Bu videoda Jorj Vashingtondan Donald Tramp va Jo Baydengacha Amerikaning barcha prezidentlarini birma-bir ko'rib chiqamiz: har biri kim bo'lgan va qaysi ishi bilan tarixda qolgan. www.youtube.com/watch?v=TUj89xFqQ4E
Открыть в TelegramПосты канала Kadirov Group
Bu videoda 2027-yildan 2050-yilgacha allaqachon belgilangan sanalarni yil-ma-yil ko'rib chiqamiz: olti daqiqalik quyosh tutilishi, odamning Oyga qaytishi, balandligi bir kilometrdan oshadigan bino, "13-juma" kuni Yer yonidan uchib o'tadigan Apofis asteroidi, Jahon chempionatining yuz yilligi, dunyodagi eng katta teleskop, kvant kompyuterlar, termoyadro energiyasi, "2038-yil muammosi", umumiy sun'iy intellekt va 2050-yildagi dunyo. https://youtu.be/WYceQRWszDY
Открыть в TelegramBu videoda Likovlar oilasining haqiqiy hikoyasini aytib beramiz: nega ular 1936-yilda taygaga qochishdi, qanday qilib ochlik va sovuqda omon qolishdi, onaning fidoyiligi, bitta javdar urug'i oilani qanday qutqargani, tashqi dunyo bilan uchrashuv va undan keyingi fojia. Videoning oxirida haqiqiy suratlar. https://www.youtube.com/watch?v=BBgpu0GyVso
Открыть в Telegram1945-yilda urush tugadi. Lekin yapon askari Xiroo Onoda buni qabul qilmadi. Varaqalar tashlandi, oilasidan xatlar keldi, hatto akasi karnayda ismini aytib chaqirdi. U hammasini dushman hiylasi deb bildi va Filippindagi Lubang orolining o'rmonlarida yana 29 yil jang qildi. Bu videoda Onodaning haqiqiy hikoyasini aytib beramiz: qo'mondonning "biz sen uchun qaytib kelamiz" degan buyrug'i, o'rmondagi yillar, birin-ketin halok bo'lgan sheriklari, orol aholisi ko'rgan jabr, Norio Suzuki bilan uchrashuv va 1974-yilda sobiq qo'mondoni kelib o'qigan o'sha buyruq. Videoning oxirida haqiqiy suratlar. https://youtu.be/spPzuQV9OKs
Открыть в TelegramBu videoda "And moʻjizasi" deb atalgan haqiqiy voqeani boshidan oxirigacha aytib beramiz: halokat, birinchi kechalar, radiodagi dahshatli xabar, hayotlaridagi eng ogʻir qaror, qor koʻchkisi va Nando Parrado bilan Roberto Kanessaning togʻlar osha qilgan 10 kunlik yurishi. Videoning oxirida 1972-yilgi haqiqiy suratlar. https://www.youtube.com/watch?v=fJdPlii3_8Q
Открыть в TelegramBu videoda sun'iy intellekt yordamida ovoz klonlash firibgarligi haqida gaplashamiz. Firibgarlarga sizning ovozingizdan nega 3 soniya yetarli? Ovozingiz qayerlardan olinadi? Amerikada va Gonkongda bo'lgan haqiqiy voqealarni aytib beramiz. Eng muhimi, o'zingizni va oilangizni himoya qilishning 5 ta oddiy usulini ko'rsatamiz. https://www.youtube.com/watch?v=sCif1QkitZQ
Открыть в TelegramQamoqdan qochdingiz, sizni ushlashdi, sudya esa "qochganingiz uchun jazo yo'q" deydi. Bu hazil emas, bu haqiqiy qonun. Bu videoda dunyo qamoqxonalaridagi eng g'ayritabiiy 10 ta qoidani ko'rib chiqamiz. https://youtu.be/6xNpqpEMJOE
Открыть в Telegram500 yil oldin qamoqda qiynoqqa solingan va surgun qilingan bir diplomat kitob yozdi. Cherkov uni taqiqladi, hukmdorlar yashirincha o'qidi. Bugun esa "Hukmdor" siyosatchilar va tadbirkorlarning stol kitobi. Bu videoda Nikkolo Makiavellining 12 ta eng kuchli fikrini qisqa izohlar bilan ko'rib chiqamiz: niqob va haqiqat, qo'rquv va muhabbat, tulki va sher, xushomad, taqdir va boshqalar. https://www.youtube.com/watch?v=YQEoTdpJsdA
Открыть в Telegram1971-yil, Rojdestvo arafasi. Samolyot momaqaldiroq ichida havoda parchalanib ketdi. O'n yetti yoshli Juliane o'rindiqqa bog'langan holda 3 kilometr balandlikdan Amazonka o'rmoniga qulab tushdi. Va tirik qoldi. Bu videoda Juliane Kyopkening haqiqiy hikoyasini ko'ramiz. Otasining bitta oddiy maslahati uning hayotini qanday saqlab qoldi? Yarador, ovqatsiz va yolg'iz holda u o'n bir kun davomida o'rmondan qanday chiqib keldi? Va nega u keyinchalik yana o'sha o'rmonga qaytdi? Videoning oxirida Julianening haqiqiy suratlarini ko'rasiz https://www.youtube.com/watch?v=29fXswvf2fY&feature=youtu.be
Открыть в Telegram1945-yil, Okinava. 120 metrlik qoya tepasida o'nlab yarador askar qoldi. Hamma chekindi. Faqat bir kishi qoldi: qo'lida qurol yo'q, faqat arqon va bitta ibodat: "Xudoyim, yana bittasini qutqarishga yordam ber." Bu videoda Desmond Dossning hikoyasini ko'ramiz. Nega u qurol ushlashdan bosh tortdi? Nega butun armiya uni qo'rqoq deb atadi? U qanday qilib bir o'zi 75 kishini qoyadan pastga tushirdi? https://www.youtube.com/watch?v=D7IBo3w0ZMM
Открыть в TelegramTasavvur qiling: siz 20 yildan ortiq qamoqdasiz. Bir kuni sizga "Bitta shartga rozi bo'lsangiz, ertagayoq ozodsiz" deyishadi. Siz esa yo'q deysiz. Bu videoda Nelson Mandelaning hikoyasini ko'ramiz. "To'polonchi" ismli qishloq bolasi qanday qilib aparteidga qarshi chiqdi? Nega sudda "o'lishga tayyorman" dedi? Robben orolidagi ohak konida, uch qadamlik kamerada o'tgan 18 yil uni qanday o'zgartirdi? Va nega 27 yil qamoqdan keyin u qasos emas, kechirimni tanladi? https://youtu.be/OZ5GeLcXCNs
Открыть в TelegramBir yigit qilichboz ustadan so'radi: "Eng zo'r qilichboz bo'lishim uchun qancha vaqt kerak?" Usta "10 yil" dedi. "Ikki barobar ko'p mashq qilsam-chi?" "Unda 30 yil." Nega ko'proq harakat qilgan odam sekinroq yetib boradi? Bu videoda yaponlarning Kayzen falsafasi haqida gaplashamiz. Nega "hammasi yoki hech narsa" rejalari seshanbagacha ham yashamaydi? Har kuni atigi 1% yaxshilanish bir yilda qanday natija beradi? Britaniya velosport jamoasi qanday qilib yuz yillik mag'lubiyatdan chiqdi? Oxirida esa, ertadan boshlab qo'llashingiz mumkin bo'lgan 4 ta oddiy qadamni ko'rib chiqamiz. https://youtu.be/zGsIlVzaPyE
Открыть в Telegram1974-yil, 13-dekabr. Tinch okeanidagi bo‘ronli tunda sovet kruiz laynerining orqasidan bir odam qop-qora suvga sakradi. Unda qayiq ham, qutqaruv jileti ham, suv ham yo‘q edi. Faqat niqob, trubka va lastalar bor edi. Bu okeanshunos Stanislav Kurilovning hikoyasi. Butun umrini okeanni o‘rganishga bag‘ishlagan bu olimga davlat chet elga chiqishni taqiqlagan edi. Uch kecha va ikki kunduz ochiq okeanda yolg‘iz suzgan Kurilov bilan oxirida nima bo‘lganini bilsangiz, hayron qolasiz. https://www.youtube.com/watch?v=7i7e68ewmbE
Открыть в TelegramDarsni ko'rasiz, hammasi tushunarli, lekin videoni yopishingiz bilan birinchi qadam ham esdan chiqadi. Muammo xotirangizda emas. Miya sizga o'rganishning o'zini emas, faqat "tushundim" degan hissni beradi. Bu videoda nega qayta o'qish va marker bilan bo'yash aldamchi ekanini, psixolog Robert Byorkning "foydali qiyinchiliklar" g'oyasini va ilm bilan isbotlangan 4 ta usulni ko'rib chiqamiz: yoddan esga olish, oraliq bilan takrorlash, aralashtirib mashq qilish va qaramasdan tushuntirish. Shuningdek, Ibn Sino bir kitobni 40 marta o'qib, nega uni tushunmaganini va Forobiyning kichik bir kitobi hammasini qanday o'zgartirganini bilib olasiz. https://www.youtube.com/watch?v=klNmc-BAsew
Открыть в TelegramTortmangizda yarim chizilgan albom, tashlab qo'yilgan til kursi, chang bosgan fotoapparat yotibdimi? Ehtimol, muammo dangasalikda emas. Muammo shundaki, hech kim bizga bunchalik ko'p qiziqish bilan nima qilishni o'rgatmagan. Bu videoda Beruniy va Ibn Sino misolida bir nechta sohada chuqur bilim nima uchun kuchli ekanini, "π shaklidagi" odam kimligini va Stiv Jobsning kalligrafiya darsi qanday qilib Macintosh shriftlariga aylanganini ko'rib chiqamiz. Shuningdek, qiziqishni saqlab, lekin sochilib ketmaslik uchun 4 ta amaliy qoidani bilib olasiz. https://www.youtube.com/watch?v=GpcLR-5O8Vw
Открыть в TelegramNASA Opportunity marsoxodini bor-yo'g'i 90 Mars sutkasi ishlashga mo'ljallagan edi. U esa Marsda 14 yildan ortiq ishladi, 45 kilometrdan ko'proq yo'l bosdi va bu sayyorada bir paytlar suyuq suv bo'lganining izlarini topdi. https://www.youtube.com/watch?v=wtBHcJuu9Kg
Открыть в Telegram2010-yil 5-avgust. Chilidagi Atakama cho'li. San-Xose konida ulkan tosh qatlami qulab tushdi va 33 konchi 700 metr chuqurlikda qamalib qoldi. 17 kun davomida yuqorida hech kim ularning tirik yoki o'lik ekanini bilmadi. https://www.youtube.com/watch?v=U-m5MBNJm9U
Открыть в TelegramBu hikoya juda og'ir. Dengizda halokatdan omon qolgan 4 kishi. Na suv, na ovqat. Hamma o'lim yoqasida. Agar kimdir qurbon bo'lmasa xech kim omon qolmaydi. Kim qurbon bo'ladi? https://www.youtube.com/watch?v=EYF2TTArp44
Открыть в TelegramBoshqaruvdan chiqqan vagon beshta odam tomon kelyapti. Richagni tortsangiz, beshtasi qutqariladi, ammo boshqa yo'lda turgan bitta odam halok bo'ladi. Siz nima qilardingiz? Bu savol yarim asrdan beri faylasuflarni bahslashtirib keladi. https://www.youtube.com/watch?v=9SeGwqpk4aE
Открыть в Telegram