⚡️ JIDUda barqaror rivojlanish va sun’iy intellekt bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tadi 🌐 Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida AQSHning Robert Morris universiteti professori, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Marsel Minutolo ishtirokida davra suhbati tashkil etiladi. Barcha professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va talabalarni mazkur uchrashuvda faol ishtirok etishga taklif qilamiz! 📆 Sana: 26-noyabr, 2026-yil ⏰ Vaqt: 10:30–13:00 📍 Manzil: JIDU, Conference Hall 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
Открыть в Telegram
Int.Economics
🌐 Int.Economics – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakultetining sahifasi https://t.me/boost/Int_Economics
Средние просмотры поста по дням
По дню публикации
Показать таблицей
| Дата | Просмотров на пост |
|---|---|
| 2 нояб. 2026 г. | 2 540 |
| 4 нояб. 2026 г. | 2 400 |
| 6 нояб. 2026 г. | 2 295 |
| 9 нояб. 2026 г. | 2 380 |
| 12 нояб. 2026 г. | 2 815 |
| 13 нояб. 2026 г. | 2 070 |
| 16 нояб. 2026 г. | 2 170 |
| 17 нояб. 2026 г. | 2 275 |
| 19 нояб. 2026 г. | 1 580 |
| 25 нояб. 2026 г. | 1 014 |
Самые просматриваемые за месяц
- 01Просмотры3,4 тыс.Пересылки—Реакции34Комментарии—
- 02Просмотры3,03 тыс.Пересылки—Реакции15Комментарии—
- 03Просмотры2,54 тыс.Пересылки—Реакции19Комментарии—
- 04Просмотры2,4 тыс.Пересылки—Реакции10Комментарии—
Новые посты
⚡️Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida «Milliy strategiyalarni amalga oshirish doirasida barqaror rivojlanishda xorijiy investitsiyalarning o‘rni» mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi! Maqola shartlari va konferensiya haqida batafsil: HAVOLA 📆 26-noyabr 2026-yil ⏰ 10:00 📍 JIDU, B bino 410-xona 🔗 Konferensiya dasturi Sizning ishtirokingizni kutib qolamiz! Telegram | Instagram | Facebook
Открыть в Telegram🎉 XALQARO IQTISODIYOT VA MENEJMENT FAkULTETI TALABALARI SIMO–2026 XALQARO MATEMATIKA OLIMPIADASIDA 6 TA MEDALNI QO‘LGA KIRITDI! 🏆 2026-yil 14–15-noyabr kunlari Toshkent shahrida akademik Azimboy Sa’dullayev nomidagi Sadullaev International Mathematical Olympiad (SIMO–2026) xalqaro matematika olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. 🌍 40 ta oliy ta’lim muassasasidan 300 nafardan ortiq talaba ishtirok etgan mazkur xalqaro olimpiadada Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Yosh tahlilchilar” klubi jamoasi munosib ishtirok etib, jami 6 ta medalni qo‘lga kiritdi! Olimpiada natijalariga ko‘ra: 🥇 Oltin medal • Egamberdiyev Maqsadbek Baxtiyor o‘g‘li —-Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti 2-bosqich talabasi. 🥈 Kumush medallar • Ortiqov Yusufjon Shamshodovich - 3-bosqich talabasi; • Abdulhamidov Izzatbek Shavkat o‘g‘li - 2-bosqich talabasi; • Erkinov Bexruzbek Oybek o‘g‘li - 2-bosqich talabasi; • Abdivaxitov Sherzod Sherali o‘g‘li - 1-bosqich talabasi. 🥉 Bronza medal • Baxtiyorov Nurbek Bobir o‘g‘li - 2-bosqich talabasi. 👨🏫 Jamoa rahbari: “Iqtisodiyotda miqdoriy usullar va ma’lumotlar tahlili” kafedrasi katta o‘qituvchisi Turdiyev Shodmon Ro‘zimurotovich. 👏 Ushbu yutuq talabalarimizning bilim va salohiyati, izlanishlari hamda ustozlarining samarali mehnati natijasidir. Jamoamizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda yanada ulkan zafarlar tilaymiz! 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
