Посты канала Javokhir Khabibullaev (Jack Hobbs)
🚀 Navbat Namanganga… Payshanba kuni soat 15:00 da. “O’zbekistondan Germaniyagacha. Shifokorlik yo’li.” Uchrashuvga Namangandagi barcha tibbiyot universiteti talabalari kirishi mumkin. 👉 Manzil: UBS Hospital (yangi bozor), 6-etaj, Faollar zali.
Открыть в Telegram📍 Ertaga bo’ladigan uchrashuvimizning vaqti biroz o’rgardi. Soat 15:00 da boshlanadi. Kirish 13:30 dan boshlanadi. Manzil: https://maps.app.goo.gl/xnQRUqECneDJAuNt5?g_st=ic
Открыть в TelegramПереслано из Shark Science
⭐️ Sizlar bilan jonli uçraşuv taşkillamoqçimiz! 🩺 Amerika yoki Germaniyada şifokor böliş suhbatimizning asosiy mavzusi böladi! 14-NOYABR, soat 16:00 vaqtida. QR kod orqali uçraşuv zaliga kiriş 14:30 vaqti bilan boşlanadi! 📑 Iştirok etiş uçun röyxatdan ötişingiz şart böladi. Ism-Familiyangiz va özingiz öqiydigan oliygohni aytib, murojaat qiling: t.me/network_shark 📍 Manzil: EMU Universiteti, Albert Nobel zali, 4-qavat; ❗️ Joylar soni cheklangan!
Открыть в Telegram🚀 Shuncha vaqt online holatda Germaniya yo’lim haqida gapirib keldim… Endi yuzma-yuz ko’rishamiz hudo xohlasa… Soon… stay tuned)
Открыть в Telegram📌 Ish qidirish... Hozirgi kunda Germaniyadan ish qidirishning eng yaxshi yöli bu vositachi(firma) orqali. Biroq özingiz ham qidirsangiz böladi. Juda oz bölsada, pozitiv javob ehtimolingiz bor... https://www.arbeitsagentur.de - aytaylik shu sayt oraqli 1000 ga yaqin va balki undan ham köp MFA va Pfleger yönalishida bösh kvotalar topa olasiz. Ishning özi va kerakli hujjatlarni hamma e'lonlarni aniq qilib tushuntirib qöyilgan. Bu saytga qöshimcha tarzda quyidagi alternativlardan ham foydalansangiz böladi: stepstone.de / indeed.com / xing.com. Faqat bularda köp imkoniyatlar cheklangan yoki xizmat pulli. Bu yerda e'lonlardan, shaxsiy tajribamga köra, 60% qismi javob bermaydi, 35-39% qismi salbiy javob beradi va 1% atrofida sizga qiziqish bildirishadi. Shu yerda oxirgi kunlardagi özim guvoh bölgan narsalarimni qöshib ötmoqchiman. Balki shu sababdan ham shu postni döstlaringizga tashlashingiz kerakdir... - Hujjatlarni tög'ri tartiblash va yig'ishni köpchilik bilmaydi. Juda tartibsiz, sifatsiz yoki noqulay. Hujjatlaringiz hammasi pdf formatda va öqish uchun yoqimli/qulay holatda bölishi kerak; - Lebenslauf/CV masalasi. CVlar juda ham ramkali, ortiqcha jimjimador yoki noprofessional. CV bu sizning vizitkangiz. U qisqa, individual va mazmunli bölishi kerak. Afsuski, köpchilikni CVsi shunchaki AI dan copy/paste va öta tartibsiz. Tasavvur qiling, siz ish beruvchisiz. 1 ta böshagan joyingiz uchun 10 ta odam hujjat topshirdi. Siz hujjatlari tartibsiz, chala va AI tomonidan tayyorlangan nomzodni ishga olgan bölarmidingiz? Balki qachondir, kanalimda obunachilar 4000 ta bölganda, shu mavzuda Webinar qilib berarman...) 🔝 Ingliz va nemis tili kurslari - @JackHobbsAdmin 👉 @JackHobbs
Открыть в Telegram📌 Bizda yana yangi guruhlar uchun qabul ochildi... Ochiladigan guruhlar: - Beginner OFFline (ADTI) - Nemis tili OFFline (ADTI) - Nemis tili ONline Afsuski, joylar cheklangan. 👉 Qabulga yozilish yoki ma'lumot olish uchun: @JackHobbsAdmin Boshqa daraja va turdagi guruhlarimizda ham joy bölishi mumkin, aynan sizga mos keladigan. Buni ham Admindan sörab körsangiz böladi. P.S. TDTU da ham yana yangi guruh ochiladi, faqat biroz kutib turasizlar. U yerda biz yangimiz va tashkiliy ishlar biroz chözilmoqda.
