#Qonunçilikdagi_yangiliklar ❗️ Fuqarolarning profilaktika inspektoriga aloqa tugmalari orqali xabar yuboriş tartibi belgilandi Hukumat qarori (639-son, 25.11.2026-y.) bilan “Fuqarolarning profilaktika inspektoriga aloqa tugmalari orqali xabar yuboriş tartibi töğrisida”gi nizom tasdiqlandi. 🔰 Nizomga köra, aloqa tugmalari aholiga qulaylik yaratiş maqsadida, profilaktika inspektorlari xizmat xonasida bölmagan vaqtda ularga murojaat va xabar yuboriş uçun profilaktika inspektorlarining mahalladagi xizmat xonalari eşiklarida örnatiladi. ✅ Aloqa tugmalarining işlaş holati hududiy içki işlar organlari tomonidan nazorat qilinadi. 💻 Aloqa tugmasi orqali yuborilgan murojaat va xabar böyiça profilaktika inspektorining xizmatda foydalanişi uçun ajratilgan maxsus planşetiga yoki mobil qurilmasiga ovozli signal beriladi. ⏳ Bunda har bir profilaktika inspektori kelib taşgan murojaat va xabarni 5 daqiqa içida qabul qiliş çoralarini körişi lozim. 📖 Murojaat va xabar uni birinçi qabul qilgan profilaktika inspektori tomonidan örganib çiqiladi. 🖼 Aloqa tugmasi orqali yuborilgan murojaat va xabar profilaktika inspektori tomonidan yoki tegişliligiga köra içki işlar organlarining boşqa sohaviy xizmatlari yoxud boşqa vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda körib çiqiladi hamda natijalari yuzasidan fuqaroga javob xati yuboriladi. Hujjatning rasmiy töliq matni: https://lex.uz/docs/8633955 Kanalga ulaniş👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Открыть в TelegramПосты канала Huquqiy axborot | Lotin
😎😎😎😎😎😎 #Bilasizmi ❗️Yangi Toşkent şahrida quriliş loyihalarini kelişiş tartibi soddalaştirildi Batafsil infografikada👆 Kanalga ulaniş👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Открыть в Telegram😎😎😎😎😎😎 #Bilasizmi #Mehnat_huquqlari Pensiya yoşiga yetgan xodimni işdan böşatiş mumkinmi? Xodimning pensiya yoşiga yetgani uni işdan böşatiş uçun asos böla oladimi? Iş beruvçi yoş xodimni işda olib qoliş maqsadida pensioner xodim bilan tuzilgan mehnat şartnomasini bekor qilişi mumkinmi? Bu haqida advokat Muhammadamin Karimjonov batafsil tuşuntiriş beradi. Kanalga ulaniş👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Открыть в Telegram😎😎😎😎😎😎 #Bilasizmi ❗️Yangi Toşkent şahri öz hokimligiga ega böladi Batafsil infografikada👆 Kanalga ulaniş👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Открыть в Telegram😎😎😎😎😎😎 #Qonunçilikdagi_yangiliklar ❗️ Zamonaviy kinoindustriya rivojlantiriladi 📖 Farmonga köra, Madaniyat vazirligi markaziy apparati tuzilmasida Kino sanʼati departamenti taşkil etiladi. ❇️ Milliy yuksaliş ğoyasiga xizmat qiluvçi, boy tariximiz va zamonaviy yutuqlarimizni dunyo ekranlariga olib çiqişga qaratilgan alohida ahamiyatga ega filmlarga Milliy kinokompaniya taklifi asosida Madaniyat vazirligi tomonidan “Umummilliy kinoloyiha” maqomi beriladi. ⏭️ 2028-yil 1-yanvarga qadar Kinoçiptalarning yagona axborot tizimi hamda “Özbekfilm” milliy onlayn kinoplatformasi (Kinoplatforma) işlab çiqiladi va amaliyotga joriy etiladi. 