📌📌📌📌📌📌
2026-YILGI QURILIŞ VA MODERNIZATSIYA DASTURLARI IJROSI MUHOKAMA QILINDI
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boşqaruv raisi boşçiligida 2026-yilgi quriliş va modernizatsiya dasturlari doirasida amalga oşirilayotgan işlar, belgilangan vazifalar ijrosi hamda mavjud masalalar muhokamasiga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötdi.
Yiğilişda joriy yilgi dasturlar doirasida hududlarda olib borilayotgan quriliş-montaj, rekonstruksiya va modernizatsiya işlarining borişi, erişilgan natijalar, belgilangan rejalar ijrosi va mavjud muammolar atrofliça tahlil qilindi.
Xususan, elektr tarmoqlari va transformator punktlarini yangilaş, eskirgan infratuzilma obyektlarini rekonstruksiya qiliş, yangi quvvatlarni işga tuşiriş hamda elektr ta’minotidagi mavjud muammolarni bartaraf etiş borasidagi işlarga alohida e’tibor qaratildi.
Şuningdek, dasturlarda belgilangan vazifalarni öz vaqtida va sifatli bajariş, quriliş-montaj işlarida loyiha talablariga qat’iy rioya etiş, ajratilgan mablağlardan samarali foydalaniş hamda har bir obyekt böyiça ijro intizomini kuçaytiriş yuzasidan mas’ul rahbarlarga aniq topşiriq va körsatmalar berildi.
Yiğiliş yakunida belgilangan vazifalar ijrosini tizimli nazoratga oliş, hududlardagi işlarning sur’ati va sifatini yanada oşiriş, şuningdek, mavjud muammolarni tezkor hal etiş böyiça ustuvor vazifalar belgilab olindi.
📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz