Посты канала Hikvision Academy
⚡️Bozorga endigina kirib kelayotgan yangi Hikvision DS-2CD1043G3 kameralarini avvalgi DS-2CD1043G2 modeli bilan solishtiramiz! Yangi G3 seriyasining G2 seriyasiga nisbatan asosiy afzalliklari: Tungi tasvir sifati – G3 modeli yorug‘lik sezgirligi bo‘yicha yaxshiroq natija ko‘rsatadi: 0.003 lux, G2 modelida esa 0.005 lux. Kengroq ko‘rish burchagi – G3 modelida 103°, G2 modelida esa 98°. Yuqoriroq tasvir aniqligi – G3 modeli 2688 × 1520 piksel, G2 modeli esa 2560 × 1440 piksel. Yuqoriroq kadr tezligi – G3 modeli maksimal 25 kadr/soniya tezlikda 2688 × 1520 aniqlikda video uzata oladi. G2 modelida esa 2560 × 1440 aniqlikda maksimal 20 kadr/soniya. Xulosa: G3 seriyasi tungi tasvir sifati, kengroq ko‘rish burchagi, yuqoriroq aniqlik va kadr tezligi bilan ajralib turadi. Kanal @hikguru
Открыть в TelegramOddiy fleshka, lekin kamerani ishdan chiqarishi mumkin! Videoda bitta microSD karta sababli videokuzatuv kamerasi ishdan chiqqan holat ko‘rsatilgan. Avval ham fleshka tanlash va uning sifati haqida post yozgan edim. Bu mavzu bejiz emas. Kameraga shunchaki arzon yoki oddiy fleshka o‘rnatish har doim ham to‘g‘ri yechim emas. Sifatsiz yoki nosoz microSD karta qizishi, elektr nosozligiga sabab bo‘lishi va ayrim hollarda kameraning o‘ziga ham zarar yetkazishi mumkin. Tavsiyamiz: videokuzatuv uchun maxsus ishlab chiqarilgan microSD High Endurance kartalaridan foydalaning. Fleshka kichik detal, lekin uning noto‘g‘ri tanlanishi katta muammoga sabab bo‘lishi mumkin. Kanal @hikguru
Открыть в Telegram#взлом Internetda Hikvision, Dahua va boshqa kamerlarga kiberhujumlar haqida tez-tez xabarlar uchraydi Bu brendlar xavfsiz emas deganimi? Albatta, yo‘q! Ko‘p hollarda sabab — foydalanuvchining xavfsizlikga rioya qilmasligidir. Yaqinda Dahua qurilmalari buzilgani bilan bog‘liq 14500 ga yaqin holatni aniqlangan Qanday buzgani haiqda: - 12324 ta IP-manzil Brute Force orqali (parolni qayta-qayta topishga urinish) - 1923 ta qurilmada eski proshivka sababli - 283 tasi ortiqcha P2P yoqilgani bialn bog‘liq Kameralarni qanday himoyalash kerak? 1. Standart paroll ishlatmang. (Qazwsx135 ni biz ham bilamiz!) 2. UPnP'ni o‘chiring 3. HTTPS'dan foydalaning 4. Keraksiz portlarni yoping yoki o‘zgartiring. 5. Himoyalangan routerdan foydalaning. 6. Proshivkani muntazam yangilang 7. Keraksiz P2P xizmatlarini o‘chiring. NVR orqali ulangan kameralarni alohida P2P'ga ulash shart emas Xulosa: Kuchli parol, to‘g‘ri sozlash va muntazam yangilash — kiberxavfsizlik asosidir Manba: Hunt.io, instagram Kanal: @hikguru
Открыть в TelegramXitoy nega o'zi chiplarni ishlab chiqara olmayapti ? Xitoy chip ishlab chiqaradi, lekin eng oddiylarini. Murakkab chiplarni, hatto AQSH Xitoydan cheklovlarni olib tashlab, ilmiy texnologiyani Xitoyga berdi desak ham, zavod qurishga milliardlab pul va 10 yildan ortiq vaqt ketar ekan. Masalan, eng zamonaviy chiplarni ishlab chiqaradigan ASML stanogi, faqat Niderlandiyanda ishlab chiqariladi. Bitta qurilma narxi 400 mln dollardan oshadi. AQSh esa ularning Xitoyga eksportini cheklagan. Dunyo chiplarining 72%i Tayvanda ishlab chiqariladi. Tayvanni ham AQSH nazorat qiladi. Kamera narxi nega oshdi? — AI uchun chiplarga talabning keskin ortishi - chiplar narxini oshirmoqda. Ustiga ustak, Xitoyga eksport cheklovlarining kuchayishi ham narxni yanada oshirmoqda. Chip ishlab chiqarish — dunyodagi eng murakkab texnologiyalardan biri. Go‘yoki bir tomchi ichida butun bir shahar qurilgan! Videoni tomasha qiling va siz ishlatayotgan kameralar, chiplar olamida sayohat qiling. Kanal @hikguru
Открыть в TelegramMalakali montajchilar ko‘payishi, lider brendlarning bozor ulushi shuncha qisqarashiga sabab bo'lishi mumkin. #fikrim