🖼 2028-yil 1-yanvardan: 🔸 davlat mablağlari hisobidan yaratilgan barça filmlar hamda davlat arxivlaridagi kino merosi obyektlari bepul asosda Kinoplatforma bazasi uçun raqamli formatda majburiy ravişda taqdim etib boriladi; 🔸 xususiy kinostudiyalar va mualliflarning filmlari Kinoplatformaga şartnoma asosida joylaştirib boriladi; 🔸 mamlakatdagi barça kinoteatrlar va boşqa kino namoyiş faoliyati bilan şuğullanuvçi taşkilotlar Kinoçiptalarning yagona axborot tizimiga majburiy tartibda integratsiya qilinib, har bir seans, sotilgan çipta va tuşumlar böyiça real vaqt rejimida avtomatlaştirilgan maʼlumot almaşinuvi yölga qöyiladi. Kanalga ulaniş👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Открыть в Telegram😎😎😎😎😎😎 #Qonunçilikdagi_yangiliklar ❗️ “Özbekfilm” milliy kino brendini yaratiş har tomonlama qöllab-quvvatlanadi “Kinematografiya sohasiga zamonaviy boşqaruv usullarini joriy qiliş va “Özbekfilm” milliy kino brendini yaratişni qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident Farmoni (PF–250-son, 21.11.2026-y.) qabul qilindi. 🔰 Farmonga köra, quyidagilar uşbu Farmonning asosiy maqsadlari etib belgilandi: 🔹 sohaga zamonaviy boşqaruv modelini joriy etiş, takrorlanuvçi vakolatlarni maqbullaştiriş, milliy kinoindustriyani bosqiçma-bosqiç iqtisodiyotning muhim tarmoğiga aylantiriş; 🔹 “Özbekfilm” milliy kino brendini yaratiş va ommalaştiriş, loyihalarni moliyalaştiriş, işlab çiqariş, mualliflik huquqini taʼminlaş va boşqalar. 📸 Madaniyat vazirligi muassisligida “Özbekfilm” milliy kinokompaniyasi (Milliy kinokompaniya) taşkil etiladi. 🏛 Madaniyat vazirligining “Qoraqalpoqfilm” davlat muassasasi negizida Milliy kinokompaniya va Qoraqalpoğiston Respublikasi Madaniyat vazirligi muassisligida “Qoraqalpoqfilm” masʼuliyati çeklangan jamiyati taşkil etiladi. 🏢 Fanlar akademiyasi Sanʼatşunoslik instituti va bir guruh kinoijodkorlarning Kinoşunoslar klubi taşkil etiladi. ✅ Özbekiston kino arboblari ijodiy uyuşmasi hamda Özbekiston kino sanoati vakillari uyuşmasi oliy organlarining mazkur uyuşmalarni qöşib yuboriş yöli bilan Özbekiston kino sohasi vakillari palatasi taşkil etiladi. 💻 Toşkent şahrida bolalar kinoijodkorligi maktabi va platformasi taşkil etiladi. Kanalga ulaniş👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Открыть в Telegram😎😎😎😎😎😎 #Bilasizmi 🎤 Konsert-tomoşa tadbirlarida fonogrammadan foydalanilganda tadbir reklamasida fonogrammadan foydalaniş darajasi töğrisidagi axborot keltirilişi kerak. 📑 Taşqi reklama orqali joylaştiriladigan fonogrammadan foydalaniş darajasi töğrisidagi axborot umumiy reklama maydonining kamida 10 foizini taşkil etişi kerak. 🎙 Konsert-tomoşa tadbiri taşkilotçilari bevosita tomoşa boşlanişidan oldin fonogrammadan foydalaniliş darajasi töğrisidagi axborotni öz içiga olgan audioxabar tarqatilişini taʼminlaydi. Kanalga ulaniş👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Открыть в Telegram#Bilasizmi ⚠️ Qonunçilikka köra, telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali uzatiladigan telefon sözlaşuvlari, şuningdek elektron va boşqa xabarlar sir saqlanişi şart. ✔️ Telefon sözlaşuvlari va xabarlar töğrisidagi axborot faqat abonentlarning özlariga, bunday xabarlarni jönatuvçilarga va ularni oluvçilarga (ularning qonuniy vakillariga) berilişi mumkin. Kanalga ulaniş👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Открыть в Telegram😎😎😎😎😎😎 #Qonunçilikdagi_yangiliklar ❗️ Pul belgilaridagi barça yozuvlar davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosida yoziladi 🔰 Yöriqnomaga köra, banknotlarda ularning seriyasi va raqami, nominal qiymatining yozuv bilan ifodasi, barça turdagi tölovlar uçun qabul qilinişi majburiyligi hamda qalbakilaştirganlik uçun javobgarlik töğrisidagi yozuvlar bölişi lozim. ⏺️ Pul belgilarining dizaynida Özbekiston tarixi, milliy madaniyati, qadriyatlari, buyuk allomalar va mamlakatimiz yutuqlarini aks ettiruvçi tasvirlardan foydalaniladi. 