Кабинет

Посты канала IHMA Sirdaryo viloyati

сначала новые

#6597Фото
Просмотры189−60%к среднему
Пересылки—
Реакции1
Комментарии—
Динамика просмотровСкрыть динамику

Рост просмотров

Часов после публикации

Показать таблицей
Часов после публикацииПросмотры
0 ч0
3 ч146
7 ч189
  1. Через 6 часов189
  2. Всего сейчас189
#6596Видео
Просмотры246−48%к среднему
Пересылки—
Реакции4
Комментарии—
#6595Видео

Переслано из Olloyorov Mansurbek Polvonzoda

Sirdaryo viloyatida ijtimoiy muassasalar faoliyati, xizmatlar sifati va aholiga ko‘rsatilayotgan manzilli yordam natijalari bilan tanishdik. “G‘amxo‘rlik” markazlari faoliyati, kelgusi yillarga mo‘ljallangan rejalari hamda tadbirkorlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdik. Shuningdek, uzoq yillardan buyon ushbu muassasalarda yashab kelayotgan, dastlabki tashxislari va tibbiy xulosalari qayta ko‘rib chiqilishi zarur bo‘lgan insonlar taqdiriga ham e’tibor qaratdik. Bugungi kunda respublika bo‘yicha 200 nafardan ortiq shunday fuqaro bor. Ular uchun uy sharoitiga yaqin muhitda yashash, parvarish olish, mehnat qilish va jamiyatga qayta qo‘shilish imkonini beruvchi “Kichik hajmli guruhli uylar” xizmatlari yo‘lga qo‘yilmoqda. Guliston shahrida yangi ochilgan hududiy ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati bilan tanishdik. Bu yil respublika bo‘yicha 20 ta shunday markaz tashkil etiladi, kelgusi yilda esa yana 40 ta markaz ochilishi rejalashtirilgan. Bu orqali reabilitatsiya, kunduzgi parvarish va boshqa ijtimoiy xizmatlarni aholiga yaqinlashtirish ko‘zda tutilgan. “Buyuk kelajak” mahallasida oilalar bilan ishlash natijalarini ham o‘rgandik. Ularga nafaqa, moddiy yordam, davolanish va reabilitatsiya xizmatlari ko‘rsatildi, tadbirkorlikni boshlashlari uchun imtiyozli kreditlar ajratilgan. Oilalarning yashash sharoiti va ko‘rsatilgan yordamlar natijasini ham ko‘rdik. Yetti nafar nogironligi bo‘lgan insonni parvarishlayotgan oilada geokollector va quyosh panellari o‘rnatilishi orqali xarajatlarni kamaytirish va moliyaviy barqarorlikka erishishga ko‘maklashildi. Oilaning katta farzandini ishga joylashtirish masalasi ham belgilandi. Nogironligi bo‘lgan farzandini parvarishlayotgani sababli ishlay olmayotgan boshqa bir onaga nafaqa tayinlash va parvarish davrini mehnat stajiga hisoblash masalasi hal etildi. Shuningdek, “Nurli maskan” maktabidagi ta’lim sharoitlari va Guliston shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati bilan tanishib, fuqarolar hamda ijtimoiy xodimlar bilan suhbatlashdik. Biz uchun eng muhimi - har bir insonning ehtiyojini tushunish, unga manzilli yordam ko‘rsatish va bu yordamning hayotida real o‘zgarishlarga olib kelishini ta’minlash. Ijtimoiy xizmatlar insonning imkoniyatlarini kengaytirishi, mustaqil hayotga qadam qo‘yishi va o‘zini jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida his qilishi uchun xizmat qilishi kerak. Telegram | Facebook | Instagram

Открыть в Telegram
Просмотры389−17%к среднему
Пересылки—
Реакции118
Комментарии—
#6594Видео

Переслано из Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Sirdaryoda ijtimoiy xizmatlar sifati va manzilli yordam natijalari o‘rganildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya bo‘yicha maslahatchisi – Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov Sirdaryo viloyatiga xizmat safari davomida ijtimoiy muassasalar faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va manzilli yordam natijalarini o‘rgandi. Dastlab “G‘amxo‘rlik” markazida 20 nafar tarbiyalanuvchini mustaqil hayotga tayyorlashga qaratilgan mehnat terapiyasi mashg‘ulotlari hamda Sirdaryo tumanida tashkil etilayotgan “Kichik hajmli uy” loyihasi imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Guliston shahrida yangi tashkil etilgan Hududiy ijtimoiy xizmatlar markazining ochilish marosimida ishtirok etilib, bu yerda insultni boshdan kechirgan 15 nafar katta yoshli fuqaro va nogironligi bo‘lgan 10 nafar bolaga ko‘rsatilayotgan reabilitatsiya hamda kunduzgi parvarish xizmatlari bilan tanishildi. “Buyuk kelajak” mahallasida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan ikki oilaga ko‘rsatilgan kompleks yordam natijalari o‘rganildi. Oilalarga nafaqa, moddiy yordam, davolanish va reabilitatsiya xizmatlari ko‘rsatilgan, tadbirkorlikni boshlash uchun 33 million va 20 million so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratilgan. Shuningdek, “Nurli maskan” maktabidagi ta’lim sharoitlari, Guliston shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati o‘rganilib, fuqarolar va mahallalardagi ijtimoiy xodimlar bilan bevosita muloqot o‘tkazildi. Tashrif davomida ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, mavjud muammolarni aniqlash va har bir fuqaroning ehtiyojiga mos manzilli yordam ko‘rsatish masalalariga e’tibor qaratildi. 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Открыть в Telegram
Просмотры403−14%к среднему
Пересылки—
Реакции122
Комментарии—
#6587Фото

