❓ Bir yillik maktabga tayyorlov kurslari qanday taşkil etiladi? Ta’lim va ilm-fan vazirligi bir yillik maktabga tayyorlov kurslari yuzasidan berilgan savollarga javob berdi. Unga köra: ➖ tayyorlov guruhlari boğçalarda va maktablarning böş sinfxonalarida taşkil etiladi. Olis hududlarda boğça va maktab bölmasa, “Kelajak” markazi, texnikum yoki boşqa ijtimoiy soha obyektlarida ham qat’iy talablar asosida guruhlar oçilişi mumkin; ➖ boğçaga qatnayotgan bola tayyorlov maşğulotlarini öşa boğçada ötaydi; ➖ maşğulotlarni oliy ma’lumotli pedagog-tarbiyaçi yoki oliygohning maktabgaça ta’lim yönalişida bitiruvçi kursda öqiyotgan talaba olib boradi; ➖ maktab binosida oçilgan tayyorlov guruhi uçun alohida pedagog işga olinadi. Maktabda işlab turgan öqituvçilar öz darslarini qoldirib, tayyorlov guruhlariga yuborilmaydi. Koeffitsiyenti yuqori maktablarda tayyorlov guruhlari taşkil etilmaydi; ➖ davlat maktablari va boğçalarida tayyorlov maşğulotlari bepul böladi. Xususiy ta’lim taşkilotini tanlaş ota-onalarning ixtiyorida; ➖ barça tayyorlov guruhlarida bir xil dastur asosida ta’lim beriladi. Bolalarga öyin metodikasi orqali dastlabki tuşunçalar singdiriladi, öqiş va yoziş könikmalari şakllantiriladi. ℹ️ Hozirda 6 yoşli bolalarning 98 foizi maktabga tayyorlov bilan qamrab olingan, 7 yil oldin bu körsatkiç 37 foiz edi. Vazirlik endilikda asosiy e’tibor ta’lim sifati va pedagoglar malakasiga qaratilişini ma’lum qildi. Qamrovni 100 foizga yetkaziş uçun taxminan 800 ta guruh va 20 mingga yaqin qöşimça örin yaratişga ehtiyoj yuzaga keladi. Bu xarajatlar 2027-yilgi byudjetda nazarda tutiladi. Ta’lim dasturlari bosqiçma-bosqiç xalqaro talablarga moslaştirib boriladi. Dastur xalqaro akkreditatsiyadan (ISCED-1 darajasi) ötganidan söng Foundation öqişga zarurat qolmaydi. ✍ @hujjatuz
Открыть в TelegramПосты канала Oʻqituvchiga yordam
Мактабларда давомат 50 фоизга ҳам етмаяпти — Турдимов Таълим ва илм-фан вазири Эркинжон Турдимовнинг маълум қилишича, ҳозирда мактабларда ўқувчилар давомати кўрсаткичи 50 фоизни ҳам ташкил этмаяпти. У айрим ўқувчилар пул топиш учун ишлаётгани, бошқалари эса репетитор ва ўқув марказларига қатнаётгани сабабли мактабга келмаётганини билдирди. Вазирнинг айтишича, Тошкентда синфлардаги давомат ва дарс жараёнини рақамли кузатиш тизими синовдан ўтказилмоқда. Ушбу тизимни келгусида республика бўйлаб жорий этиш режалаштирилган. Турдимов мактаблардаги таълим сифатини ҳам яхшилаш зарурлигини таъкидлади. Шунингдек, дарсликлардаги хатолар масаласи кўриб чиқилаётганини маълум қилди. ✍ @hujjatuz
Открыть в Telegram💰 To'garak rahbari bo'lish — faqat band bo'lish uchunmi? Ko'pchilik boshqacha o'ylaydi: "To'garak rahbarligi shunchaki qo'shimcha ish, oyligi kam." Endilikda unday emas. Yangidan tashkil etilgan Kelajak markazlari to'garaklarni yangi darajaga olib chiqishda har tomonlama ko'makchi! Raqamlarni ko'ring 👇 📊 Oylik ish haqi koeffitsientlari: — Oliy toifali: 2,724 — 1-toifali: 2,506 — 2-toifali: 2,297 — Toifasiz (oliy ma'lumot): 2,097 — Toifasiz (o'rta maxsus): 1,907 Bu koeffitsientlar bazaviy hisoblash miqdori (BHM) ga ko'paytiriladi. 