Переслано из Ijtimoiy himoya milliy agentligi
#InsonFaxri2026 “INSON FAXRI”: QALBLARGA MUHRLANGAN OQSHOM 🌟 “Inson faxri” milliy mukofotini topshirish marosimi ishtirokchilarda chuqur taassurot qoldirdi. Mukofot sohiblarining hayotiy hikoyalari kimningdir ko‘ziga yosh keltirgan bo‘lsa, kimdadir quvonch, faxr va g‘urur tuyg‘ularini uyg‘otdi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o’rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva: “Bunday lahzalar har bir kunimiz uchun Yaratganga shukr qilishga, yaqinlarimizni asrab-avaylashga va borimizning qadriga yetishga undaydi. Baxt yonimizda. Muhimi — uni ko‘ra bilish”. Qahramonlarning hayotiy hikoyalari insoniylik, mehr-oqibat va jasorat xalqimizning yuksak qadriyatlari ekanini yana bir bor namoyon etdi. “Inson faxri” — nafaqat munosib insonlarga bildirilgan e’tirof, balki har birimizni hayotning asl qadriyatlari haqida mulohaza yuritishga undovchi mukofotdir. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 2 ч | 412 |
| 5 ч | 559 |
| 8 ч | 573 |
- Через 1 час412
- Через 6 часов559
- Всего сейчас573