Kecha universitetimizning yangi binosida “Kitobxonlar davrasi”ning birinchi uchrashuvini oʻtkazdik va talabalar bilan Choʻlponning “Kecha va kunduz” romanini muhokama qildik. Avvalo, uchrashuvga kelgan kitobxon talabalarga rahmat. Bu davraga kitob o‘qib, bir asarni mutolaa qilib kelish kerak edi. Sizlar bunga vaqt topa oldingiz. Birinchi uchrashuvimizni qaysi kitobdan boshlash haqida uzoq o‘yladim. Bu kitob milliy adabiyotimiz – jadidlar davridan bo‘lishini, qizlarning ilm olish va o‘z haq-huquqini bilishga undashini istadim. “Kecha va kunduz” bularning barchasiga mos keladi. Uchrashuvdan avval talabalar qiziqarmikan, keladimi deb biroz xavotirda edim. Koʻpchilik kelib, stullarimiz yetmay qolganini koʻrib juda xursand bo‘ldim. Bilaman hozir hammamizda vaqt muammo. Lekin uchrashuvda aytganimdek, har bir inson, ayniqsa ta’lim sohasida ishlayotganlar kitob o‘qishi shart. Badiiy asarlarni koʻp oʻqish dunyoqarash, nutq, savodingizni o‘stiradi. Sizlar kelajakda auditoriyada dars berasiz, fanni qanchalik zo‘r bilmang uni o‘quvchiga tushuntirib, fikringizni ta’sirli yetkazib bera olmasangiz kuchli o‘qituvchi bo‘la olmaysiz. Birinchi kitob muhokamasini boshlab oldik. Endi uni doimiy o‘tkazib turishimiz kerak. Keyingilariga taniqli adabiyotshunos, yozuvchilarni ham taklif qilamiz, albatta. Keyingi uchrashuvimizda qaysi asar, kitobni muhokama qilamiz? Bemalol takliflaringizni yozing, sizlarni eshitamiz va navbatdagi kitobxonlik uchrashuvida kutamiz. @hilola_umarova
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 13 ч | 4 070 |
| 36 ч | 5 460 |
- Всего сейчас5 460








