Кабинет
Imtiyoz.uz

Imtiyoz.uz

Murojaat uchun: @Talim_huquqibot Hamkor: @Talim_huquqi Facebook: https://www.facebook.com/imtiyozuz Instagram: https://www.instagram.com/imtiyozuz

Юзернейм
@imtiyozuz
Категория
Право
Страна
УзбекистанУзбекистан
Подписчики2 250
Просмотров на пост, 7 дн.—за 7 дней
ERR11,47 %в среднем за 30 дней

Новые посты

#2554Текст
Просмотры2580%к среднему
Пересылки—
Реакции2
Комментарии—
#2549Текст
Просмотры452+75%к среднему
Пересылки—
Реакции6
Комментарии—
#2548Текст

⚡️1 million so‘mlik moddiy yordam: kimlarga va qanday tartibda beriladi? Qish mavsumida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 2026-yil noyabr oyida 1 million 17 mingdan ortiq oilaga 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam berilishi ko‘zda tutilgan. Buning uchun 1 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi. ✅ Kimlar avtomatik ravishda ro‘yxatga kiradi? ▪ “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalar; ▪ o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchilar, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar reyestridagi fuqarolar; ▪ yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar yashayotgan oilalar. ❓“Ijtimoiy reyestr”da bo‘lmagan oilalar ham yordam olishi mumkinmi? Ha. Mahalla yettiligi reyestrga kirmagan, lekin amalda yordamga muhtoj oilalarni ham aniqlaydi. Bunda quyidagi oilalarga e’tibor qaratiladi: ▪ boquvchisini yo‘qotgan oilalar; ▪ I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan a’zosi bor oilalar; ▪ nogironligi bo‘lgan bolani parvarishlayotgan oilalar; ▪ uzoq muddat davolanishga muhtoj a’zosi bor oilalar; ▪ yolg‘iz keksalar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar; ▪ bir xonadonda uch va undan ortiq oila yashayotganlar; ▪ tabiiy gaz va markazlashtirilgan isitish bo‘lmagan sharoitda yashovchilar. 📊 Daromad mezoni qanday? Oiladagi har bir kishiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromad 2 MIXdan (minimal iste’mol xarajatlari) oshmasligi kerak. Shuningdek, markazlashtirilgan isitish tizimidan foydalanadigan oilalar uchun davlat yordami mezoni kengaytirilmoqda: Toshkent shahrida 3 MIXgacha, boshqa hududlarda 2 MIXgacha. 🔄 Yordam qanday tayinlanadi? 1️⃣ Reyestrlardagi oilalar bo‘yicha dastlabki ro‘yxat tuziladi. 2️⃣ Mahalla yettiligi reyestrda bo‘lmagan ehtiyojmand oilalarni tavsiya qiladi. 3️⃣ “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi oilaning daromadi va ijtimoiy holatini “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali tekshiradi. 4️⃣ Mezonlarga mos oilalar yakuniy ro‘yxatga kiritiladi. 5️⃣ 1 million so‘m ijtimoiy karta yoki bank kartasiga o‘tkaziladi. ⚠️ Muhim: mahalla tavsiyasi yordam albatta beriladi degani emas. Har bir oilaning ma’lumotlari elektron tizim orqali qayta tekshiriladi. Ko‘p hujjat yig‘ish talab etilmaydi, chunki ma’lumotlarning katta qismi davlat axborot tizimlaridan olinadi. 🌨 Qish mavsumida yana qanday yengilliklar ko‘zda tutilmoqda? ▪ elektr energiyasi va gaz uchun kompensatsiya 2028-yil 1-aprelgacha uzaytiriladi; ▪ gaz yetib bormagan yoki gaz ta’minoti qiyin hududlarda isitish mavsumida elektr energiyasining bazaviy me’yori 200 kVt·soatdan 350 kVt·soatgacha oshiriladi; ▪ 2027–2028-yillarda yana 3 mingta ehtiyojmand oila uyida energiya samaradorligini oshirish ishlari olib boriladi: issiqlikdan himoyalash, energiya tejamkor yechimlar va qayta tiklanuvchi energiya manbalari. 🇺🇿 @imtiyozuz

Открыть в Telegram
Просмотры1 540+497%к среднему
Пересылки—
Реакции6
Комментарии—
#2547Текст

⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentda investor va tadbirkorlar uchun qator imtiyoz va yengilliklarni e’lon qildi: ▪ Savdo, servis va biznes markazlari uchun infratuzilma to‘lovining bazaviy stavkasi 3 barobar kamaytiriladi; ▪ Mehmonxona va turizm obyektlari uchun infratuzilma to‘lovi 5 barobar kamaytiriladi; ▪ Madaniy va ko‘ngilochar maskanlar uchun infratuzilma to‘lovi 10 barobar kamaytiriladi; ▪ Xususiy bog‘cha, maktab va shifoxonalar uchun infratuzilma to‘lovi 1 foiz etib belgilanadi; ▪ 50 million dollardan yuqori noturar joy loyihalari uchun “yashil bino” sertifikatini olish xarajatlari davlat tomonidan to‘liq qoplanadi; ▪ Investor sotib olgan yer maydonining 30 foizini ko‘kalamzorlashtirish talabi Yangi Toshkentdagi loyihalarga qo‘llanmaydi. Shaharning 30 foizini ko‘kalamzorlashtirish davlat tomonidan ta’minlanadi; ▪ 50 million dollardan yuqori har bir loyihaga alohida mas’ul biriktiriladi. U investorga obyekt ishga tushguniga qadar ko‘maklashadi; ▪ 50 million dollardan yuqori loyihalar uchun alohida investitsiya bitimi tuzilib, investorning majburiyatlari va tavakkalchiligiga mos imtiyozlar paketi belgilanadi; ▪ Yetakchi arxitektorlar ishlab chiqqan o‘ziga xos loyihalar uchun tezkor tartib joriy etiladi. Loyihalash, qurilish va obyektni foydalanishga qabul qilish jarayonlari jadallashtiriladi; ▪ Yer ajratishda “Swiss challenge” tamoyili joriy etiladi. Investor tashabbusi ochiq e’lon qilinadi va undan yaxshiroq taklif bo‘lmasa, yer dastlabki tashabbuskorga ajratiladi; ▪ Poytaxtning har bir tumaniga Yangi Toshkentdan 100 gektardan yer biriktirildi, qolgan 13 ta hududga ham shuncha maydon ajratiladi. Birinchi auksionda ushbu yerlarga faqat tegishli tuman yoki viloyat tadbirkorlari da’vogarlik qila oladi; ▪ Yangi Toshkent uchun e’lon qilingan imtiyoz va yengilliklar Samarqanddagi “Shirin” massiviga ham tatbiq etiladi. 🇺🇿 @imtiyozuz

Открыть в Telegram
Просмотры1 970+664%к среднему
Пересылки—
Реакции4
Комментарии—
#2545Текст
Просмотры2 080+706%к среднему
Пересылки—
Реакции1
Комментарии—
#2543Текст
Просмотры1 780+590%к среднему
Пересылки—
Реакции5
Комментарии—
#2540Текст

❓Pensiyaga chiqqandan so'ng ishlasa, pensiyani qayta hisoblatish mumkinmi? Nogironligi bo'lgan farzandimni tarbiyalaganim uchun imtiyozli pensiyaga chiqqanman. 55 yoshga to'lgach, umumiy asoslarda yoshga doir pensiyaga o'tishim mumkinmi? Pensiyaga chiqqandan keyin ishlagan yillarim, stajga qo'shilib qayta hisoblanadimi? Agar xodim nogironligi bo'lgan farzandini tarbiyalagani sababli imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiyaga chiqqan bo'lsa, umumiy pensiya yoshiga yetgach uni yangidan yoshga doir pensiyaga almashtirib, shu asosda qayta hisoblatib bo'lmaydi. CHunki unga avvaldan yoshga doir pensiya tayinlangan. Davlat pensiyalarini tayinlash va to'lash tartibi to'g'risida Nizomning 138-bandi bu masalani bevosita tartibga soladi. Birinchidan, mazkur pensiyaning huquqiy turi qanday? «Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida»gi Qonunning 12-moddasi «z» bandiga muvofiq, bolalikdan nogironligi bo'lgan farzandini sakkiz yoshgacha tarbiyalagan, kamida 20 yil ish stajiga ega onalar umumiy belgilangan yoshdan 5 yil oldin pensiyaga chiqish huquqiga ega. Qonunning 7-moddasida ayollar uchun umumiy pensiya yoshi 55 yosh belgilangani sababli, ushbu imtiyoz asosida 50 yoshdan pensiya tayinlanadi. Bu — imtiyozli shartlardagi yoshga doir pensiya. Ikkinchidan, 55 yoshga to'lganda nima bo'ladi? Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 13 oktabrdagi 592-son qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan Nizomning 138-bandiga ko'ra, umumiy belgilangan yosh kamaytirilgan holda yoshga doir pensiya tayinlangan shaxsning pensiyasi umumiy pensiya yoshiga to'lganligi munosabati bilan qayta hisoblanmaydi. 120-banddagi bir pensiya turidan boshqasiga o'tish qoidasi ham mazkur holatga tatbiq etilmaydi: imtiyozli va umumiy shartlardagi yoshga doir pensiyalar alohida pensiya turlari emas. Uchinchidan, pensiyaga chiqqandan keyin ishlagan yillari qo'shiladimi? Qonunning 37-moddasi oltinchi qismiga asosan, yoshga doir pensiya tayinlanganidan keyin ishlangan vaqt pensiyani hisoblash uchun stajga qo'shilmaydi. SHuning uchun, masalan, 50 yoshda pensiyaga chiqib, 55 yoshgacha ishlashning o'zi pensiyani yangi staj asosida hisoblatish huquqini bermaydi. Biroq qayta hisoblashning boshqa asoslari saqlanadi. Masalan, pensiya tayinlanguniga qadar bo'lgan, avval hisobga olinmagan ish staji yoki ish haqini tasdiqlovchi qo'shimcha hujjatlar topilsa, Qonunning 49-moddasi va Nizomning 126-bandi «a» kichik bandi asosida qayta hisoblashni so'rash mumkin. 🇺🇿 @imtiyozuz

Открыть в Telegram
Просмотры2 080+706%к среднему
Пересылки—
Реакции6
Комментарии—

Все посты

Связи