Prezident maktubi jamoaga o‘qib eshittirildi “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filialida hamda barcha tuman gaz ta’minoti bo‘limlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning nabirasi Shavkatbekka yo‘llagan maktubi jamoalarga o‘qib eshittirildi. Maktubda davlat rahbari nabirasining “Nega Siz doim uzoq safarlarga ketasiz?” degan savoliga javob berar ekan, xorijiy tashriflar, xalqaro hamkorlik va mamlakat ravnaqi yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar haqida o‘z fikrlarini bayon etgan. Shuningdek, maktubda yosh avlodning sifatli ta’lim olishi, bilim va ko‘nikmalarini oshirishi, xorijiy tillarni o‘rganishi, zamonaviy texnologiyalar hamda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan oqilona foydalanishi muhimligi alohida ta’kidlangan. Prezident o‘z bolalik xotiralarini yodga olib, yoshligida paxta dalalarida mehnat qilgani, hayotdagi qiyinchiliklar va mehnat insonni chiniqtirib, hayotga tayyorlashi haqida ham so‘z yuritgan. Maktub mazmuni xodimlarda Vatanga muhabbat, mehnatsevarlik, mas’uliyat, bilimga intilish va kelajak avlod tarbiyasiga daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. «Hududgaz Poytaxt» GTF matbuot xizmati
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 50 |
| 1 ч | 180 |
| 4 ч | 255 |
- Через 1 час180
- Через 6 часов255
- Всего сейчас255