Открыть в Telegram🩺 Germaniyada shifokor bo’lish uchun kamida 2 yilni qurbon qilish kerak… https://www.instagram.com/reel/DeWp3z5o0lR/?cplk=MWhhMTIzbGN0eGpwZw== Siz qancha vaqtingizni qurbon qila olardingiz? Yoki qurbon qildingiz? Izohda yozing…
Открыть в Telegram📌 Yigirma oltinchi yoshim... Yana bir qism umr. Bolaga bu shunchaki raqam, o'rta yoshga kirayotgan erkak uchun esa jimgina o'tkazib yuboriladigan kun. 23 yoshdan beri tug'ilgan kunimni kutmayman. Chunki bu kun özimni chuqur söroq qilish kuni: qayerdaman, nimani tög'ri/notög'ri qildim, yetarlicha harakat qilyapmanmi va hkz? Bu yil bolalikdagi orzu ushaldi: katta davlatning yirik klinikalaridan birida shifokor bo'lib ish boshladim. Boshqa shaxsiy yutuqlar ham ancha böldi. Lekin rejalarning ancha qismi amalga oshmadi, o'tgan yildagidan ham ko'proq. Sababini maksimum qildim, natijasi esa quvontirmadi. Demak, yana yechim izlaymiz. Bu safar oilamdan uzoqda oilam bilam nishonlayapman.) 27 ⏳ 👉 @JackHobbs
Открыть в Telegram🆕 Ferienjob (Work and Travel) Köpchilik hali ham shu haqida sörayapti. Oldin aytganimday, bu yil Ferienjob qilmayman. Bu yilni shunchaki kuzataman. Kimdirlar holat yaxshilandi, balo battar demoqda ekan. Bunday narsa yöq hozircha. Bu shunchaki Optimizm(yoki ishontirishga harakat qilish). Hali ham ösha ötgan yilgi hujjatsiz qölga tushganlarni ishi oxiriga yetmadi. Balki Fevral-Martlargacha hammasi hal bölar va hammasi iziga tushar. Höp, bu yilgi Ferienjob nima degani? 50% atrofidagi tavakkal. Balki undan ham köproqdir. Oldingi yillardagi tavakkal 10% atrofida bölar edi. Ya'ni shu qism odamlargagina ish topilmay qolishi mumkin edi. Bu yil tavakkal foizi baland. Tavakkal foizi baland buni qilmang demoqchi ham emasman. Chunki elchixona ishida özgarish bölsa, hammasi öxshab ketishi ham mumkin. Shunchaki ötgan yildagiday kredit olib, yoki qarz olib harakat qilmang. Ortiqcha pulingiz bölsa, qiling. Shunda ham narxi arzonroq firmalarda. Men shu yil firmamni yopdim. Lekin Germaniyadagi ba'zi hamkorlarim(ish beruvchilar) bu yil ham özbek talabalar bilan harakat qilib körishmoqchi. Sababi ötgan yilgi özbek talabalar örniga olingan Rumin va Gruzin talabalardan köngillari tölmadi. Agar mayli tavakkal qilib köraman deganlar bölsa, Ötgan yilgi ish beruvchi kompaniyalar bilan bu yil Muhammaddiyor ishlaydi. Murojaat qilishingiz mumkin. Agar Qirg'izistonda öqiydigan özbek yoki qirg'iz tanishlaringiz bölsa, ayniqsa, murojaat qilishsa böladi. Ularda ehtimollik ancha baland. Qaytaraman, men bu yil Work&Travel qilmayman. Ish beruvchilarini taniganim va ishonchliligini bilganim uchun Muhammaddiyorni tavsiya qilaman. 👉 Murojaat uchun: @Ferienjob_2026_2027
Открыть в Telegram🚀 HUSTLE Bu kanalim(Jack Hobbs), men uchun rasmiyroq kanal. Shu sababdan hayolimdan ötadigan hamma narsani ham yoza olmayman. ''Filtr''larimdan deyarli hech qanday fikr butun öta olmaydi. Shu sababdan ''Filtr''siz yönalishni ham sinab körish vaqti yetgandir degan töxtamga keldik. Bu fikrga Abdulloh (Malik) bilan birga keldik va yangi loyihani boshladik. ''HUSTLE'' bu kanalda miyaga kelgan fikrlarni ''FILTR''siz chiqaramiz. Sizlar bilan erkin fikrlashamiz. Xato qilgan yoki körmagan narsalarimizni birga fikrlashamiz. Shakllantiramiz. Shakllantirilgan fikrlarni esa shu kanal(Jack Hobbs)ni özida öqiysizlar. HUSTLE da körishamiz 👉 @hustlebyjackandmalik
Открыть в Telegram📌 Kurslar masalasida Adminga yozganlar... Admin xabarlaringizga albatta javob qaytaradi. 24/7 online ötira olmagani uchun, javob olguningizgacha biroz vaqt ötishi mumkin. Ayniqsa, Shanba va Yakshanba kunlari yanada sekinroq javob olishingiz mumkin. Tög'ri tushunasizlar degan umiddamiz...
Открыть в Telegram🔗 https://t.me/DrBekOlimjon/1141 Aka bizni kursni reklama qilmayapti) Lekin, kelaverasizlar… Kurslarimiz boshlandi. OFFline Ingliz tili: - ADTI - TDTU OFFline Nemis tili: - ADTI ONline Ingliz va nemis tili guruhlar ham albatta mavjud. @JackHobbsAdmin
Открыть в Telegram