🔘 Pul belgilaridagi barça yozuvlar davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosida yoziladi. 🖼 Bundan taşqari, pul belgilari inson salomatligi uçun xavfsiz xomaşyolardan tayyorlanişi va zamonaviy himoya elementlariga ega bölişi kerak. 📖 Aholi va tadbirkorlarning naqd pul oliş huquqi kafolatlanadi. 🔍 Banklar fuqarolar va tadbirkorlarning hisobvaraqlarida mavjud mablağlari doirasida naqd pul olişga bölgan talablarini birinçi talab böyiça uzluksiz qondirişi şart. ✅ Şuningdek, banklar muomaladagi naqd pullarni nominal qiymati böyiça moneliksiz qabul qiladi. 💸 Bankomatlar naqd pul bilan taʼminlab boriladi. 📄 Banklar mijozlarning naqd pulga bölgan ehtiyojini va bankomatlardagi naqd pul aylanmasini muntazam tahlil qiladi. 💻 Naqd pul yetişmasligi kutilganda banklar qöşimça mablağlarni jalb etiş çoralarini köradi. ⏮️ Pul belgilarini bepul ayirboşlaş mumkin. ◾️ Markaziy bank va tijorat banklari talabga köra bir nominaldagi pul belgilarini boşqa nominaldagi pul belgilariga heç qanday tölov yoki vositaçilik haqisiz ayirboşlaydi. ⏰ Yangi banknot va tangalar muomalaga çiqarilişidan kamida 1 hafta oldin bu haqda aholiga xabar beriladi. Kanalga ulaniş👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Открыть в Telegram😎😎😎😎😎😎 #Qonunçilikdagi_yangiliklar ❗️ Özbekistonda banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir işlarni taşkil etiş tartibi belgilandi Adliya vazirligi Özbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir işlarni taşkil etiş töğrisidagi yöriqnomani (röyxat raqami 3977, 2026-yil 17-noyabr) davlat röyxatidan ötkazdi. 💻 Yöriqnoma bilan banklarni naqd pul bilan taʼminlaş, aholiga va tadbirkorlarga naqd pul beriş, banknot va tangalarni muomalaga çiqariş hamda banklar örtasida naqd pullarni taqsimlaş tartibi belgilandi. Unga köra: 💸 Banklar örtasida naqd pul taqsimoti elektron taşkil etiladi. 📃 “Naqd pullarning elektron maydoni” dasturiy majmuasi orqali ortiqça naqd pulga ega banklar boşqa banklarga mablağ taklif qiladi, naqd pulga ehtiyoji mavjud banklar esa elektron talabnoma yuboradi. 🖨 Naqd pullar banklar örtasida inkassatsiya xizmati orqali yetkazib beriladi. ✅ Naqd pulga bölgan ehtiyoj oldindan rejalaştiriladi. ⏭️ Banklar har oyda naqd pul kirimi va çiqimi böyiça prognoz tayyorlab, uni oy boşlanişidan kamida 3 bank iş kuni oldin elektron şaklda taqdim etadi. 🔘 Banknot va tangalarga qöyiladigan talablar belgilandi. 📄 Muomalaga çiqariladigan pul belgilarida quyidagilar bölişi şart: 🔹 pulning raqamlar bilan ifodalangan nominal qiymati; 🔹 pul belgilarini bir-biridan oson farqlaş imkonini beruvçi ölçam va ranglar; 🔹 Markaziy bankning nomi; 🔹 pul belgisi dizayni va namunasi tasdiqlangan yil; 🔹 Özbekiston Respublikasi Davlat gerbi yoki Davlat bayroği tasviri; 🔹 qalbakilaştirişdan himoyalovçi elementlar. Kanalga ulaniş👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Открыть в Telegram😎😎😎😎😎😎 #Bilasizmi 🔖 Qonunçilikka köra, tez va yuqori surʼatlarda ösayotgan tadbirkorlarni "çempion" tadbirkorlarga aylantiriş dasturi amalga oşiriladi. 