🇺🇿 PREZIDENTIM MAKTUBI — MEN UCHUN HAYOTIY SABOQ! 25-noyabr kuni Gidrotexnika qurilishi fakultetida 2 va 3-bosqich talabalari ishtirokida Prezidentimizning "Sevimli nabiram Shavkatbekka parvoz davomida bitilgan maktub" nomasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan "MENING FIKRIM" -yoshlarning eng sara fikrlari tanlovi tashkil etildi. Tanlovda 100 nafardan ziyod talaba faol ishtirok etib, o‘zining mustaqil fikrlari, hayotiy qarashlari, maqsad va intilishlarini namoyon etdi. Tadbir davomida ishtirokchilar maktub mazmunidan olgan taassurotlari, undagi hayotiy saboqlar va o‘zlari uchun muhim bo‘lgan xulosalarni yozma ravishda maktub shaklida bayon etdilar. Shuningdek, o‘z fikr-mulohazalarini kursdoshlariga yetkazib, o‘zaro fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tanlov yakunida eng mazmunli, teran mushohadaga boy va hayotiy xulosalarni o‘zida mujassam etgan fikr-mulohazalar muallifi bo‘lgan 5 nafar talaba g‘olib deb topildi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 😄“TIQXMMI’’ Milliy tadqiqot universiteti rasmiy telegram kanali: @ilovetiiame
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 494 |
| 3 ч | 935 |
- Через 1 час494
- Всего сейчас935