💰 Xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalari ğoliblari hamda ularning ustozlariga 17 mlrd söm pul mukofoti berildi Bugun, 21-noyabr kuni 2025/2026-öquv yili davomida xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida yuqori natijalarga erişgan öquvçilar hamda ularning ustozlarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi. 2026-yilda Özbekiston öquvçilari 29 ta xalqaro olimpiadada iştirok etib, jami 257 ta medalni qölga kiritdi. Şundan 🥇44 tasi oltin, 🥈93 tasi kumuş va 🥉120 tasi bronza medallaridir. Yillar kesimida qölga kiritilgan medallar soni: 🔹 2019-yil — 29 ta; 🔹 2020-yil — 26 ta; 🔹 2021-yil — 41 ta; 🔹 2022-yil — 45 ta; 🔹 2023-yil — 91 ta; 🔹 2024-yil — 128 ta; 🔹 2025-yil — 210 ta; 🔹 2026-yil — 257 ta. 🆕 2026-yilda hududlar kesimida fan olimpiadalaridagi eng köp medallar: 📌 Toşkent şahri — 102 ta; 📌 Navoiy — 23 ta; 📌 Buxoro — 23 ta; 📌 Xorazm — 16 ta; 📌 Namangan — 15 ta. ℹ️ Ma’lumot uçun, nufuzli xalqaro olimpiadalar ğoliblari quyidagi tartibda mukofotlanadi: 🥇1-örin — 1,1 mlrd söm (BHMning 2,5 ming baravari); 🥈2-örin — 660 mln söm (BHMning 1,5 ming baravari); 🥉3-örin — 440 mln söm (BHMning 1 ming baravari). 🗓️ 2025-yilda xalqaro fan olimpiadalari ğoliblariga 13 mlrd sömlik pul mukofotlari berilgan edi. 👉 @xushnudbek 👈
Открыть в TelegramПосты канала Huquq Attestatsiya
Özbekistonda talabalar endi Gemini’dan 1 yil bepul foydalanişi mumkin Ta’lim va ilm-fan vazirligi ma’lumotiga köra, buning uçun quyidagilarni bajariş kerak: ➖ HEMIS mobil ilovasidan talabalik guvohnomasi va öqiş joyidan ma’lumotnomani yuklab oliş; ➖ Gemini ilovasida talabalar uçun maxsus taklifni tanlaş; ➖ kerakli ma’lumotlarni kiritib, hujjatlarni yuboriş; ➖ ariza tasdiqlangaç, obunani faollaştiriş. Şundan söng Gemini AI’ning pullik imkoniyatlaridan 1 yil davomida bepul foydalaniş mumkin böladi. 👉 @xushnudbek 👈
Открыть в TelegramTalabgorlar diqqatiga! 2026-yilning 2-yarmi uchun umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish grafigida bugundan ona tili va adabiyot, tarix hamda geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlanishi belgilangan. Hozirda Bilimni baholash agentligi tomonidan ushbu fanlardan oktabr oyida o‘tkazilgan imtihon natijalarini hisoblash va tahlil qilish ishlari davom etmoqda. Navbatdagi imtihonlar uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish oldingi imtihon natijalari e’lon qilingandan so‘ng boshlanadi. Imtihon natijalari qachon e’lon qilinishi va navbatdagi imtihon uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha kun davomida qo‘shimcha ma’lumot beriladi. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Открыть в TelegramHUQUQSHUNOSLIK FANIDAN MILLIY TEST TIZIMI UCHUN TEST VARIANTI TAFSILOTI. 40 ta qonunchilik hujjatlari @huquq_attestatsiya
Открыть в TelegramBMBA tomonidan huquqshunoslik bo'yicha namunaviy milliy sertifikat testi https://api-portal.gov.uz/uploads/165/2026/11/17/c220c414-535c-f61e-f618-5704d3cbc1e3_media_.pdf @huquq_attestatsiya
Открыть в Telegrammonidan sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar foto- va videoqayd etishning maxsus avtomatlashtirilgan texnik vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, haydovchilarning maʼmuriy huquqbuzarligi oxirgi zarurat holatlarda sodir etilgan deb topiladi va maʼmuriy ish ushbu Kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatiladi.
Открыть в Telegram171-modda. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun shaxslarning maʼmuriy javobgarligi Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali ushbu Kodeks 125-moddasining birinchi (xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmaslikka oid qismida), beshinchi va oltinchi qismlarida, 128 (bundan ushbu moddaning yoʻlning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilangan talablarga rioya etmaslikka, tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzishga, yoʻlovchilarga yoki piyodalarga loyqa sachratishga oid qismlari mustasno), 1281, 1283, 1284, 1285, 1286, 1287, 1289, 12810, 129 va 130-moddalarida, 135-moddasining ikkinchi (transport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlmagan shaxslarga taalluqli qismida) va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar qayd etiladi. Maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali yoʻl harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan taqdirda, maʼmuriy javobgarlikka transport vositasining mulkdori yoki mazkur transport vositasidan fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida belgilangan tartibda foydalangan shaxs tortiladi. Yuridik shaxsga qonunchilikka muvofiq tegishli transport vositasidan foydalanib sodir etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, maʼmuriy javobgarlikka yuridik shaxsning transport vositasidan foydalanish uchun masʼul boʻlgan shaxsi yoki mazkur transport vositasidan fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida belgilangan tartibda foydalangan shaxs tortiladi. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yoʻl harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan taqdirda, huquqbuzarlikning takroriyligi hisobga olinmaydi, ushbu Kodeks 321-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno. Agar maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qaror ustidan berilgan shikoyatni koʻrib chiqish jarayonida tegishli transport vositasiga huquqbuzarlik qayd etilgan paytda egalik qilgan shaxs aniqlansa yoxud mazkur transport vositasi boshqa shaxslarning gʻayrihuquqiy xatti-harakatlari natijasida transport vositasi mulkdorining egaligidan chiqib ketganligi aniqlansa, transport vositasining mulkdori oʻziga tegishli transport vositasidan foydalanib sodir etilgan, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidabuzarliklari uchun maʼmuriy javobgarlikdan ozod etiladi. Tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari, shuningdek ular kuzatib kelayotgan transport vositalari tomonidan yoʻl harakati qoidalariga muvofiq imtiyozdan foydalanilgan holda sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda hamda ular kechiktirib boʻlmaydigan xizmat vazifalarini bajarganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda haydovchilarning maʼmuriy qoidabuzarligi oxirgi zarurat holatida sodir etilgan deb topiladi va maʼmuriy ish ushbu Kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatiladi. Bunda tez tibbiy yordam va yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarining transport vositalari tomonidan kechiktirib boʻlmaydigan xizmat vazifalarini bajarganlikni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi talab qilinmaydi. Yoʻl harakati qoidalari buzilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot jarima solish haqida qaror chiqarishga vakolatli boʻlgan shaxsga yoʻl harakati qoidalari buzilganligi maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan paytdan eʼtiboran qirq sakkiz soat ichida yuborilmagan taqdirda, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish ushbu Kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatiladi. Tezkor va maxsus xizmatlarning koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yaltiroq mayoqchani yoqqan holda hamda maxsus tovushli signallar bilan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga ularning toʻsiqsiz oʻtib ketishi uchun yoʻl bergan transport vositalari haydovchilari to
Открыть в Telegram17-modda. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning maʼmuriy javobgarligi Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar umumiy asoslarda maʼmuriy javobgarlikka tortilishlari lozim. Immunitetga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan ushbu Kodeksning Oʻzbekiston Respublikasi qatnashchi boʻlgan xalqaro shartnomalar va bitimlarga zid boʻlmagan qismi qoʻllaniladi.
Открыть в Telegram161-modda. Daxlsizlikka, immunitetga ega boʻlgan shaxslarning maʼmuriy javobgarligi Daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslarni sud tartibida maʼmuriy javobgarlikka tortishga faqat ushbu Kodeksning XXIII3 bobida belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi. Immunitetga ega boʻlgan shaxslarni sud tartibida maʼmuriy javobgarlikka tortish, shu jumladan ularga nisbatan sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazoni qoʻllash mumkin emas.
Открыть в Telegram16-modda. Harbiy xizmatchilar va intizom ustavlari tatbiq etiladigan boshqa shaxslarning maʼmuriy javobgarligi Harbiy xizmatchilar va yigʻinga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, shuningdek ichki ishlar organlarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga mansub shaxslar maʼmuriy huquqbuzarlik uchun intizom ustavlariga muvofiq javobgar boʻladilar. Mazkur shaxslar ijro hujjatini ijro etmaganligi, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonunchilikni, davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonunchilikni, yoʻl harakati, ov qilish, baliq tutish va baliq zaxiralarini saqlash, bojxona qoidalarini buzganligi uchun umumiy asoslarda maʼmuriy javobgar boʻladi. Yuqorida koʻrsatilgan shaxslarga nisbatan maʼmuriy qamoqqa olish choralari qoʻllanilishi mumkin emas. Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilariga jarima solinishi mumkin emas. Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar jumlasiga kirmaydigan, intizom ustavlari yoki intizom toʻgʻrisidagi maxsus qoidalar tatbiq etiladigan boshqa shaxslar, ana shu ustav yoki qoidalarda toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan hollarda, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganliklari uchun intizomiy javobgar boʻladilar, boshqa hollarda esa umumiy asoslarda maʼmuriy javobgar boʻladilar.