📝 Unga köra, "çempion" tadbirkorlarga aylantiriladigan taşkilotlar röyxatiga quyidagi mezonlarga javob beradigan tadbirkorlar kiritiladi: 🔹 tuman (şahar) darajasida — har bir tuman (şahar)da kamida 2 tadan yillik aylanmasi 10 milliard sömdan yuqori va 50 tadan ortiq iş örni yaratgan; 🔹 Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida — har bir hududda kamida 5 tadan yillik aylanmasi 100 milliard sömdan yuqori va 500 tadan ortiq iş örni yaratgan; 🔹 respublika darajasida — yillik aylanmasi 1 trillion sömdan yuqori va 5 mingdan ortiq iş örnini yaratgan. Kanalga ulaniş👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Открыть в Telegram😎😎😎😎😎😎 #Diqqat_tanlov ❗️ "Umummilliy Konstitutsiya imtihoni" ötkaziladi 📝 Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 34 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan "Umummilliy Konstitutsiya imtihoni" ötkaziladi. 📌 Tanlov şartlari bilan batafsil bu yerda tanişing. ❗️Tanlovda iştirok etiş uçun talabgorlar https://8-dekabr.adliya.uz platformasida röyxatdan ötişi lozim (18-noyabrdan 22-noyabr 23:59 ga qadar). 🎁 Ğoliblar diplom va esdalik sovğalari bilan taqdirlanadi. Imtihonda qatnaşib bilimingizni sinovdan ötkazing va ğolib böling! Kanalga ulaniş👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Открыть в Telegram😎😎😎😎😎😎 #Qonunçilikdagi_yangiliklar ❗️ Ayrim taʼlim muassasalari xodimlariga mehnat staji uçun ustamalar belgilandi 🔰 Adliya vazirligi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi taʼlim muassasalarining ayrim lavozimlari uçun mehnatga haq tölaş şartlarini röyxatdan ötkazdi (röyxat raqami 3975, 2026-yil 16-noyabr). 📌 Mazkur idoraviy hujjat bilan quyidagilarning boş hisobçilari (yetakçi hisobçi va hisobçilari) hamda kadrlar böyiça inspektorlari uçun tarif razryadlari va köp yillik iş staji uçun tölanadigan oylik ustamalar belgilanmoqda: 🔸 Reabilitatsiya markaziga ega bölgan köp tarmoqli davlat ixtisoslaştirilgan maktabgaça taʼlim taşkilotlari; 🔸 Köp tarmoqli ixtisoslaştirilgan va qöşma turdagi maktabgaça taʼlim taşkilotlari; 🔸 Eksperimental maktabgaça taʼlim taşkilotlari; 🔸 Ixtisoslaştirilgan maktablar; 🔸 Köp funksional inklyuziv-resurs maktablar; 🔸 Köp tarmoqli maktab va maktab-internatlar; 🔸 Ixtisoslaştirilgan maktab-internatlar; 🔸 Maxsus texnikumlar; 🔸 Köp funksional inklyuziv-resurs markazi. 💰 Bunda köp yillik iş staji uçun lavozim maoşiga nisbatan quyidagi miqdorlarda har oylik ustama tölanişi belgilanmoqda: 🔹 1 yildan 3 yilgaça iş staji uçun — 30 foiz; 🔹 3 yildan 5 yilgaça iş staji uçun — 60 foiz; 🔹 5 yildan 10 yilgaça iş staji uçun — 80 foiz; 🔹 10 yildan 15 yilgaça iş staji uçun — 100 foiz; 🔹 15 yil va undan ortiq iş staji uçun — 120 foiz. Kanalga ulaniş👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Открыть в Telegram😎😎😎😎😎😎 #Qonunçilikdagi_yangiliklar ❗️Banklarni sanatsiya qiliş tartibi belgilandi 🔰 Adliya vazirligi banklarni sanatsiya qiliş tartib-taomillarini amalga oşiriş tartibi töğrisidagi idoraviy hujjatni davlat röyxatidan ötkazdi (röyxat raqami 3976, 2026-yil 16-noyabr). 📌 Mazkur hujjat “Banklarni sanatsiya qiliş va tugatiş töğrisida”gi Qonun ijrosini taʼminlaş maqsadida qabul qilindi. 🎯 Uşbu hujjat omonatçilarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, bank xizmatlarining uzluksizligini taʼminlaş hamda banklar faoliyatidagi moliyaviy muammolarni tartibli hal etişga qaratilgan. 🔎Banklarni sanatsiya qiliş nima? Bu moliyaviy muammoga duç kelgan bankning muhim xizmatlarini saqlab qoliş va moliyaviy barqarorlikni taʼminlaş uçun amalga oşiriladigan maxsus çora-tadbirlardir. 