🧮 Misol: BHM = 1 271 000 so'm (taxminiy) 1 guruh = haftada 4 soat = 0,25 stavka — Oliy toifali, 2 guruh (0,5 stavka): 1 271 000 × 2,724 × 0,5 = ~1 731 000 so'm — Oliy toifali, 4 guruh (1 stavka): 1 271 000 × 2,724 × 1,0 = ~3 462 000 so'm — Oliy toifali, 8 guruh (2 stavka — maksimal): 1 271 000 × 2,724 × 2,0 = ~6 924 000 so'm — Toifasiz (oliy), 4 guruh (1 stavka): 1 271 000 × 2,097 × 1,0 = ~2 665 000 so'm ⚙️ Esda tuting: — Haftalik maksimal yuklama: 32 soat (2 stavka) — Har guruhda kamida 10 nafar o'quvchi bo'lishi shart — Guruh to'lmasa ham, o'sha oy uchun to'liq haq to'lanar ekan 🏆 Mukofot pullari — eng qiziq qismi: O'quvchingiz xalqaro tanlovda g'olib bo'lsa: 🥇 1-o'rin — BHMning 20 baravari = ~25 420 000 so'm 🥈 2-o'rin — 15 baravari = ~19 065 000 so'm 🥉 3-o'rin — 12 baravari = ~15 252 000 so'm Respublika tanlovida: 🥇 1-o'rin — 10 baravari = ~12 710 000 so'm 🥈 2-o'rin — 7 baravari = ~8 897 000 so'm 🥉 3-o'rin — 5 baravari = ~6 355 000 so'm ⚠️ Barcha raqamlar taxminiy — rasmiy BHM o'zgarishi mumkin. 💡 Xulosa: Toifangizni oshiring, guruhlaringizni to'ldiring, o'quvchilaringizni tanlovlarga tayyorlang — maktab maslahatchisi yordamida tizim sizni ko'radi. ✍ @hujjatuz
Открыть в TelegramMaktabgacha va maktab taʼlimi tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha 01.09.2026-yil holatiga bazaviy tarif stavkalar miqdori ✍ @hujjatuz
Открыть в TelegramMAKTAB MASLAHATCHISINING ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI ASOSIY VAZIFALARI “PREZIDENT IQTIDORLI FARZANDLARI” milliy dasturi mazmunini yoritish • PM bilan hamkorlik • Xalqaro TOP-300 universitetlar • O‘quvchilar qobiliyatiga qarab individual ishlash • PM yordamida MOCK imtihonlarini topshirish ✅ Tarmoq to‘garaklari faoliyatini tizimli tashkil etish • Tarmoq to‘garaklariga yo‘naltirish: • Madaniyat • Robototexnika • San’at • Kitobxonlik • Sport • Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 343-sonli qarorini monitoring qilish • Sport seksiyalari va klublar tashkil etish ✅ O‘quvchilarni tarixiy obidalar, qadriyatlar bilan yaqindan tanishtirish • Tarixiy shaharlarga (Samarqand, Buxoro, Xiva) sayohatlar tashkil etish • Multimedia taqdimotlar, videolar va virtual turlar orqali tarixiy joylarni ko‘rsatish • Buyuk allomalar haqida ma’ruzalar • Milliy taomlar, kiyimlar va marosimlar bilan tanishtirish ✅ “O‘QUVCHILAR KENGASHI” faoliyatini yo‘lga qo‘yish • 6–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida to‘garaklarni targ‘ib qilish • Sinf va maktab saylovlarini o‘tkazish • Kengash a’zolarini klublarga jalb etish • O‘quvchilar Kengashi tarkibini saylov yo‘li bilan shakllantirish ✅ Madaniyat, san’at, kitobxonlik, sport va ekologik yo‘nalishlardagi loyihalar • Kelajak kasblari to‘g‘risida ma’lumot • Kasb ko‘rgazmalarida ishtirok etish • Psixolog orqali kasbga qiziqishini aniqlash • 9-sinf o‘quvchilarining 50 foizini texnikumga yo‘naltirish ✅ Ma’lumotlar bazasini tizimli ravishda shakllantirish va yuritish (IJTIMOIY PORTFOLIO) • To‘garaklarga jalb etilganligi • Xalqaro tanlovlarda ishtiroki • Akademik yutuqlari (Fan olimpiada, IELTS/SAT va milliy sertifikat) • O‘quvchilar kengashiga a’zolik ✅ ASOSIY FUNKSIYALARI • So‘rovnomalar o‘tkazadi • Korxonalarga ekskursiyaga olib borish va kasb egalari bilan uchrashuvlar tashkil etish • O‘quvchilarning kasbga qiziqishiga oid ma’lumotlar asosida ota-onasi bilan muhokama qilish • O‘quvchilarni mamlakatimiz va xorijdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishga ko‘maklashadi ✅ “Mening kelajakdagi kasbim” dasturi asosida 7–9-sinf o‘quvchilarini kasb-hunarga yo‘naltiradi • Maktab psixologi bilan birgalikda kasbga qiziqishini aniqlash • Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablardagi maktab maslahatchilari bilan yaqindan hamkorlik qiladi • “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dastur ishtirokchilari uchun sinov (MOCK) imtihonlarini o‘tkazadi ✅ “Turon teatr”, “Iqtidor ansambli”, “Jadidlar izidan”, “Eco-schools Uzbekistan”, “Xorijiy tillar”, “Debat” va “Raqamli avlod qizlari” klublarini tashkil etadi • O‘quvchilarni fan o‘qituvchilariga biriktiradi • “O‘quvchilar kengashi” saylovlarini o‘tkazadi va seminar, treninglar tashkil etadi • “Kelajak” markazining elektron platformasini yuritadi ✅ “O‘quvchilar kengashi” a’zolari, faol o‘quvchilar, to‘garak rahbarlari ishlarini ommalashtiradi hamda tanlov va tadbirlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borilishini ta’minlaydi • O‘quvchilarning qo‘shimcha ta’limga jalb etilganligi to‘g‘risidagi “Ijtimoiy portfolio” modulini yuritadi ✅ Bolalarni ta’lim, media, madaniyat, ekologiya, sport, kitobxonlik yo‘nalishlarida tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi, ular uchun festival, forum, webinar hamda oromgohlarda ishtirokini ta’minlaydi • Inklyuziv to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yadi • Festival, tanlov, musobaqa va tadbirlarni ssenariylar ishlab chiqadi hamda tashkil etadi ✅ To‘garak jarayonlarini tahlil qiladi • “Kelajak” soatini muvofiqlashtiradi • Grant loyihalarda ishtirok etadi • “Kelajak” markazining tuman (shahar) markazlariga takliflar kiritadi ✍ @hujjatuz
Открыть в Telegram⚡️2026-2027 ўқув йили учун таянч ўқув режа тасдиқланди Мактабгача ва мактаб таълими вазирининг 10 апрелдаги 133сон буйруғи. ✍ @hujjatuz
Открыть в Telegram⚡️YANGI O‘QUV YILIDAN DARS TAQSIMOTI QUYIDAGICHA BO‘LADI. Adliya vazirligidan 2025-yil 28-oktyabr kuni 3271-1-raqam bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan qo'shma qarorga ko'ra. Dars soatlari setkasi pedagogik kengashi tomonidan ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqilib, har yili 15-sentabrga qadar o‘qituvchilarga dars soatlari quyidagi ko‘rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi: Bu jarayon 2026-yil 1-avgustdan amalda. 🔹oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilar (attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning amal qilish muddatiga koʻra); 🔹dars beradigan fanidan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega oʻqituvchilar (sertifikatning belgilangan darajasi va amal qilish muddatiga koʻra); 🔹birinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilar (attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning amal qilish muddatiga