✅✅✅✅✅ #Maʼrifat_ulaşib
Diyor yangiliklari: Ijodkorlar jizzaxlik yoshlarga ma'rifat ulashdi
Jizzax politexnika institutida “Ma’rifat ulaşib” loyihasi doirasida taniqli adiblar iştirokida qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar taşkil etildi. Mazkur tadbirlar yoşlarning ma’naviy dunyoqaraşini kengaytiriş, kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş, adabiyotga bölgan qiziqişini oşiriş hamda ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalaşga qaratildi.
Tadbirlar dastlab institut rahbariyati hamda institutga biriktirilgan taniqli adiblar — Nurali Qobul, Guljamol Asqarova va Erkin Hojimuhammad iştirokidagi uçraşuv bilan boşlandi. Unda institut prorektorlari, Quriliş muhandisligi fakulteti dekani hamda tegişli mas’ullar qatnaşdi. Samimiy muloqot davomida loyihaning mazmun-mohiyati, yoşlar ma’naviyatini yuksaltiriş, kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş va adabiyotning jamiyat hayotidagi örni xususida fikr almaşildi.
Şundan söng mehmonlar institut qoşida faoliyat yuritayotgan Avtomobilsozlik muhandislik maktabi hamda Muqobil energiyalarni tadqiq etiş ilmiy-amaliy markazi faoliyati bilan tanişdilar. Taşrif davomida mavjud laboratoriyalar, ularning moddiy-texnik bazasi, ilmiy-tadqiqot işlari hamda amaliy maşğulotlarni taşkil etiş imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Adiblar institutda ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar yönalişida amalga oşirilayotgan işlar bilan yaqindan tanişiş imkoniga ega böldilar.
Loyiha doirasidagi ezgu taşabbuslar “Yaşil makon” umummilliy loyihasi bilan hamohang tarzda davom etdi. Institut rahbariyati, taniqli adiblar va xodimlar iştirokida institut hududida köçat ekiş tadbiri taşkil etildi. Şuningdek, adiblar hamda institut jamoasi Şarof Raşidov tumanidagi 37-sonli umumta’lim maktabiga taşrif buyurdilar. Maktab jamoasi tomonidan mehmonlar kötarinki kayfiyatda kutib olindi. Taşrif avvalida maktab hududiga köçatlar ekilib, atrof-muhitni asrab-avaylaş va yaşil hududlarni kengaytirişga munosib hissa qöşildi.
Maktabda taşkil etilgan uçraşuv davomida taniqli adiblar öquvçi-yoşlar bilan özlarining hayot yöli va ijodiy faoliyati haqida suhbatlaşdilar. Kitob mutolaasining inson kamolotidagi örni, badiiy adabiyotning hayotdagi ahamiyati hamda ijodning yoşlar ma’naviy dunyoqaraşini şakllantirişdagi roli haqida fikr yuritildi. Adiblar öquvçilarga özlari bilan olib kelgan kitoblarni sovğa qilib, ularni köproq mutolaa qilişga, bilim olişga va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirişga çorladi.
Tadbirlarning yana bir muhim qismi institut talabalar turar joyida taşkil etilgan uçraşuvlar bilan davom etdi. Unda taniqli adiblar talaba-yoşlar bilan muloqot qilib, özlarining hayot yöli, ijodiy izlanişlari va yozuvçilik faoliyati davomida orttirgan tajribalari bilan örtoqlaşdilar. Yoş ijodkorlarni qöllab-quvvatlaş, badiiy saviyani oşiriş va kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Samimiy suhbat davomida adiblar talabalarning yaşaş şaroitlari, oilaviy holati va ularni qiynayotgan muammolar bilan ham qiziqdilar. Talabalar esa adabiyot va ijodga oid özlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
Şuningdek, mehmonlar talabalar turar joyida yaratilgan şart-şaroitlar va mavjud imkoniyatlar bilan tanişdilar. Ular “Oş çempionati” tanlovini kuzatib, iştirokçilarning mahoratini baholadilar. Şundan söng institut rahbariyati, adiblar va talabalar birgalikda keçki ovqatni tanovul qildilar.
Kunning yakuniy qismi gulxan atrofida taşkil etilgan samimiy davra suhbati bilan davom etdi. Diltortar qöşiqlar, quvnoq raqslar va döstona muloqot tadbir iştirokçilariga kötarinki kayfiyat ulaşib, barçada unutilmas taassurotlar qoldirdi. Talaba-yoşlarning badiiy çiqişlari esa tadbirga yanada özgaça ruh bağişladi.
Umuman olganda, “Ma’rifat ulaşib” loyihasi doirasida taşkil etilgan uçraşuvlar adiblar va yoşlar örtasidagi ijodiy muloqotni mustahkamlaş, yoş avlodning ma’naviy salohiyatini yuksaltiriş, kitobxonlikka bölgan qiziqişini oşiriş hamda ezgu taşabbuslarni keng tarğib etişda muhim ahamiyat kasb etdi.
📱 @jizpi_online