Ta’limda sun’iy intellekt
(Dahshatli gaplar)
Kechagi postga shunday xabar kelibdi. Yozuvchiga alohida rahmat.
📨 Sizda yangi anonim xabar bor!
Barcha narsa suniylashib ketganidan ranjiyman. Biz talaba emasmiz, ha 3 kurs boʻldik, hamma fanni 90dan yuqoriga yopamiz. Lekin miyada hech narsa yoʻq bum-bum. Tayyorlagan video taqdimotimizdan tortib gapiradigan nutqimiz, fikrlarimiz ham SI niki. Bunda talabalar ham 100% aybdor deya olmayman. Qaysidir maʼnoda ustozlarimiz ham hissa qoʻshyabdi. Bazı maʼruzalarimiz SI da tayyorlangan taqdimot asosida maʼruzachi oʻqituvchi tomonidan oʻqib beriladi, lekin aynan shu ustoz judayam ilmlari yuqori olim/olima ustoz boʻladi. Bazı ustozlarimiz darsga kelib nima maruza qilish kerakligini bilgandan keyin Notebooklm ga mavzuni tashlab taqdimot qilib, oʻqib berishni boshlaydi. Bazıları esa oraliq yakuniga savollarni chatgpt orqali tuzib, talabalarning bu savollar toʻgʻrisidagi savoliga ham javobni chatgptdan olib tashlaydi. Aynan shu ustozlarimizni yaxshi bilamiz, judayam ilmi yuqori olim zotlar. Lekin bu qilayotganlari achinarli, judayam. Bizga oʻrnak boʻlyabdi, toʻgʻri biz yaxshi narsani olib yomon narsadan saqlanishga layoqatlimiz, lekin koʻz oʻngimizda qayta qayta aylanayotgan holatlar odatiy boʻlib oʻzimizga singdiryabmiz. Kimni chatgptsi yaxshiroq aqlliroq boʻlsa testlarga shu talaba yuqori ball olyabdi. Seminar ustozlarga mehnat qilib oʻqib, maʼlumotlarni canva da dizaynlab prezintatsiya qilsagu bizga past ball qoʻyib, chatgptni malumotini olib chatgptni oʻzida bir varoqli infografika qilgan talabaga “Mana, oʻrnak olinglar, SI dan foydalanishni bilarkan” deya qarsak chalsa......? Shaxsan oʻzimda kurs ishimda kamchiligimni koʻrib bering toʻgʻrilay desam, SI ga tashlab, uning xulosasini menga tashlab bergan, qani mano? Oʻzim ham Siga aytib toʻgʻirlab ololamanku..
Taʼlimimiz choʻkyabdi, ustozlarimiz chatgptdan maruza qilsa, savol bersa, biz chatgptdan javobni olib ustozga bersak, bu gʻalati emasmi? Agarda dars vaqti hammadan telefon va noutbuklarni yigʻib olib dars oʻtilsa hammani asl bilimi yuzaga qalqib chiqardi.
Rivojlanish dedik, texnika-texnalogiya, Sunʼiy intelekt asri foydalanishimiz kerak dedik, lekin oshirib yubordik, hammasi Si boʻldi, miyada shamol ham yoq, fikrlashni ham esdan chiqardik. Anʼanaviy oʻqitish tizimimiz ming chandon afzal edi(bu mening fikrim).
3-Renasansni quramiz deyabmizku, menimcha bu ketishda bazı sohalarni qulatyabmiz.