Переслано из Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘m moddiy yordam: kimlar qamrab olinmoqda? O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-oktabrdagi PF–236-son Farmoniga muvofiq, noyabr oyida ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam ajratilmoqda. Mazkur yordam quyidagi toifadagi oilalar va fuqarolarga berilmoqda: ✅ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga; ✅ Reyestrga kiritilmagan, biroq uning mezonlariga mos keladigan, oilaning o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlarining ikki barobaridan oshmaydigan va “mahalla yettiligi” xulosasi asosida ehtiyojmand deb topilgan oilalarga; ✅ O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar reyestriga kiritilgan fuqarolarga; ✅ Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar yashayotgan oilalarga. 🖋 Ayni paytda ushbu yordam va kompensatsiyalar bo‘yicha qariyb 1 millionta ariza kelib tushgan. Andijon shahrida ham ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam ajratish hamda kompensatsiya va imtiyozlardan foydalanish tartibini tushuntirish ishlari davom etmoqda. Xususan, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari tomonidan fuqarolarga 1 million so‘mlik moddiy yordam ajratilganligi to‘g‘risidagi maxsus konvertlar, shuningdek, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ko‘mir va suyultirilgan gaz uchun kompensatsiyalarni olish tartibi haqida ma’lumot beruvchi axborot flayerlari tarqatilib, tegishli tushuntirishlar berilmoqda. Mazkur chora-tadbirlar ehtiyojmand oilalarning kuz-qish mavsumidagi xarajatlarini yengillashtirish, ijtimoiy yordamning manzilli va samarali yetib borishini ta’minlashga qaratilgan. Ma’lumot uchun: Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash choralari kengaytirilib, yordam yo‘nalishlari 6 taga yetkazildi. Bular — 1 million so‘mlik bir martalik moddiy yordam, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun kompensatsiya, gazsiz xonadonlar uchun 350 kVt·soatlik me’yor, ko‘mir va suyultirilgan gaz uchun yordam, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali ko‘maklashish hamda uylarni “yashil” ta’mirlash tadbirlaridir. 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Открыть в Telegram
Просмотры392−17%к среднему
Пересылки—
Реакции6
Комментарии—
#6586Фото
Просмотры428−9%к среднему
Пересылки—
Реакции1
Комментарии—
#6585Видео
Просмотры372−21%к среднему
Пересылки—
Реакции1
Комментарии—
#6584Видео
Просмотры396−16%к среднему
Пересылки—
Реакции1
Комментарии—
#6581Видео
Просмотры477+2%к среднему
Пересылки—
Реакции2
Комментарии—
#6580Видео

Переслано из Ijtimoiy himoya milliy agentligi

#Agentlik_raqamlarda 9 oylik sarhisob: raqamlar ortidagi taqdirlar 🧠 2026-yilning 9 oyida ijtimoiy himoya tizimida asosiy e’tibor oilalarning muammolarini kompleks hal etish, daromad manbalarini yaratish va aholining ijtimoiy faolligini oshirishga qaratildi. Bu jarayonda mahallalardagi ijtimoiy xodimlar har bir oilaning muammosini individual o‘rganib, ularni bosqichma-bosqich hal etish, fuqarolarning jamiyatga integratsiyalashuvini ta’minlashga ko‘maklashmoqda. ✅ 9 oyda erishilgan asosiy natijalar: ✅ 39,9 ming oila Ijtimoiy reyestrdan chiqarildi. Shundan 26,5 ming oilaning daromadi 1,5 barobarga oshdi. 16,3 ming oilaga 318,2 mlrd so‘m foizsiz kredit ajratildi. ✅ 83 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxsning bandligi ta’minlandi. 3 774 ta maktabda 11,7 ming nafar bola inklyuziv ta’limga qamrab olindi. ✅ 55,4 ming nafar fuqaro “Faol hayotga qadam” dasturi orqali xizmatlardan foydalandi. Ularning 28,6 ming nafarida ijobiy o‘zgarishlar qayd etildi. ✅ 74,3 ming nafar zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizga yordam ko‘rsatildi. Inqiroz markazlariga joylashtirilgan 171 nafar bola oilasiga qaytarildi. ✅ 609 ta uy-joy yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun xarid qilindi. Homiladorlik va tug‘ish hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari uchun jami 1,46 trln so‘m avtomatik to‘lab berildi. 😊 Bugun mamlakat bo‘ylab 208 ta “Inson” markazi orqali 140 turdagi ijtimoiy xizmat aholiga yaqinlashtirilmoqda. 👥 Bu raqamlar ortida ish bilan ta’minlangan insonlar, daromadi oshgan oilalar, ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lgan bolalar va ijtimoiy hayotga qaytayotgan minglab taqdirlar turibdi. 🤝 Zero, ijtimoiy himoyaning eng muhim natijasi — inson hayotidagi ijobiy o‘zgarishdir. 🎬 Batafsil — 2026-yilning 9 oylik natijalariga bag‘ishlangan videorolik va infografikada. 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Открыть в Telegram
Просмотры610+30%к среднему
Пересылки—
Реакции1
Комментарии—
#6579Видео
Просмотры582+24%к среднему
Пересылки—
Реакции2
Комментарии—
#6578Фото

