#Brifing
Ijtimoiy himoyada 9 oylik sarhisob: minglab oilalar, yangi xizmatlar va amaliy natijalar
🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligining 2026-yil yanvar–sentabr oylaridagi faoliyati yakunlari, amalga oshirilgan islohotlar va erishilgan natijalar yuzasidan brifing o‘tkazildi.
↗️ Asosiy natijalar:
✅ 1-oktabr holatiga ko‘ra, “Ijtimoiy reestr”ga 530 mingta oila kiritilgan. Bolalar nafaqasi bo‘yicha 426 mingta, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun esa 563 mingta kompensatsiya to‘lovi amalga oshirildi.
✅ 77,3 ming nafar shaxs protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlandi. 83 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxsning bandligi ta’minlandi.
✅ 3 774 ta maktabda 11,7 ming nafar o‘quvchi inklyuziv ta’lim bilan qamrab olindi.
✅ “Faol hayotga qadam” dasturi doirasida 55,4 ming nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsga 5 turdagi ijtimoiy xizmat ko‘rsatildi.
✅ 74,3 ming nafar xotin-qizga qariyb 110 mingta, zo‘ravonlikdan jabrlangan 6,9 ming nafar bolaga esa qariyb 10 mingta ijtimoiy, psixologik, huquqiy va tibbiy xizmat ko‘rsatildi.
✅ Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun 609 ta uy-joy xarid qilindi. 527 nafar bola oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli tartibda qabul qilindi. “Yoshlarga hamrohlik” dasturi doirasida 7,4 ming nafar yoshga 14,4 milliard so‘mlik ijtimoiy yordam ko‘rsatildi.
✅ 111,8 ming nafar ayolga homiladorlik va tug‘ish nafaqasi uchun 1,3 trillion so‘m to‘lab berildi. 1-iyuldan vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasini tayinlashning yangi tartibi joriy etildi. Ushbu yo‘nalishda 123,5 mingta holat bo‘yicha qariyb 160 milliard so‘m nafaqa to‘lab berildi.
↗️ Islohotlarning bosh maqsadi — aholining ehtiyojlarini aniqlash, manzilli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda fuqarolarning mustaqil hayot kechirishi va jamiyatda faol ishtirok etishi uchun zarur sharoitlar yaratish.
🎬 Batafsil — brifingda.
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz