Chexiyada fizika sohasida magistratura kurslarini bepul oʻqish imkoniyati! Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri – Charlz universiteti (TOP 273) fizika sohasiga oid magistratura dasturlarida (ingliz tilida) o'qishni xohlovchilarga PPTFS grantini taklif etadi. Grant imkoniyatlari: - Butun oʻqish davomida kontrakt summasini toʻlashdan ozod qiladi. Arizalar 2027-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/prague-physics-tuition-fee-scholarship/ @grantlar
Открыть в TelegramПосты канала Grantlar.uz
🎓 Kipr yoki Italiyadagi xalqaro maktabda toʻliq grant asosida qanday oʻqish mumkin? Farzandingiz matematika, fizika yoki dasturlashga qiziqadimi? Technology Leaders of the Future (TLF) bilan tanishing — 13–17 yoshli iqtidorli oʻquvchilar uchun xalqaro grant dasturi. 2027/28 oʻquv yili uchun hamkor maktablarda 80 ta grant oʻrni ochildi: 🇨🇾 The Island Private School — Kipr 🇮🇹 H-FARM International School — Italiya Grant oʻqish, bordingda yashash va asosiy taʼlim xarajatlarini qoplaydi. Kuchli oʻqituvchilar, STEM fanlarini chuqur oʻrganish, xalqaro muhit, tadbirkorlik va IT — bularning barchasi TLF oʻquvchilarining taʼlim tajribasi qismidir. 📢 26-noyabr kuni oʻquvchilar va ota-onalarni rus tilidagi bepul onlayn infosessiyaga taklif qilamiz! Siz bilib olasiz: • IGCSE/A-level va chuqurlashtirilgan STEM yoʻnalishini birlashtirgan TLF dasturi qanday tuzilgan. • Grant nimalarni qoplaydi va bitiruvchilarda bakalavriat uchun grant olishning qanday imkoniyatlari bor. • Kipr va Italiyadagi bordingda hayot qanday kechadi. • TLF’ga qanday kirish va kirish imtihonlariga qanday tayyorlanish mumkin. Shuningdek, TLF jamoasiga bevosita savol bera olasiz. 📅 26-noyabr, payshanba 🕔 17:00 — Italiya / 18:00 — Kipr 💻 Onlayn, Zoom | Rus tilida 👉 Uchrashuvga roʻyxatdan oʻtish: https://leaders.tech/ru/info-session.html
Открыть в TelegramCharles University: Matematika yoʻnalishida magistratura kurslarini bepul oʻqish imkoniyati! Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri – Charlz universiteti (TOP 273) matematika sohasiga oid magistratura dasturlarida (ingliz tilida) o'qishni xohlovchilarga PMTFS grantini taklif etadi. Grant imkoniyatlari: - Butun oʻqish davomida kontrakt summasini toʻlashdan ozod qiladi. Arizalar 2027-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/prague-mathematics-tuition-fee-scholarship/ @grantlar
Открыть в Telegram🇲🇾 MALAYSIA ACADEMIC WEEK — 4-MAVSUM 🎓 1 HAFTALIK XALQARO SEMINAR, TRENING VA 18 SOATLIK MA’RUZA DASTURI! 🌍 TA’LIM + XALQARO TAJRIBA + SAYOHAT — BARCHASI BIR DASTURDA! Professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalar uchun xalqaro tajriba orttirish, kasbiy bilimlarni rivojlantirish hamda yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish imkoniyati! 🎓 DASTUR DOIRASIDA: 🏛 Universitetlar va xalqaro akademik muhit bilan yaqindan tanishuv 📚 1 haftalik seminar va professional treninglar 🎤 18 soatlik ilmiy-akademik ma’ruzalar 🤝 Xalqaro ilmiy hamkorlik va professional networking 💡 Zamonaviy ta’lim, ilm-fan, innovatsiyalar va ilg‘or tajribalar almashinuvi 🌐 Xalqaro akademik uchrashuvlar va yangi hamkorlik imkoniyatlari 📜 Dastur yakunida xalqaro sertifikat 🇲🇾 Malayziyaning tarixiy, madaniy va diqqatga sazovor maskanlariga sayohatlar ⏳ HUJJATLAR QABULINING SO‘NGGI KUNI — 3-DEKABR! ⚠️JOYLAR CHEKLANGAN! 🔔Yo’qotib qo’ymaslik uchun @ilmiyguruh ga a’zo bo‘lishni unutmang! 📩 Ro‘yxatdan o‘tish va murojaat uchun: 👩💼 Telegram: @Qaqnus9497 📞 Telefon: +998 94 185 97 00 📢 Rasmiy kanal: @ilmiyguruh 🇺🇿 ILMIYGURUH — ILM BILAN DUNYO SARI! 🌍