koʻra); 🔹ikkinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilar (attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning amal qilish muddatiga koʻra); 🔹oliy maʼlumotli toifasiz oʻqituvchilar; 🔹qayta tayyorlash boʻyicha diplomga ega oʻqituvchilar (o‘qituvchida qayta tayyorlash mutaxassisligi boʻyicha mazkur bandning ikkinchi – oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan ko‘rsatkichlardan biri yoki bir nechtasi mavjud bo‘lganda taalluqliligiga koʻra tegishli ko‘rsatkichlar mavjud bo‘lgan oʻqituvchilar bilan teng ustuvorlikka ega bo‘ladi); 🔹oʻrindoshlik asosida ishlayotgan oliy maʼlumotli oʻqituvchilar; 🔹oliy taʼlim muassasalarining pedagogika yoʻnalishi boʻyicha uchinchi va undan yuqori kurs talabalari; 🔹oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar oʻrta maxsus, professional maʼlumotga ega oʻqituvchilar (faqat boshlangʻich sinflarda dars beruvchi oʻqituvchilar uchun); 🔹oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar umumtaʼlim muassasasining tegishli mutaxassisligi boʻyicha rahbar xodimlari. 🔹Boshlangʻich sinflarda oʻqitiladigan fanlar boʻyicha dars soatlarini taqsimlashda oʻqituvchilarning boshlangʻich taʼlim mutaxassisligiga egaligi yoki tegishincha ushbu fanni boshlangʻich sinflarda oʻqitish metodikasi bo‘yicha ta’lim olganligi inobatga olinadi. 🔹Umumtaʼlim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan dars soatlari qayta taqsimlanishi mumkin. ✍ https://t.me/hujjatuz
Открыть в Telegram⚡️️OʻQUVCHILARNING TAʼTIL PAYTIDAGI XATTI-HARAKATLARI UCHUN OTA-ONALAR JAVOB BERADI Barchamizga maʼlumki, ilgari oʻquvchilarning xar qanday xatti-harakatlari uchun, xoh u taʼtilda boʻlsin xoh darsdan tashqarida boʻlsin, faqat sinf rahbar, direktor yoki uning oʻrinbosarlari javobgar boʻlardi. Misol uchun oʻquvchi taʼtil vaqtida qoʻshnisi bilan mushtlashib, janjallashib qolsa ham ichki ishlar organi xodimlari oʻsha oʻquvchining sinf rahbarini chaqirtirib bezovta qilardi. Koʻp hollarda maktab rahbariyati bilan birga sinf rahbarlari lavozim vazifalarini bajarmagan deya baholanib, ularga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilar edi. Oʻquvchining ota-onasiga esa deyarli hech qanday taʼsirchan choralar koʻrilmasdi. Hozir esa bunday holatlarning oldi olingan. MMT Vazirligining 2023-yil 27-iyundagi 190-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan, sinf rahbari toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq taʼlim muassasasidan tashqarida darsdan keyingi va taʼtil paytidagi oʻquvchilarning xatti-harakatlari uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ota-onalar javob beradi. Sinf rahbarlari esa javobgarlikka tortilmaydi. Demak bunday holallarda nafaqat sinf rahbariga balki direktor oʻrinbosarlariga nisbatan ham intizomiy jazo choralari qoʻllanilmaydi. Shuni ham unutmaslik kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 73-moddasida ota-onalar farzandlarini tarbiyalashga masʼul ekanligi bayon etilgan. Ular farzandlarining salomatligi, aqliy, jismoniy, maʼnaviy va axloqiy rivojlanishi uchun gʻamxoʻrlik qilishlari shart. ✍ @hujjatuz