Открыть в Telegram⚠️ Temirli yuzaga kamerani qanday o‘rnatish kerak? Bitta obyektda 9 ta kamera va qimmatbaho switch kuyib ketganidan keyin bu mavzuga to‘xtalishga qaror qildim. Metall ustun yoki fasadga kamera o‘rnatishda 3 ta variantni: 1. To‘g‘ridan-to‘g‘ri metallga o‘rnatish — elektr xavfsizligi va zazemleniya talablari bajarilmasa, xavfli bo‘lishi mumkin. 2. Izolyatsiya yoki plastik montaj korobkasi orqali o‘rnatish — kamera korpusining metall bilan bevosita kontaktini kamaytiradi. Ammo kabel orqali keladigan xavfli kuchlanishdan to‘liq himoya qilmaydi. 3. Zazemleniya va himoya tizimi bilan o‘rnatish — loyiha va ishlab chiqaruvchi talablariga muvofiq zazemleniya, potensiallarni tenglashtirish hamda impulsli kuchlanishdan himoya choralarini ta’minlash kerak. Xulosa: izolyatsiya zazemleniya o‘rnini bosmaydi. Kamerani metall yuzaga o‘rnatishda elektr xavfsizligiga alohida e’tibor bering. Foydali bo‘lsa, hamkasblaringiz bilan ham ulashing! Kanal @hikguru
Открыть в Telegram#insider Hikvision narxlari oshdi va yana ko‘tarilishi kutilmoqda. Loyihalaringiz uchun, ayniqsa videoregistratorlarni, oldindan xarid qilib qo‘yishni tavsiya qilamiz. @hikguru
Открыть в Telegram#microsd Kameraga qaysi fleshka olay ? SD-karta tanlashda faqat hajmiga emas, yozish tezligi, qayta yozish resursi va kameraga mosligiga ham e’tibor berish kerak. Asosiy jihatlar: • O‘qish tezligi — arxivni tez ko‘rish va ko‘chirish uchun. • Yozish tezligi — videoni uzluksiz va barqaror yozish uchun. • Videokuzatuv uchun Barqarorlik — uzoq muddat qayta qayta yozishda videofayllar buzilmasligi muhim. Videokuzatuvda , Class 10 / U1 va undan yuqori ko‘rsatkichli kartalardan High yoki Pro Endurance kartalar tavsiya etiladi. SD-karta turlari: • SD — 2 GB gacha • SDHC — 2–32 GB • SDXC — 32 GB–2 TB • SDUC — 2–128 TB Qurilmaga qarab: • Foto — Class 10 / U1 • 4K video — U3 / V30 • 8K video — V60 / V90 • Smartfon — A1 / A2 • Videokuzatuv — Class 10 / U1, High yoki Pro Endurance Muhim: SD-kartani kameraning o‘zida formatlash tavsiya etiladi. Kartani o‘rnatish yoki chiqarishdan oldin kamerani o‘chiring. Oldin HDD haqida ham post yozgan edik bu yerda Kanal @hikguru
Открыть в Telegram#hikconnect Hik-Connect V7.0 — endi yanada aqlli! Yangi HIKO AI yordamida videokuzatuv shunchaki kuzatish emas, balki voqealarni avtomatik tushunish va tahlil qilishga yordam beradi. Asosiy imkoniyatlar: • AI Guardian — hodisalarni aniqlaydi va ogohlantiradi • AI Search — arxivdan kerakli videoni oddiy savol orqali topish • AI Assistant — tizimni chat orqali boshqarish • AI Timeline — obyekt harakatini kameralar bo‘yicha kuzatish Kichik biznesdan tortib katta obyektlargacha ishlash uchun mos. Batafsil ma’lumotni bu videoda ko‘rishingiz mumkin. Qiziq, kelajakda xavfsizlik sohasida ham “token” sotib olishimizga to‘g‘ri kelmasmikan? 🙂 Kanal @hikguru
Открыть в Telegram#поток Potok nima ? Potokni suv va truba misolida tushuntirsak, tushunish ancha osonlashadi. Masalan, Hikvision DS-7608NXI-K1 NVR’ni olaylik. U 80 Mbit/s gacha kiruvchi va 80 Mbit/s gacha chiquvchi video oqimini qayta ishlay oladi. Buni suv tizimi kabi tasavvur qiling: 💧 NVR — bu nasos 🚰 Truba — tarmoq kanali 💧 Suv — video oqimi 📹 Kameralar — suvni nasosga olib keluvchi manbalar Kameralardan kelayotgan video — kiruvchi oqim (Incoming Stream). NVR bu oqimni qabul qiladi, qayta ishlaydi va kerakli joyga uzatadi. Masalan: → HDMI orqali monitorga → Tarmoq orqali telefon yoki kompyuterga → Internet orqali masofaviy ko‘rishga Demak, bu misolda NVR taxminan 80 litr/sekundgacha bo‘lgan oqimni qabul qilib, qayta ishlash va uzatish imkoniyatiga ega. Agar NVR’ga uning imkoniyatidan ko‘proq yuklama bersak, resurs yetishmasligi muammosiga duch kelishimiz mumkin. Bunday holatda nima qilish kerak? Buning yechimi haqida biz 4 yil oldin video ham joylagan ekanmiz — bu yerda Kanal @hikguru
Открыть в Telegram