Переслано из Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan milliy standartlar loyihalari ma’qullandi 🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi STQ 30 — “Aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish” sohasida standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoatchilik muhokamasidan o‘tgan milliy standartlar loyihalari ma’qullanib, O‘zbekiston standartlar institutiga yuborildi. ❗️Bu aholi uchun nimani anglatadi?  ↗️ Endilikda yordamga muhtoj insonlar bilan ishlash shunchaki rasmiyatchilik emas, balki qat’iy va sifatli qoidalar asosida amalga oshiriladi: ✅ boladan voz kechish xavfi mavjud bo‘lgan inqirozli oilalarga oldindan yordam ko‘rsatiladi; ✅ rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan go‘daklarga hayotining dastlabki oylaridanoq professional ko‘mak beriladi; ✅ og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollarga yordam ko‘rsatish tizimi yangilandi (qayta ishlab chiqilgan O‘zMSt 618:2025 milliy standarti); ✅ odam savdosidan jabrlangan shaxslar va bolalarni xavfsiz muhitga hamda normal hayotga qaytarish qoidalari qayta ko‘rib chiqildi (qayta ishlab chiqilgan O‘zMSt 453:2025 milliy standarti).   ❗️ Yangi standartlar kimlar uchun majburiy? Hujjatlar kuchga kirgach, barcha hududiy “Inson” markazlari, davlat organlari va ijtimoiy loyihalarda qatnashuvchi nodavlat tashkilotlar (NNT) faoliyati mana ushbu talablar asosida baholanadi. Maqsad - har bir muhtoj insonga manzilli, sifatli va tezkor ijtimoiy ko‘mak yetkazish! 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Открыть в Telegram
Просмотры570+21%к среднему
Пересылки—
Реакции3
Комментарии—
#6577Фото
Просмотры660+41%к среднему
Пересылки—
Реакции3
Комментарии—
#6573Фото

Переслано из Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi

🗣 Guliston davlat universitetida “Ijtimoiy ish” ta’lim yo‘nalishini takomillaştiriş masalalari muhokama qilindi 📍 Hamjamiyatlarni mustahkamlaş va ijtimoiy farovonlikni rivojlantiriş markazi vakillari hamda Kolumbiya universiteti Ijtimoiy iş maktabi Maxsus bölimi direktori Lyudmila Kim iştirokida Ijtimoiy himoya milliy agentligi Sirdaryo viloyati boşqarmasi hamkorligida Guliston davlat universitetida “Ijtimoiy iş” yönalişi professor-öqituvçilari bilan uchraşuv taşkil etildi. 📝 Uçraşuv doirasida professor-öqituvçilar bilan qayta tayyorlaş kurslari natijalarini monitoring qiliş hamda xalqaro standartlar asosida işlab çiqilgan malaka talablarini muhokama etişga qaratilgan fokus-guruh muhokamasi ötkazildi. Muhokama davomida quyidagi ustuvor masalalarga alohida e’tibor qaratildi: ➡️Professor-öqituvçilarning qayta tayyorlaş kurslarida egallagan bilim va könikmalarini ta’lim jarayonida amaliy qöllaş darajasini baholaş; ➡️ İşlab çiqilgan malaka talablari va kasbiy kompetensiyalarni öquv jarayoniga integratsiya qiliş imkoniyatlarini örganiş; ➡️ Talabalarning amaliy tayyorgarligini kuçaytiriş, superviziya tizimini rivojlantiriş va metodik qöllab-quvvatlaşga bölgan ehtiyojlarni aniql aş; ➡️ Ijtimoiy iş ta’limini takomillaştiriş jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarni aniql aş hamda ularni bartaraf etiş böyiça taklif va tavsiyalarni işlab çiqiş. 🎤 Fokus-guruh muhokamasi professor-öqituvçilarning amaliy tajribasi va fikr-mulohazalarini örganiş, amalga oşirilayotgan ta’limiy islohotlar natijalarini sifat jihatidan baholaş hamda keyingi metodik kömakning ustuvor yönalişlarini belgilaş imkonini berdi. #ijtimoiyiş #ijtimoiytaʼlim #xalqarohamkorlik #OTM 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 Youtube 📱 LinkedIn

Открыть в Telegram
Просмотры860+83%к среднему
Пересылки—
Реакции7
Комментарии—