlari bo’lsa ham. Ikkinchisi “Tottehhem” a’zosi Uilyams-Barnett. “Shporlar” “Ipsvich”ni 2:0 hisobida taslim etgan bahsda 1 ta gol va 1 ta assistni o’z hisobiga yozdirib qo’ydi. “Kristal Pelas”ga qarshi 5-6 daqiqa o’ynab, bitta yorqin reyd amalga oshirgandi. O’shanda bu bolani eslab qoldim. Savio jarohatlari bilan charchatib yuborayotgan bir vaqtda unga ko’proq daqiqalar berilsa, shu mavsumning o’zidayoq katta nomga aylanishi mumkin. @Karim_Xudayqulov
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 52 ч | 1 130 |
| 66 ч | 1 160 |
- Всего сейчас1 160
Xabaringiz bor, Argentina futbol assotsiatsiyasi prezidenti Klaudio Tapia va Messi munosabatlari yomonlashgan. Sababi, Tapia Messining ruhsatisiz tijoriy maqsadlarda uning ismi va qiyofasidan foydalangan. Leoga esa bu yoqmagan. Va alamini boshqa bir Tapiadan olgan :) @Karim_Xudayqulov
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 52 ч | 1 050 |
| 67 ч | 1 080 |
- Всего сейчас1 080
Har safar FotMob statistik portali orqali qaraganimda, Virts uchrashuvda eng ko’p masofa bosib o’tgan futbolchi bo’ladi. Balki 2-3 martagina ko’zim tushgan va shunday taassurot shakllanib qolgandir, deb o’yladim. Keyin “Liverpul”ning mavsum startidan beri har bitta bahsiga qarab chiqdim. U 90 daqiqa harakat qilgan har bir bellashuvida maydonda eng ko’p yugurgan futbolchi ekan. Bunaqa o’yinlar soni esa 8 ta ekan. Qaysidir bahsda zaxirada qoldirilsa yoki 60-70-daqiqalarda almashtirilsagina, bu ko’rsatkichni qayd eta olmagan. MYU’ga qarshi bahsda u 8 ta himoyaviy harakat amalga oshirdi, 10 ta golli, 5 ta yaqqol golli vaziyat yaratdi. Haqiqatdan box to box o’ynaydigan, mehnatkash va shu bilan birga ijodkor futbolchi. U APLga kelganida, Sherki bilan ko’p solishtirishgandi. Darhaqiqat, Sherki dribling va kreativlik tomondan undan ustun. Biroq Virts kabi “motor” istalgan murabbiyning orzusi, har qanday tizimda o’rni bor. Faqat gol va assistlar masalasida o’tgan mavsum ancha oqsagandi. Bu mavsumda shu kompleksni ham yengib o’tdi. @Karim_Xudayqulov
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 53 ч | 1 020 |
| 67 ч | 1 050 |
- Всего сейчас1 050
Revansh olindi. O’zbekiston amputantlar terma jamoasi Urugvayni taslim etdi. Asosiy vaqtda 1:1 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa vakillarimiz 5:4 hisobida zafar quchdi. @Karim_Xudayqulov
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 54 ч | 1 450 |
| 69 ч | 1 480 |
- Всего сейчас1 480
“Barselona”ga qarshi o’ynagan jamoalar o’z jarima maydoni atrofida istaganicha qoida buzaverishi mumkin. Sababi, jarima zarbasini Yamal amalga oshirsa darvoza yuqorisidan ketadi, Rafinya tepsa, jonli devorga tegadi. Messidan keyin bu muammo yuzaga chiqqandi. Reshford borida vaqtincha bilinmay turgandi. @Karim_Xudayqulov
Открыть в Telegram“Barselona” taymni 2,08 xG’dan birorta ham gol urolmay yakunladi. “Vilyarreal” esa 0,11 xG’dan ikkita gol urdi. “Barselona” himoyasidagi muammo doimgidek tushunarli. Agar hujumda ham realizatsiya oqsasa, qanaqa manzara vujudga kelishi haqida qisqacha. @Karim_Xudayqulov
Открыть в TelegramRafinya “Barselona” safida 13 marotaba penalti tepib, 13 marotaba gol urgan. Yamal esa shu mavsumning o’zida ikkinchi marotaba penaltidan gol ura olmayapti. Keyingi safar Rafinya bermasligi kerak. Avval penalti tepishni o’rganib kel, deyishi tarafdoriman :) @Karim_Xudayqulov
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 60 ч | 1 060 |
| 66 ч | 1 070 |
- Всего сейчас1 070
Besh karra Jahon chempioni hisoblangan O’zbekiston amputantlar jamoasi bu safargi Mundialda ko’ngildagidek ishtirok eta olmadi. Shunday bo’lsa-da, yigitlar 17-24-o’rinlar uchun kurashni davom ettirib, dastlab Germaniyani penaltilar seriyasida, keyin esa Iroqni 2:0 hisobida taslim etdi. Bugun 22:30’da esa Urugvayga qarshi bahs olib boramiz. Janubiy amerikaliklarga guruh bosqichida mag’lub bo’lgandik. Endi revansh olishga harakat qilib ko’ramiz. Uchrashuvni jonli efirda ko’rish uchun havolani sizlarga ham ulashaman: https://www.youtube.com/live/PttCK9QmrFs?si=ba7KeXMLnosQRNt3
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 61 ч | 1 100 |
| 67 ч | 1 110 |
- Всего сейчас1 110
Vini zaxiradan tushib o’yinga ta’sir ko’rsata oldi, degan gapga qo’shilmayman. Aynan u bahs taqdirini hal qildi. Ilk golda qanotdan reyd amalga oshirib, Mbappega qulay tarzda to’pni uzatdi, Killian esa Bellingemga yanada qulayroq qilib to’g’rilab berdi. Ikkinchi golda Espiga yumshoq pas, ammo uning ilk zarbasini darvozabon qaytardi. Qaytgan to’pdan so’ng gol urildi. Ya’ni ikkita golda ham katta hajmda ish bajardi, ammo assist yo’q. Ertaga ertalab turib, biror portal yoki telegram kanallardan bahs natijasini ko’rganlar: “Vinisius yana hech narsa qila olmaptida”, - deydi. Bellashuvni jonli ko’rganlar esa yotishdan oldin unga qarsak chalib qo’yayotgan bo’lsa ham ajab emas. Raqqos raqslarini boshladi. Aniqrog’i, davom ettirmoqda. @Karim_Xudayqulov
Открыть в TelegramÇempionlar ligasi finalida eng yaxşi futbolçi böliş — xavflimi? Işonmasligingiz mumkin, ammo sönggi yillarda Çempionlar ligasi finalining eng yaxşi futbolçisi deb topilgan yulduzlar ketma-ket oğir jarohatlarga duç kelmoqda. Hammasi 2019-yildan boşlangan «Liverpul» bilan çempion bölgan Virjil van Deyk keyinçalik tizzasidan oğir jarohat olib, uzoq vaqt maydonga qayta olmadi. 2020-yil finali qahramoni Kingsli Koman esa keyingi yillarda jarohatlar girdobidan çiqa olmadi. 2021-yilda N'Golo Kante, 2022 yilda Tibo Kurtua, 2023-yilda Rodri va 2024-yilda Dani Karvaxal... Ularning barçasi finalda eng yaxşi futbolçi bölganidan keyin faoliyatining ma’lum bir davrida jiddiy jarohatlarga duç keldi. Ayniqsa, Kurtua, Rodri va Karvaxalni bir xil muammo — tizzadagi xoçsimon paylar jarohati birlaştirib turadi. Eng qiziği, 2025-yilgi finalning qahramoni Dezire Due ham keça öta jiddiy jarohat oldi. Va u kelasi mavsumda safga qaytişi aytilmoqda. 2026-yilgi YeÇL finalining eng yaxşi futbolçisi Vitinya bölgandi. Öylaymizki, u bilan hammasi joyida böladi. Va bu behosiyat zanjir şu yerga kelib uziladi. @Karim_Xudayqulov
Открыть в Telegram“Siti” - “Fulhem” bahsida Xolandning goli inobatga olinmadi. Ko’rinishidan, Leno to’pni to’liq egallamagandek. Bu APL ekanligidan kelib chiqib, gol inobatga olinsa kerak, deb o’ylagandim. Ammo unday bo’lmadi. @Karim_Xudayqulov
Открыть в TelegramBellingem har doim ham chiroyli gollar uravermaydi. Uni ko’pincha bo’sh darvozaga gol uradi, deb ayrim negativlari tanqid qilardi. Biroq u shunday nuqtalarda paydo bo’lib qolaveradi. Hujumchilarga xos gol sezish, pozitsiya tanlay olish hislati bor unda. Bu hislat Merinoda ham bor. Sherzod Esanovda ham! @Karim_Xudayqulov
Открыть в TelegramBu sarkazm, albatta. Shunchaki, o’zgarishlar o’zini oqlamadi. Sifat buzildi. Himoyada tartib yetishmadi. Vingerlarimizgacha orqaga qaytib, faqat Shomurodovga “long ball” o’ynab, hisobni ushlab qolishga intilish foyda bermadi. Darvoqe, Kannavaro bilan yorqinroq, tomoshabop futbol namoyish etyapmiz. Himoyamiz esa ancha oqsayapti. Husanovni yo’qligiga ko’p narsani bog’lab yubormagan bo’lardim. Qolganlar ham yosh bola emas. Xatolari yosh bolalarcha bo’lsa-da. @Karim_Xudayqulov
Открыть в TelegramJahon chempionati finalidan keyin paydo bo’lgan konspirologiya esingizdaya? O’zim, shunchaki. @Karim_Xudayqulov
Открыть в Telegram