Открыть в Telegram🏆 "YILNING ENG FAOL TALABASI – 2026" TANLOVI ⚡️ Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida "Yilning eng faol talabasi – 2026" respublika tanlovining universitet bosqichi boshlanmoqda! Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakultetining 2-, 3- va 4-bosqich talabalari quyidagi 7 ta nominatsiya bo‘yicha o‘z nomzodlarini taqdim etishlari mumkin: 🔹Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi 🔹Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi 🔹Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi 🔹Yilning eng faol sportchi talabasi 🔹Yilning eng faol iqtidorli talabasi 🔹Yilning eng faol ijodkor talabasi 🔹Yilning eng faol tadbirkor talabasi» (xotin-qizlar uchun). 📌 Tanlov ikki bosqichda tashkil etiladi: 1️⃣ Fakultet bosqichi; 2️⃣ Universitet bosqichi. 🎁 G‘oliblar uchun mukofotlar: 🥇 1-o‘rin — bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari; 🥈 2-o‘rin — bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravari; 🥉 3-o‘rin — bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari. 📂 Hujjatlarni topshirish tartibi: Tanlovda ishtirok etish istagidagi talabgorlar o‘zlarining tegishli yutuqlari jamlanmasini (file-papka shaklida) tayyorlab, tegishli kurs koordinatoriga taqdim etishlari zarur. 📅 Hujjatlarni topshirishning so‘nggi muddati: 2026-yil 22-noyabr. 📍 Murojaat uchun: Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti dekanati hamda tegishli kurs koordinatorlari (B-402b) 📎 Tanlov nizomi bilan tanishish: Havola Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
Открыть в Telegram⚡️ JIDUda “Moliyaviy xavfsizlik” klubi o‘z faoliyatini boshlamoqda! Hurmatli Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti talabalari! Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida yangi “Moliyaviy xavfsizlik” klubi o‘z faoliyatini boshlamoqda. Klub moliyaviy xavfsizlik, xalqaro moliyaviy tizimlar va zamonaviy moliyaviy tahdidlar bo‘yicha bilim hamda amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan. Klub a’zolari uchun quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi: ✔️ Xalqaro moliyaviy xavfsizlik olimpiadasiga tayyorgarlik ko‘rish; ✔️ Banklar hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi mutaxassislari ishtirokida komplayens va moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha mahorat darslarida qatnashish; ✔️ Jinoiy daromadlarni legallashtirish (pul yuvish) bilan bog‘liq real holatlar va amaliy keyslarni tahlil qilish; ✔️ Boshqa oliy ta’lim muassasalari olimpiada ishtirokchilari hamda xorijiy universitetlar professor-o‘qituvchilari bilan uchrashish; ✔️ AML/CFT, FATF standartlari, kiberxavfsizlik va raqamli aktivlar bo‘yicha bilimlarni oshirish; ✔️ Ilmiy maqolalar tayyorlash, konferensiyalarda ishtirok etish va sertifikatlar olish. Kimlar a’zo bo‘lishi mumkin? JIDUning barcha fakultetlari va bosqichlarida tahsil olayotgan talabalar. 💡Oldindan tajribaga ega bo‘lish talab etilmaydi. Eng muhimi — sohaga qiziqish, tashabbuskorlik va yangi bilimlarni egallashga intilish! 📅 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2026-yil 17-noyabrgacha. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/pmmkczTiN4dQy4ze6 📍 Klubning ilk uchrashuvi: 2026-yil 18-noyabr, soat 14:00. Qo‘shimcha ma’lumot uchun: @naubakharuzakbaeva @queryiopa Barcha qiziquvchi talabalarni klub faoliyatida ishtirok etishga taklif qilamiz! 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
Открыть в TelegramKELAJAK MENEJERLARI VA TADBIRKORLAR DIQQATIGA! Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti talabalari uchun taniqli tadbirkor va texnologiya sohasi vakili Akmal Payziyev ishtirokida maxsus master-klass tashkil etiladi. Master-klass spikeri: Akmal Payziyev – Numeo AI kompaniyasi hammuassisi va bosh ijrochi direktori (Co-founder & CEO), MyTaxi, Express24, Workly va MaxTrack loyihalari asoschisi. 