Открыть в Telegram❗️Maktablarda bahorgi taʼtil 20-mart kunidan boshlanadi. 4-chorak darslari 30-martdan boshlanadi. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining xabar berishicha, Ramazon hayiti 20-mart sanasida nishonlanishi munosabati bilan o‘quvchilarning bahorgi ta’tili 20-martdan boshlanib 28-martga qadar davom etadi. ℹ️ O‘quv yilining 4-choragi 30-mart (dushanba) kunidan boshlanadi. Joriy o‘quv yilining 20-mart (juma) kunidagi va 28-mart (shanba) kunidagi o‘quv mashg‘ulotlari 4-chorakda o‘quv dasturlariga tig‘izlashtirilgan holda o‘qitiladi. Shunday ekan 3-chorak yakunlanmasdan choraklarni o‘z vaqtida yoping va 5 va 1 soatlik darslar uchun "OZ" (Ozod) belgisi qo‘yiladi. Haftalik 1,5 va undan ortiq soatli darslar uchun o‘rtacha ball qiymati qo‘yiladi. Kelajak soatiga: "OZ" (Ozod) belgisi qo‘yiladi. Yangi baholashga o‘tgan maktablar tavsiyaviy bahoni qo‘yadilar. Asos: Xalq ta’limi vazirining 2О22-уil 24-iyun 205-son buyrug‘i. ✍ @hujjatuz
Открыть в TelegramBugundan kasbiy sertifikatlash nazorat sinovlarida qatnashish uchun murojaatlar yuborish boshlandi Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi tegishli qarori bilan davlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-oʻqituvchilar, stajyor-tarbiyachi hamda tegishli toifaga ega boʻlmagan pedagog kadrlar kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etiladi. ➖ 2026-yil 18-martdan boshlab — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda davlat xizmatlari markazlari orqali kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun murojaatlar qabul qilinishini ma’lum qilamiz. Murojaatlarni yuborish 2026-yil 18-aprel (shu kuni ham)ga qadar davom etadi. ✔️ Eslatib oʻtamiz: kasbiy sertifikatlash nazorat sinovlarida qatnashish uchun: ➖ kasbiy sertifikat olishga daʼvogar boʻlgan davlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotidagi hamda avval kasbiy sertifikatlashda ishtirok etib, oʻta olmagan stajyor-oʻqituvchi, psixolog yoki mutaxassis lavozimidagi; ➖ shuningdek, pedagoglar attestatsiyasidan oʻta olmagan, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas, egallab turgan lavozimiga muvofiq emas (oʻrta maxsus maʼlumotlilar), deb topilgan pedagog kadrlar ham hujjat topshirishlari mumkin.
Открыть в Telegram📢 MAKTAB MASLAHATCHISI VA «KЕLAJAK» MARKAZI: MALAKA TALABLARI YANGILANDI! Hurmatli hamkasblar va nomzodlar! Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026 yil 8 yanvardagi 7-sonli buyrug‘i bilan ushbu tizimdagi lavozimlarga qo‘yiladigan yangi malaka tavsiflari rasman tasdiqlangan ekan. Endilikda ishga qabul qilishda quyidagi yangilangan mezonlarga asoslaniladi: Maktab maslahatchisi lavozimi uchun: (O‘quvchilar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maktab maslahatchisi) - Ma’lumoti: Oliy, bakalavr diplomiga ega bo‘lishi shart. - Magistratura yoki ilmiy daraja mavjudligi nomzodning imkoniyatlarini oshiradi. - Mutaxassisligi: Eng muhim yangilik — mutaxassislik talab etilmaydi. - Biroq pedagogika yo‘nalishidagi diplom ustunlik beradi. - Ish staji: Talab etilmaydi. Bu yangi bitiruvchi yoshlar uchun ta’lim tizimiga kirishning eng qulay yo‘lidir. Nima