🇺🇿🥇 G‘OLIB BO‘LDIK! WORLDSKILLS YANA BIR BOR O‘Z QUDRATINI NAMOYON ETDI! 2026-yil 25–27-noyabr kunlari TITF 2026 xalqaro turizm yarmarkasi doirasida o‘tkazilgan «Delicious Uzbekistan – 2026» xalqaro oshpazlar chempionatida WorldSkills Uzbekistan chempionlari yana bir bor o‘zlarining yuksak kasbiy mahoratini namoyon etdilar! 🌍 50 ta davlat 👨🍳 400 dan ortiq ishtirokchi 🏆 12 ta nominatsiya Ana shunday nufuzli xalqaro maydonda o‘zbek qizi Nozanin Isroilovaning 1-o‘rin va oltin medalni qo‘lga kiritishi — butun xalqimiz uchun katta faxr va g‘urur! Bizning faxrimiz: 👨🍳 Usmonxoja Muzaffarov 👩🍳 Nozanin Isroilova 👩🏫 Ustoz va ekspert — Shalola Turakulova. 16 YOSHDAN BOSHLANGAN G‘ALABALAR TARIXI! Jizzax shahrining Olmazor mahallasida yashovchi, 2007-yilda tug‘ilgan Nozanin Isroilova monomarkaz tinglovchisi sifatida ustoz Shalola Turakulova rahbarligida kasbiy mahorat sari qadam qo‘ygan edi. 🥉 2023-yil — O‘zbekiston. Atigi 16 yoshida «WorldSkills Uzbekistan – 2023» IV milliy chempionatida 34-raqamli Oshpazlik (Cooking) kompetensiyasi bo‘yicha 3-o‘rinni egalladi. 🥈 2024-yil — Ozarbayjon. Iyul oyida Boku shahrida o‘tkazilgan «WorldSkills Cooking Friendship Competition» xalqaro musobaqasida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 🥇 2026-yil — O‘zbekiston. «Delicious Uzbekistan – 2026» xalqaro oshpazlar chempionatida 1-o‘rin va oltin medalni qo‘lga kiritdi! BRONZA — KUMUSH — OLTIN! Bu tasodif emas! Bu — WorldSkills tizimining, ustoz fidoyiligining va tizimli tayyorgarlikning amaliy natijasidir! MEN NOZANINDA WORLDSKILLS INTERNATIONAL JAHON CHEMPIONATINING BO‘LAJAK G‘OLIBINI KO‘RYAPMAN! Bugun bizda jahon chempionligiga da’vogarlik qila oladigan iste’dodli, xalqaro tajribaga ega o‘zbek qizi bor! Agar ushbu iste’dodli qizimizni qo‘llab-quvvatlaydigan homiy topilsa, uning xalqaro standartlar asosida tayyorgarlik ko‘rishi, zamonaviy jihozlardan foydalanishi va xorijiy ekspertlar bilan mashg‘ulotlar olib borishi uchun zarur sharoitlar yaratilsa, men uning WorldSkills International jahon chempionatidan O‘zbekistonga oltin medal olib kelishiga chin dildan ishonaman! Tadbirkorlarimiz, restoran va mehmonxona biznesi vakillari, yirik kompaniyalar hamda homiylarimizga murojaat qilaman: Keling, birgalikda O‘zbekistonning bo‘lajak jahon chempionini qo‘llab-quvvatlaylik! Yosh iste’dodga kiritilgan sarmoya — mamlakat kelajagiga, xalqaro obro‘siga va millatimiz g‘ururiga kiritilgan sarmoyadir! Shunday shogirdlarni tarbiyalayotgan fidoyi ustoz Shalola Turakulovaga alohida minnatdorlik bildiraman! Butun WorldSkills oilasini, barcha ekspertlarimizni, ustozlarimizni va aziz g‘oliblarimizni ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan chin qalbimdan tabriklayman! SIZLAR BILAN FAXRLANAMAN! 🇺🇿 OLG‘A, O‘ZBEKISTON! 🏆 OLG‘A, WORLDSKILLS UZBEKISTAN! BIZ BIR OILAMIZ! BIZ BIR KUCHMIZ! MEN O‘Z KASBIM QIROLIMAN! #WorldSkillsUzbekistan #WorldSkillsInternational #Cooking #TITF2026 #DeliciousUzbekistan #GoldMedal #Bo‘lajakJahonChempioni #KasbQudrati #MenO‘zKasbimQiroliman Web-sayt|Facebook|Telegram|Youtube |Instagram
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 39 |
| 3 ч | 93 |
| 6 ч | 125 |
- Через 1 час39
- Через 6 часов125
- Всего сейчас125