Посты канала Humoyun Sabirov
Podcast loyiham eng ko'p o'zimga manfaatli bo'layapti, u insonni o'rganish, tayyorgarlik jarayonida ko'p ilm olayapman. Bugun ham ajoyib bir inson bilan podcast o'tkazamiz. Olim,tadbirkor inson, Ironman va juda kuchli shaxsiyat egasi. Kimligi bo'yicha fikrlar bormi?
Открыть в TelegramMan uchun Toshkentning oʻrni boshqacha. Barcha tanishlar, doʻstlarimni uchratishim va asosiy karyeram Toshkentda boshlangan. Shuning uchun oʻzimni shu yerga tegishli his qilaman. Albatta andijonlik ekanimni unutmagan holda) Toshkentga qaytishim bilan oʻzim sogʻingan aktiv temp va ishga shoʻngʻib ketdim. Kelganimdan beri nimalar qilishga ulgurdim? — Toʻliq fokusni ishga qaratdim, barcha jarayonlar yana oʻz iziga tushdi. — Ish koʻpligiga qaramay, doʻstimiz Anvarning toʻyini ham chiroyli qilib oʻtkazib oldik. — Kecha shu paytgacha boʻlgan eng katta efirimizni oʻtkazdik — 350+ kishi bir vaqtning oʻzida efirda qatnashishdi. Haqiqiy energiyaga boy dars boʻldi. — Har kungi sport rejimimni yana yoʻlga qoʻydim. Manga aynan shu ritm — loyihalar, ish koʻpligi va shiddatli hayot tarzi yoqadi. Oldinda rejalar koʻp. Hozir jamoa bilan 2 oylik qattiq sprintga kirganmiz. Masʼuliyat katta, lekin jarayon yanada qiziqarli boʻladi. Jarayonni sizlarga ham boʻlishib boraman⚡️
Открыть в TelegramBu yil dunyoning eng rivojlangan davlatlarida boʻldim. AQShga 2 safar qildim, Avstraliya, Angliya va Yevropa boʻylab sayohat qildim. Bu davr mobaynida, dunyoqarashim oʻzgardi, katta tajriba oshirdim. Lekin har safar samolyotda Oʻzbekistonga qaytayotganimda uyga qaytish boshqacha quvonch beradi. Chunki insonni cheksiz sayohatlar, komfort yoki qaysidir plyajda shunchaki dam olib oʻtirish baxtli qilmas ekan. Insonni qayergadir, kimgadir kerakli boʻlish hissi baxtli qiladi. Ish, stress va masʼuliyat qanchalik ko'p boʻlmasin — oʻz uyingda, oilang va farzandlaring davrasida boʻlish, oʻz jamoang bilan shu yerda harakat qilib, natija koʻrsatish insonga haqiqiy energiya beradi. Baʼzan eng katta komfort — komfort zonadan chiqib, oʻzing kerakli boʻlgan joyda qiymat yaratishdir.
Открыть в TelegramAmerikadagi safarim davomida bir narsaga yana amin boʻlyapman. Bilasizmi, bu yerdagi raqobat va biznes muhiti, Oʻzbekiston bozoridan butunlay boshqacha. Bizda koʻpchilik "bozor toʻlib ketdi, raqobat juda kuchli" deb oʻylaydi va toʻxtab qoladi. Lekin ishoning, unday emas! Bu yerdagi biznes tizimini koʻrib tushundimki — bizning bozor hali deyarli boʻsh. Hali umuman qoʻl urilmagan yoʻnalishlar, ochiq yotgan nishalar, toʻgʻri tizim va strategiya bilan millionlab dollarlik kompaniyaga aylantirsa boʻladigan imkoniyatlar talaygina. Muommo shundaki, koʻpchilikda amalga oshirish uchun energiya, gʻoya bor lekin uni tizimli ravishda bozorga qanday taqdim qilishni bilishmaydi. Aynan mana shu muammoga yechim sifatida sizlarga ajoyib bir yangilik bilan keldim. Shu yerdamisiz - "🔥"
Открыть в Telegram15-16 yoshimda dunyoni nufuzli universitetlarida o'qiyman degan maqsad bo'lgan. Lekin u uchun Ielts va SAT dan yuqori ball kerak bo'lgan, to'g'risini etaman manda o'rganish juda qiyin kechardi va o'zimda konpetensiya yo'q deb hisoblab tayyorgarlik ham ko'rmaganman. To'g'ri universitetda o'qidim lekin akademik yo'ldan ketmadim, lekin yo'limni topdim. Baribir Harvard, MIT, Standford kabi univerlarda o'qish qanaqadir manoda judayam qiziq tuyilgan Bu universitetlar prezidentlar, olimlar, buyuk tadbirkorlarni chiqargan. Kecha bizda Harvard universitetida darsimiz bo'ldi, 1 kunga bo'lsa ham bu yerda talaba bo'lishlik hissini oldim.
Открыть в TelegramKecha kun soat 6:00 dan boshlangandi. Ertalab 1 soat New York bo'ylab yugurdim, odam juda kam, lekin shu orqali shaharni asl go'zalligini ko'rdim. 9:00 da Biznes Diplomat delegantlari bilan qulagan egizak binolarni o'rniga qurilgan, One world trade cetnerda Trillion$ lik budgetni boshqaradigon sug'urta kompaniyasi ofisida bo'ldik. 13:00 Ozodlik haykali, odamlar New Yorkni ramzi deb biladigon haykalga bordik, bu joyni PR juda kuchli aslida esa bitta arzimagaan haykalcha) 16:00 Massonlarni Amerikadagi bosh qarorgohiga bordik, tasavvur qivossilarmi ular qanaqa xonalarda o'tirib majlis qilishadi, qattan moliyalashtiriladi, ularni maqsadi nima? Shular bo'yicha suxbat bo'ldi 18:00 Amerikalil tadbirkorlar bilan Rooftop bo'ldi, ular bilan tanishdik, networking bo'ldi. O'zimni sohamdagi inson ham bor ekan, Gary Vee bilan ishlagan media tadbirkor bilan fikr almashdik. Bugun podcast studiosiga boraman. 21:30 da Mehmonxonaga keldim, 15 minutda uxlab qoldim. 1 kunda o'zimni shaharimda yurgandek his qildim, chunki faqat turistlar yuradigon joylar emas, hattoki Amerikalillar ham shundayligicha kira olmidigon joylarda bo'lganimizgadir balki. Ha aytgancha El klassikoni birinchi marta yo'lda yurib tomosha qildim, bollar ishonchni oqladi)
Открыть в Telegram