📅 Sana: 17-noyabr, 2026-yil (seshanba) 🕘 Vaqt: 09:55–11:05 📍 Manzil: B bino, 513-xona (onlayn) 🔗 Master-klassga ulanish: https://us06web.zoom.us/j/82069177972?pwd=YgexaafSeJMexQ8X1iDAxn9rS1tHhr.1 Barcha qiziquvchi talabalarni master-klassda faol ishtirok etishga taklif qilamiz! - ATTENTION, FUTURE MANAGERS AND ENTREPRENEURS! The Faculty of International Economics and Management at the University of World Economy and Diplomacy invites its students to a special masterclass featuring renowned entrepreneur and technology industry leader Akmal Payziyev. Guest Speaker: Akmal Payziyev – Co-founder and CEO of Numeo AI, founder of MyTaxi, Express24, Workly, and MaxTrack. 📅 Date: November 17, 2026 (Tuesday) 🕘 Time: 09:55–11:05 📍 Venue: Building B, Room 513 (Online) 🔗 Join the Masterclass: https://us06web.zoom.us/j/82069177972?pwd=YgexaafSeJMexQ8X1iDAxn9rS1tHhr.1 All interested students are warmly invited to attend and actively participate in this exciting masterclass! 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
Открыть в Telegram🌐 Markaziy bank va Xalqaro valyuta jamg‘armasi hamkorligidagi tadbir Markaziy bank va Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) hamkorligida tashkil etilgan tadbirda XVJ ekspertlari Kavkaz va Markaziy Osiyo mintaqasi hamda O‘zbekiston iqtisodiyotining istiqbollari, inflyatsiya dinamikasi va global noaniqliklar sharoitida savdoni diversifikatsiya qilish masalalariga bag‘ishlangan hisobotning asosiy xulosalarini taqdim etdilar. 📊 Tadbir davomida mintaqaviy iqtisodiy tendensiyalar, dolzarb muammolar va kelgusidagi iqtisodiy rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi. 🎓 Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti talabalari ham tadbirda faol ishtirok etib, xalqaro ekspertlarning taqdimotlari orqali mintaqaviy va milliy iqtisodiyotga oid dolzarb masalalar yuzasidan bilimlarini kengaytirdilar. 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
Открыть в TelegramTHE TRADE DIPLOMACY SUMMIT (EU - PACIFICA) 2026 🔴 Joriy yilning 10-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakultetining 4-bosqiç talabalari uçun Siyosiy iqtisodiyot fani doirasida “The Trade Diplomacy Summit (EU – PACIFICA) 2026” nomli simulyatsion forum şaklida oçiq dars taşkil etildi. Oçiq dars Xalqaro iqtisodiyot kafedrasi şogird-o‘qituvçisi Z.Nişanova iştirokida ötkazilib, unda talabalar xalqaro savdo diplomatiyasi, iqtisodiy hamkorlik va köp tomonlama muzokaralar jarayonlarini amaliy simulyatsiya orqali örganiş imkoniyatiga ega böldilar. 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
Открыть в Telegram⚽️🏆 XIM FAKULTET ÇEMPIONATI — UÇRAŞUVLAR JADVALI Kutgan onimiz keldi! 🔥 Çempionatning keyingi bosqiçi uçun uçraşuvlar jadvali rasman e’lon qilinadi! Endi har bir öyin yanada muhim. Har bir ğalaba jamoalarni çempionlik sari yaqinlaştiradi, har bir mağlubiyat esa musobaqadagi yölni yakunlaydi. 🏆 Musobaqa bosqiçlari: 1/16 FINAL → 1/8 FINAL → 1/4 FINAL → 1/2 FINAL → FINAL Barça jamoalarga omad tilaymiz! Öz mahoratingizni namoyiş eting, jamoangiz şarafini himoya qiling va çempionlik sari dadil qadam taşlang! Bir maqsad. Bir jamoa. Bir çempion! 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
Открыть в TelegramСвязи
Похожие каналы
DiploFrame@diploframe2025Образование2,15 тыс.
Autostart__group@autostart_groupОбразование3,79 тыс.
IBN_SINO_EDUCATION xususiy maktabi@ibn_sino_educationОбразование3,78 тыс.
Biologiya o'qituvchisi@biologiya_fa_niОбразование3,77 тыс.
Jahon School - Rasmiy Kanali@jahon_schoolОбразование3,96 тыс.
Eco-schools Uzbekistan@ecoschools_uzbekistanОбразование3,75 тыс.
Tayyorlov guruh tarbiyachisi@tayyolrov_guruhОбразование3,97 тыс.
Kichik guruh tarbiyachisi@kichik_guruh_tarbiyachisiОбразование3,98 тыс.
Кто упоминает
DiploFrame@diploframe20251 упоминаниеПоследний пост