2026-yil 18-noyabr kuni Hayot Bankka O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan islomiy bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berildi. Bu Hayot Bank rivojlanishidagi muhim bosqich bo‘lib, mijozlarga islomiy moliya tamoyillariga asoslangan bank xizmatlarini taklif etish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. 👍
«Islomiy darcha» doirasida jismoniy shaxslar va biznes uchun islomiy moliya tamoyillariga asoslangan, shaffof va adolatli moliyaviy yechimlar taklif etiladi.
Bank murabaha, ijara va mudaraba kabi instrumentlar asosida yangi mahsulotlarni ishlab chiqmoqda.
Islomiy moliya tamoyillariga muvofiqlikni ta’minlash maqsadida bankda Islomiy moliya kengashi va ixtisoslashtirilgan departament tashkil etilgan. Xodimlar malakasi oshirilmoqda, yangi mahsulotlar va operatsion jarayonlar tayyorlanmoqda.
Hayot Bank Boshqaruvi raisi Odil Po‘latov O‘zbekistonda islomiy moliyaning rivojlanishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining moliya sektorida yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan islohotlari, shuningdek, Markaziy bankning yangi moliyaviy mexanizmlarni joriy etish borasidagi izchil faoliyati va banklar bilan konstruktiv hamkorligi natijasida amalga oshayotganini ta’kidladi. Litsenziyaning olinishi bank uchun muhim bosqich bo‘lib, islomiy moliya tamoyillariga asoslangan moliyaviy mahsulotlarni izchil rivojlantirish va mijozlar uchun yangi imkoniyatlarni kengaytirishga xizmat qiladi.
Yangi mahsulotlar, ularning shartlari va foydalanish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar tez orada bankning rasmiy kanallarida e’lon qilinadi.
________
18 ноября 2026 года Hayot Bank получил лицензию Центрального банка Республики Узбекистан на осуществление исламской банковской деятельности. Это важный этап развития Hayot Bank, который открывает новые возможности для предоставления клиентам банковских услуг, основанных на принципах исламских финансов 👍
В рамках «исламского окна» банк будет предлагать физическим лицам и бизнесу финансовые решения, основанные на принципах исламских финансов, прозрачности и справедливости.
Hayot Bank разрабатывает новые продукты на основе таких инструментов, как мурабаха, иджара и мудараба.
Для обеспечения соответствия принципам исламских финансов в банке создан Совет по исламским финансам и специализированный департамент. Проводится подготовка сотрудников, а также работа над новыми продуктами и операционными процессами.
Председатель Правления Hayot Bank Одил Пулатов отметил, что развитие исламских финансов в Узбекистане стало возможным благодаря реформам Президента Республики Узбекистан, направленным на создание новых возможностей в финансовом секторе, а также последовательной работе Центрального банка по внедрению новых финансовых механизмов и конструктивному взаимодействию с банками. Получение лицензии является важным этапом для банка и позволит последовательно развивать финансовые продукты, основанные на принципах исламских финансов, расширяя возможности для клиентов.
Информация о новых продуктах, их условиях и порядке предоставления будет опубликована на официальных каналах банка в ближайшее время.