Открыть в Telegram15-modda. Mansabdor shaxslarning maʼmuriy javobgarligi Mansabdor shaxslar boshqaruv tartibini, davlat va jamoat tartibini saqlash, tabiiy muhitni, aholi sogʻligʻini muhofaza qilish sohasida belgilangan qoidalarga va bajarilishini taʼminlash oʻz xizmat vazifalariga kiradigan boshqa qoidalarga rioya etmaganlik bilan bogʻliq maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganliklari uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilishlari lozim. Doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat boʻyicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, hokimiyat vakili vazifalarini bajaradigan yoxud davlat organlarida, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida, mulk shaklidan qatʼi nazar, korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda tashkiliy-boshqaruv, maʼmuriy-xoʻjalik vazifalarini amalga oshiradigan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaxs, xuddi shuningdek xalqaro tashkilotda yoxud chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, maʼmuriy yoki sud organida mazkur vazifalarni amalga oshiruvchi shaxs mansabdor shaxs deb eʼtirof etiladi. Davlatning biron-bir hokimiyat organi nomidan ish koʻrib, muayyan vazifalarni doimiy yoki vaqtincha amalga oshiruvchi va oʻz vakolatlari doirasida koʻpchilik yoxud barcha fuqaro yoki mansabdor shaxslar uchun majburiy boʻlgan harakatlarni sodir etish yoki farmoyishlar berish huquqiga ega boʻlgan shaxs hokimiyat vakili deb eʼtirof etiladi.
Открыть в Telegram14-modda. Voyaga yetmaganlarning maʼmuriy huquqbuzarlik uchun javobgarligi Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarga nisbatan Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan choralar qoʻllaniladi. Ana shu shaxslar mazkur Kodeksning 61, 1161, 1162, 1163, 125, 1251, 126, 127, 128, 1281, 1282, 1283, 1284, 1285, 1286, 129, 130, 131, 132, 133, 134, 135, 1351, 136, 138, 183, 185, 1851, 1852, 1853, 194, 1941, 1961, 2061, 2091, 218, 220, 221-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etgan taqdirda, ular umumiy asoslarda maʼmuriy javobgarlikka tortiladi. Sodir etilgan huquqbuzarlikning xususiyatini va huquqbuzarning shaxsini hisobga olgan holda mazkur shaxslarga nisbatan (bundan ushbu Kodeksning 194, 1941 va 1961-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslar mustasno) ishlar bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyalari ixtiyoriga berilishi mumkin, ushbu Kodeksning 61, 2061-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarning ishlari esa shu komissiyalarga berilishi lozim.
Открыть в Telegram13-modda. Maʼmuriy javobgarlikka tortilish yoshi Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan paytda oʻn olti yoshga toʻlgan shaxslar, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
Открыть в Telegram11-modda. Maʼmuriy huquqbuzarlikni qasddan sodir etish Basharti maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs oʻz harakati yoki harakatsizligi gʻayrihuquqiy ekanligini bilgan boʻlsa, uning zararli oqibatlariga koʻzi yetgan, yuz berishini istagan boʻlsa yoki bu oqibatlarning kelib chiqishiga ongli ravishda yoʻl qoʻygan boʻlsa, bunday maʼmuriy huquqbuzarlik qasddan sodir etilgan deb hisoblanadi. 12-modda. Maʼmuriy huquqbuzarlikni ehtiyotsizlik orqasida sodir etish Basharti maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs oʻz harakati yoki harakatsizligi zararli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini oldindan koʻra bilgan boʻlsa ham, lekin kaltabinlik bilan ularning oldini olish mumkin deb oʻylagan boʻlsa, yoxud bunday oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligini oldindan koʻrishi lozim va mumkin boʻlgani holda oldindan koʻra bilmagan boʻlsa, bunday maʼmuriy huquqbuzarlik ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan deb hisoblanadi.
Открыть в Telegram