📋 Hujjatga köra, banklarni sanatsiya qilişda quyidagi 3 ta asosiy vosita qöllaniladi: 🔹 Aktivlar va majburiyatlarni ötkaziş (sotiş) — bankning aktivlari va majburiyatlari, jumladan kreditlari va omonatlarini boşqa bankka ötkaziş; 🔹 Oraliq bankni taşkil etiş — bankning muhim xizmatlarini davom ettiriş uçun 2 yilgaça faoliyat yurituvçi vaqtinçalik bank taşkil qiliş; 🔹 Hisobdan çiqariş va (yoki) konvertatsiya qiliş — bank zararlarini qoplaş uçun uning kapitali va ayrim majburiyatlarini kamaytiriş yoki aksiyalarga aylantiriş. 🛡 Omonatçilar uçun qanday kafolatlar nazarda tutilgan? ✅ Kafolatlangan omonatlar, şu jumladan ularning kafolatlaş çegarasidan oşadigan qismi hisobdan çiqarilmaydi yoki aksiyalarga aylantirilmaydi. ✅ Omonatlar boşqa bankka ötkazilganda, omonatçilar bilan yangi bank hisobvaraği şartnomasini tuziş talab etilmaydi. ✅ Bankning aktivlari va majburiyatlari boşqa bankka yoki oraliq bankka ötkazilganda, bank xizmatlarining uzluksizligini taʼminlaş çoralari köriladi. ✅ Bankning zararlari birinçi navbatda aksiyadorlar hisobidan qoplanadi 👤Şuningdek, sanatsiya jarayonida bankni boşqariş uçun maxsus boşqaruvçi tayinlanişi mumkin. Uning faoliyati Markaziy bank tomonidan nazorat qilinadi. 📢 Bankni sanatsiya qiliş töğrisidagi qaror Markaziy bank va sanatsiya qilinayotgan bankning rasmiy veb-saytlari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi. Kanalga ulaniş👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Открыть в Telegram😎😎😎😎😎😎 #Bayroq_test Davlat bayroği haqida 10 ta test 18 noyabr – Özbekiston Respublikasi davlat bayroği qabul qilingan kun munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan ötkazilayotgan test sinovida faol iştirok eting. 🖥 10 ta test savoliga javob toping! Uni işlaş uçun bir neça daqiqa kifoya. Öz bilimingizni sinovdan ötkazing. ➡️ Test savollarini işlaş uçun: havola Kanalga ulaniş👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Открыть в Telegram#Kun_tarixi 🇺🇿 Davlat bayroği Özbekiston davlat suverenitetining ramzidir. 18 noyabr – “Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği töğrisida”gi Qonun qabul qilingan kun. Adliya vazirligi barçangizni uşbu kun bilan çin dildan tabriklaydi. Kanalga ulaniş👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Открыть в Telegram😎😎😎😎😎😎 #Qonunçilikdagi_yangiliklar ❗️ Tuman (şahar) Kengaşlari hujjatlari loyihalari huquqiy ekspertizadan ötkaziladi 🔰 Farmonga köra, 2026-yil 1-dekabrdan boşlab xalq deputatlari tuman (şahar) Kengaşlari tomonidan qabul qilinadigan hujjatlar loyihalari yuridik xizmat körsatiş markazlari tomonidan huquqiy ekspertizadan ötkaziladi. 👥 2027-yil 1-yanvardan boşlab Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, viloyatlar va Toşkent şahri mahalliy Kengaşlari sessiyasida fuqarolarning kuzatuvçi sifatida sessiya işiga aralaşiş huquqisiz iştirok etiş amaliyotini joriy etiladi. ✅ Şuningdek, Farmon bilan: 🔸 mahalliy Kengaş deputatining tegişli viloyat, tuman va şahar hududida joylaşgan korxonalar, muassasalar hamda taşkilotlarga moneliksiz kiriş huquqi uning darajasidan (viloyat, tuman, şahar) kelib çiqib amal qilişi belgilandi; 🔸 mahalliy Kengaşlarga ularning qarorlarida belgilangan vazifalarni öz vaqtida bajarmagan yoki belgilangan tartibda hisobot taqdim etmagan mansabdor şaxslarni egallab turgan lavozimiga noloyiqligi yoxud ularni intizomiy javobgarlikka tortiş böyiça yuqori turuvçi organga körib çiqilişi majburiy bölgan taqdimnoma kiritiş vakolati berildi. Kanalga ulaniş👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Открыть в Telegram