Кабинет

Посты канала Islom Urolov

сначала новые

#915Текст
Просмотры573−44%к среднему
Пересылки—
Реакции39
Комментарии—
#914Текст

XVIII asrning ikkinchi yarmida Buyuk Britaniyada birinchi sanoat inqilobi boshlangan. Shu davrda uyda yoki kichik ustaxonada qo‘l mehnati bilan bajarilgan ko‘plab ishlar asta-sekin mashinalar yordamida fabrikalarda bajarila boshlandi. Bu o‘zgarish ayniqsa to‘qimachilikda yaqqol ko‘rindi. Yangi yigiruv mashinalari bir ishchiga bir vaqtning o‘zida bir necha marta ko'proq ip yigirish imkonini berardi. Ya'ni ishlab chiqarish samaradorligi oshdi, ammo uning ta'siri ishchilar uchun bir xil bo‘lmadi. Ayrim ish beruvchilar yangi uskunalar yordamida ilgari ko‘p yillik tajriba talab qilgan ishlarni kamroq malakali va kamroq haq oladigan ishchilarga topshira boshladi. Natijada ko‘p yillar hunar o‘rgangan to‘quvchichilar ishidan ayrilish yoki pasaytirilgan haq evaziga ishlash xavfiga duch keldi. Ustiga ustak kelgan 1811-1812-yillardagi iqtisodiy tanglik bu bosimni yanada kuchaytirdi. Oqibatda, ishchi guruhlarning noroziligi ortadi. 1811-yilda Nottingemshirda ishchilar ish haqining pasaytirilishiga va malakali mehnatni siqib chiqarayotgan yangi ishlab chiqarish usullariga qarshi chiqadi. Ular arizalar yozishadi, namoyishlar uyushtirishadi va hatto ish beruvchilarning to‘quv dastgohlarini sindirishadi. Namoyishchilar o'zlarini Ned Ludd izdoshlari, ya'ni ludditlar deb nomlashadi. Ludditlar qo‘zg‘oloni hukumat tomonidan kuch bilan bostiriladi, ishlab chiqarishdagi mexanizatsiya esa davom etadi. O'sha davrda, 1755-yildan 1802-yilgacha jismoniy mehnat bilan shug'ullangan ishchilarning real daromadlari deyarli ikki baravarga kamayadi. Real daromadlar 1820-yilga kelibgina, ya'ni 65 yildan so'ng 1755-yil darajasiga qaytadi. U paytlarning muammosi inson kapitalining sohalar orasidagi mobilligi juda qiyinligida va bunga katta vaqt talab qilishida bo'lgan. Bugungi kunda esa bu mobillik bir necha o'n baravar tezroq va osonroq. Ya'ni menimcha, sun'iy intellekt inqilobi natijasida ish yo'qadiganlar aynan shu sun'iy intellekt yordamida boshqa sohalardan ish topib ketishi imkoniyati ancha yuqori. Ularning real daromadlari ham avvalgi darajaga chiqishi uchun (agar tushgan bo'lsa) 65 yildan ancha kam vaqt ketsa kerak. Inqilobiy yangiliklar doimo o'zgarishga uchrayotgan soha ishchilari mehnatiga qisqa muddatda tahdid tug'dirib kelgan. Lekin uzoq muddatda esa insoniyat tamadduni hamisha bundan yutgan va rivojlanishning yangi darajasiga chiqqan.

Открыть в Telegram
Просмотры1 470+43%к среднему
Пересылки—
Реакции24
Комментарии—
#913Текст
Просмотры1 040+1%к среднему
Пересылки—
Реакции5
Комментарии—
#909Текст
Просмотры1 400+36%к среднему
Пересылки—
Реакции22
Комментарии—
#907Превью ссылки

Переслано из Ko’rinmas Qo’l

​​​​​​O’zbekistonning iqtisodiy o’sishi juda qimmat 2025-yildagi O’zbekistonning real YaIM o’sishi 7.7%ni tashkil qildi. Mintaqada bundan yaxshi natija misollari kam. Lekin bu o'sish bizga arzon kelmadi. Muhim savol: bir foiz o’sish uchun biz YaIMning necha foizini sarmoyaga kiritishimiz kerak? Buni o’lchaydigan ko’rsatkich ICOR (incremental capital output ratio) deb ataladi. Uni hisoblash oddiy: investitsiyaning YaIMdagi ulushini o'sish sur'atiga bo'lamiz. 2025-yilda O'zbekiston uchun bu 38.4% : 7.7% = 5.0. Ya’ni, biz har bir qo’shimcha $1 real o’sish uchun iqtisodiyotga $5 sarmoya kiritishimiz zarur. Bu ko’rsatkich 2018-yilda 3ga teng bo’lgan. Demak, 7 yil ichida, bizning sarmoya samaradorligimiz 67%ga pasaygan. Taqqoslaydigan bo’lsak, Qozog’iston, Vetnam, Armaniston va Gruziya bizdan sarmoya jihatidan samaradorroq. Muhimi esa, “iqtisodiy mo’jiza”ga erishgan Xitoy va Janubiy Koreya o’z rivojlanish davrlarida 3.7 va 3.1 ICOR ko’rsatkichlariga ega bo’lgan. Sabab nimada? Past samaradorlikning uchta asosiy sababi bor: 1. Subsidiyalangan ipoteka. 2024-yilda berilgan ipoteka kreditlarining 56% markazlashtirilgan davlat mablag'lari hisobidan moliyalashtirilgan. Natijasi ko'rinib turibdi: Markaziy bank baholashicha, uy-joy narxlari haqiqiy qiymatdan 28% yuqori. 2. Yo’naltirilgan kreditlash. Bank kreditlarining 24% imtiyozli dasturlar doirasida beriladi. Davlat banklari tizim aktivlarining 65% nazorat qilishini hisobga olsak, bizning bank sektor kredit sifatini emas, davlat rejasini bajarishga kattaroq ahamiyat beradi. Bu, o’z o’rnida, past sifatli kreditlarni keltirib chiqadi. 3. Tashqi qarz taqsimoti. Sarmoyaning asosiy qismi (66%) chet eldan keladi. Qaysi loyiha davlat tomonidan kafolatlanadi, va qaysi biri kutadi - buni bozor emas, davlatning fiskal va ijtimoiy siyosati hal qiladi. Biz chet eldan qarz olib, uni samaradorligi past bo’lgan sohalarga yo’naltiryabmiz. Buning asl sababi esa - iqtisodiyotga sarmoya kiritilishi bozor mantiqiga emas, balki markazlashgan qarorlarga asoslanganligi. Bu holatni to’g’irlamasak, bizning nafaqat o’sish istiqbolimiz xavf ostida qoladi, balki undan kattaroq muammolar ham chiqib kelishi mumkin. Qarzni valyutada jalb qilib, valyutada daromad topmaydigan iqtisodiy sohalarga yo’naltirishni davom etaversak - har qanday valyuta kursiga ekzogen shok (masalan, jahon bozoridagi oltin narxi keskin qulashi, yoki Rossiyadagi inqiroz) biz uchun hayot va mamot masalasi bo’lishi mumkin. Bizga bog’liq bo’lmagan omillarga kelajagimizni tikmasligimiz zarur.

