Hayvonga passport olish nech pul? 🐮📄 🗓 Bu tartib qachondan boshlab majburiy? Hukumat qaroriga koʻra, bu talab 2017-yildan buyon amalda. Yangi qonun boʻyicha esa 2028-yil 1-yanvardan boshlab pasportsiz va birkasiz hayvonlarni saqlash hamda koʻpaytirish butunlay taqiqlanadi! 💰 Xizmat necha pul turadi? 🐄 Qoramol, ot, eshak: boshiga — 8 800 soʻm 🐑 Qoʻy, echki: boshiga — 6 600 soʻm 🐕 It va mushuk: donasiga — 4 400 soʻm (Pasport yoʻqolsa, dublikati bepul beriladi). ⏰ Qachon olish kerak? Buzoq, qoʻzi va uloqchalarga — 1 oylik boʻlguncha; Kuchuk va mushukchalarga — 3 oyligidan; Yangi mol sotib olsangiz — 7 kun ichida. ⚠️ Pasport olmasachi? Tekshiruv boʻlsa yoki shikoyat tushsa, 440 ming soʻmdan 2,2 mln soʻmgacha jarima toʻlaysiz. Katta jarima toʻlab yurgandan koʻra, arzon vaqtida roʻyxatdan oʻtkazib qoʻying! 👍 📲 Chorvador va uy hayvoni boqadigan tanishlarga joʻnatib qoʻying. @HuquqBro
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 2 ч | 8 390 |
| 9 ч | 14 900 |
- Всего сейчас14 900