o‘zgardi? (Asosiy tahlil) Ilgari maktab maslahatchisi uchun pedagogika yoki psixologiya yo‘nalishi qat’iy talab sifatida ko‘rilgan bo‘lsa, yangi tavsiflarga ko‘ra ixtiyoriy yo‘nalishdagi bakalavr diplomi bilan ham ushbu lavozimga hujjat topshirish mumkin bo‘ldi. Bu tizimga yangi qarash va turli soha vakillarini jalb qilish uchun imkoniyat yaratadi. Eslatma: Tayinlov tartibi o‘zgarmagan — nomzod hududiy «Kelajak» markazi tavsiyanomasi asosida maktab direktori tomonidan ishga olinadi. Xulosa: Agar sizda oliy ma’lumot bo‘lsa va stajingiz bo‘lmasa ham, maktab maslahatchisi sifatida faoliyatingizni boshlashingiz mumkin! Mutaxasislik sabab Adliya rad bergan boʻlsa kutib turilar. Adliyaga rasmiy xat joʻnatilgan 2 kunda muammo hal qilinadi deyishmoqda. ✍ http:t.me/hujjatuz
Открыть в Telegram⚡️Diplomlari to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinadigan TOP-1000 talikka kirgan OTMlar ro‘yxati ✍ @hujjatuz
Открыть в Telegram📚 Bilimingizni pulga aylantiring – Soff.uz bilan! Bugungi kunda internet nafaqat ma’lumot olish, balki daromad topish uchun ham katta imkoniyatlar yaratmoqda. Agar siz Word, PowerPoint yoki Excel dasturlarida turli materiallar tayyorlay olsangiz, endi ularni oddiy fayl sifatida saqlab qo‘yish shart emas. Ularni Soff.uz orqali sotib, daromad olish mumkin. 💻 Soff.uz – bu taqdimotlar, referatlar, kurs ishlari, testlar, maqolalar va boshqa turdagi raqamli fayllarni sotish uchun yaratilgan platforma. Bu yerda siz o‘z bilim va mehnatingizni boshqalarga foydali material sifatida taklif qilishingiz mumkin. 📂 Saytda qanday fayllar sotiladi? • PowerPoint taqdimotlari • Word referat va maqolalar • Kurs ishlari • Test savollari • Excel hisob-kitob fayllari • Turli o‘quv materiallari ✨ Eng katta afzalligi – siz bir marta tayyorlagan faylni saytga joylaysiz va u ko‘p marta sotilishi mumkin. Bu esa sizga passiv daromad olib keladi. 🎓 Talabalar, o‘qituvchilar, mutaxassislar yoki turli mavzularda material tayyorlay oladigan har bir inson Soff.uz orqali o‘z bilimidan foyda ko‘rishi mumkin. 🚀 Agar sizda tayyor taqdimotlar, referatlar yoki boshqa foydali materiallar bo‘lsa, ularni shunchaki kompyuteringizda saqlab qo‘ymang. Ularni Soff.uz ga joylang va bilimlaringiz orqali daromad oling! Soffuzda fayillaringizni joylash uchun: seller.soff.uz ✍ https://t.me/hujjatuz
Открыть в Telegram⚡️ Ta'lim vazirliklarining "Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qarori Adliya vazirligi ro'yhatidan o'tkazildi (29.05.2024 №3515) Yangi qarorga ko'ra Rash modeli boʻyicha fan oʻqituvchilariga A+, A va B+ darajadagi, boshlangʻich taʼlim (matematika va ona tili va adabiyot) yoʻnalishi uchun esa minimum C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat uchun ustama beriladi. Rash modeliga koʻra milliy sertifikat uchun quyidagi sertifikatlar beriladi: “70 balldan yuqori ball olganlarga A+ daraja; 65 — 69,9 ball olganlarga A daraja; 60 — 64,9 ball olganlarga B+ daraja; 55 — 59,9 ball olganlarga B daraja; 50 — 54,9 ball olganlarga C+ daraja; 46 — 49,9 ball olganlarga C darajali sertifikat berilmoqda. ✍ https://t.me/hujjatuz
Открыть в Telegram