Открыть в Telegram
Просмотры1 540+50%к среднему
Пересылки—
Реакции16
Комментарии—
#906Превью ссылки
Просмотры983−4%к среднему
Пересылки—
Реакции1
Комментарии—
#905Текст
Просмотры1 340+30%к среднему
Пересылки—
Реакции21
Комментарии—
#904Фото
Просмотры1 370+33%к среднему
Пересылки—
Реакции3
Комментарии—
#903Превью ссылки
Просмотры1 250+22%к среднему
Пересылки—
Реакции18
Комментарии—
#902Фото
Просмотры1 170+14%к среднему
Пересылки—
Реакции3
Комментарии—
#901Превью ссылки
Просмотры1 130+10%к среднему
Пересылки—
Реакции3
Комментарии—
#898Текст
Просмотры1 160+13%к среднему
Пересылки—
Реакции18
Комментарии—
#897Текст
Просмотры12 300×12к среднему
Пересылки—
Реакции31
Комментарии—
#896Текст

Переслано из Асланов билан футбол

Вақтида кетиш ҳақида сўз борганда, албатта Зидан эсланади. У 2006 йилдаги жаҳон чемпионатининг энг яхшиси эди ва финалдан кейин футболни тарк этган. Биз ҳеч қачон Зиданни ожиз холда ё захира ўриндиғида кўрмаганмиз. Ҳамма шундай бўлиш керак деймиз доим. Ўшанда Зидан 34 ёшда эди. Тахминан Мессининг аввалги мундиалдаги ёши. Месси ўшанда футболни тарк этиши мумкин эди, худди Зиданга ўхшаш бўларди. Фаолиятининг чўққисида, ҳеч кимга ўз ожизлигини кўрсатмасдан кетиш. Месси яна тўрт йилга қолди. Хаваскор футбол ўйнаб юриб бўлса-да, умрини яна тўрт йилга сурди. Нима керак, ёшларга йўл бермайдими, дегандирмиз, кўп марта. Лекин қарангки, у яна ўша эски Месси даражасида намоён бўлди. Сал қолди жамоасини чемпион қилишига. Саккизта гол урди. Финалда ўйнади. Ассистлар қилди. Бу энди янада қийинроқ. Зидан тугаётганини сезиб вақтида тўхтатган бўлса, Месси ўша вақтни тўрт йилга сурди, уни бўйсундира олди. Менимча, мундиалнинг энг яхшиси сифатида фаолиятини тугатяпти. Месси йиғлади. Унда кубок бор, менимча, яна насиб қилмаганидан йиғламади. Чунки ҳеч ким футболни у каби ҳис қилмайди, Испания ҳақлироқ эканини тушуниб бўлган. Шунчаки, мана шу ажойиб умри якунига етаётганидан, энди балки бунчалик катта саҳнада турмаслигидан йиғлаётгандир эҳтимол. Аслида Месси билан тўрт йил олдин хайрлашиб бўлгандим. Уёғига нафақа даврини ўтказиб, пул олиб, футбол ўйнаб юришини тахмин қилганман. Мана шу мундиал эса бизга ўхшаганлар учун бир бонус бўлди - биз яна Мессини кўрдик, уни эсладик, янги юлдузлар, янги қаҳрамонлар ҳали унинг даражасидан қанчалик узоқлигини ҳис қилдик. Мана шу эртакнамо ой учун, бироз ёқимсиз, аммо соғинилган Месси-Роналду тортишувларига бизни қайтарганинг учун раҳмат. Пеле, Марадона, яна бошқаларни кўрмаганман, шунинг учун айта оламанки, Месси - мен кўрган футболчилар ичида энг яхшиси. Юз йиллик футболнинг қайси даврига гувоҳ бўлиш ихтиёримда бўлганида эди, Месси даврини танлаган бўлардим. @aslanov_futbol

Открыть в Telegram
Просмотры1 840+79%к среднему
Пересылки—
Реакции25
Комментарии—