"Insonning ichki dunyosida ezgulik—bu quyoshdir" Viktor Gyugo @Islom_Karimov_Uzbekistan_rasmiy
Открыть в TelegramПосты канала © Islom Karimov|RASMIY️️️️️️️
Bugun 21 oktyabr- Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun. ___ Ona tilimizning bizga aytolmaganlari… Bolam, oʻzbek bolam, qorakoʻzligim, Navoiysoʻzligim, Bobursoʻzligim! Kaloming anglatib turar oʻzliging, Meni tilingda tut, dilingda tutgin, Dunyoga men bilan dastxating bitgin! Oshib keldim tarix dovonlaridan, Navoiy “Xamsa”si, “Devon” laridan, Ulgʻaydim serkitob jovonlarda man, Vaqting topib sen ham bir kitob titgin, Hayotda munosib nom bilan oʻtgin. Ilk bor “ dada” deding , tilingga koʻchdim, “ Ona” deding,diling qulfini ochdim, Chugʻur-chugʻuringni borliqqa sochdim. Ulgʻayib meni ham “onam” deb aytding, Bolam, qayda boʻlsang oʻzimga qaytgin! Dilim ogʻrir uzsang bitta tomirim, Yotlarga alishsang , unutib borim! Axir millatingku nomusing, oring!? Sen ham Qoshgʻariylar yoʻlidan ketgin, Soʻngra avlodlardan javobin kutgin! “ Ona tilim” deding, onang boʻlay man, Jahon minbarida nomang boʻlay man, Tarixga abad hamohang boʻlay man, Men bilan millating urugʻin ekkin, Oʻzbek boʻlib kelding, oʻzbekday ketgin! Muharram Rajabova @Islom_Karimov_Uzbekistan_rasmiy
Открыть в TelegramBugun — xalqimiz tarixida og‘ir va unutilmas sana. 2016-yil 2-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, xalqimizning mustaqillik yo‘lidagi tarixiy qadamlariga boshchilik qilgan Islom Abdug‘aniyevich Karimov vafot etgan kun. U kishining nomi O‘zbekistonning mustaqillik tarixi, xalqimizning o‘z taqdirini o‘zi belgilash yo‘lidagi kurashi va davlatimizning ilk taraqqiyot yillari bilan chambarchas bog‘liq. Oradan yillar o‘tsa-da, tarixda o‘z izini qoldirgan insonlar xotirasi unutilmaydi. Bugun Islom Karimovni yod etar ekanmiz, u kishining Vatanimiz uchun qilgan xizmatlarini, xalq oldidagi mas’uliyatini va bosib o‘tgan tarixiy yo‘lini eslaymiz. Joylari jannatdan, oxiratlari obod bo‘lsin. Xotiralari qalblarimizda abadiy yashasin. 🕊️ @Islom_Karimov_Uzbekistan_rasmiy
Открыть в TelegramЎзбекистон мустақиллиги эълон қилинган тарихий лаҳзаларда @Islom_Karimov_Uzbekistan_rasmiy
Открыть в Telegram