Открыть в TelegramScientific Internships: Avstriyada haq toʻlanadigan amaliyot! Avstriya fan va texnologiya instituti qiziquvchilar uchun ilmiy amaliyot dasturlarini taklif qiladi. Kimlar qatnasha oladi? Tabiiy fanlar, kompyuter fanlari, matematika yoki shu sohalarga aloqador yoʻnalishda tahsil olayotgan bakalavriat, magistratura talabalari hamda shu yoʻnalishlardan birida bakalavrlik yoki magistrlik diplomiga ega nomzodlar. Amaliyotchilarga oyiga kamida 1583 yevro haq toʻlanadi. Arizalar yil boʻyi qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/scientific-internships-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-hamda-bitiruvchilari-uchun-avstriyada-amaliyot/ @grantlar
Открыть в TelegramAllan and Nesta Ferguson Charitable Trust scholarships: Magistraturani Britaniyada o’qish uchun to’liq grant va stipendiya! Grantlar Sheffield universitetida huquq, iqtisod, rivojlanish, jurnalistika, siyosat kabi sohalarga oid bir qancha magistrlik dasturlarida oʻqish uchun taqdim etiladi. Grant imtiyozlari: – Oʻqish pulidan toʻliq ozod qiladi – Yashash xarajatlari uchun 16 265 dollar stipendiya Arizalar 2027-yil 7-maygacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/allan-and-nesta-ferguson-charitable-trust-scholarships-for-masters/ @grantlar
Открыть в TelegramFulbright TEA: Maktab, kollej va litsey o’qituvchilari uchun AQSHda 6 haftalik malaka oshirish dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi! Dasturga ingliz tili, xorijiy til sifatida ingliz tili, matematika, tabiiy fanlar, ijtimoiy fanlar, xorijiy tillar, jurnalistika yoki kommunatksiyalardan dars beruvchi oʻqituvchilar qatnashishi mumkin. Nomzodlar ingliz tilini bilishi kerak, lekin ariza topshirish uchun til sertifikati talab etilmaydi. Dastur imkoniyatlari: – J-1 viza olishda yordam. – AQSHga borish va kelish, AQSH ichida harakatlanish uchun aviachiptalar. – Akademik dasturga qatnashish haqlari toʻliq qoplanadi. – Bepul turar joy va oziq-ovqat. – Sugʻurta xarajatlari qoplanadi. – Qoʻshimcha xarajatlar uchun kunlik mablagʻ. – Yuk uchun mablagʻ. – Dastur yakunlangach kichik grantlarga ariza berish imkoniyati. Arizalar 2027-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/fulbright-tea/ @grantlar
Открыть в TelegramAScI internship programme: Bakalavr, magistr va bitirivchilar uchun Finlandiyada xarajatlari qoplanadigan amaliyot dasturi! Amaliyot 2027-yil iyun-avgust oylarida 12 hafta davomida Aalto universiteti kampuslaridan birida oʻtaladi. Nomzodlardan ingliz tilini bilish talab qilinadi. Dastur doirasida amaliy fizika, kompyuter fanlari, muhandislik, nevrologiya, biotibbiy muhandislik kabi bir qancha sohalarga oid tadqiqot loyihalarida qatnashish mumkin. Moddiy taʼminot: – Kamida 2000 yevro oylik maosh toʻlanadi. – Safar xarajatlari uchun bonuslar ajratiladi. Arizalar 2027-yil 7-yanvardan 31-yanvargacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/asci-internship-programme-bakalavr-va-magistrlar-uchun-finlandiyada-xarajatlari-qoplanadigan-amaliyot-dasturi/ @grantlar
Открыть в TelegramElektron pochta va uning ahamiyati haqida Grant va dasturlarga ariza topshirishda email (elektron pochta) manzili soʻraladi. Emailning ahamiyati tasavvur qilganingizdan ancha muhim. Quyidagi maqolada emailning ahamiyati, uni qay tarzda ochish maqsadga muvofiqligi haqda maʼlumot beramiz. Batafsil👇 https://grantlar.uz/blog/elektron-pochta-va-uning-ahamiyati-haqida/ @grantlar
Открыть в TelegramCERN Summer Student Programme: Bakalavr va magistrlar uchun Shveytsariyada amaliyot dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi! Amaliyot 2027-yilning yozida Jeneva shahridagi CERN tashkilotida 2 oy davom etadi. Fizika, kompyuter fanlari, muhandislik, matematika yoki shu sohalarga aloqador soha boʻyicha oʻqiyotgan bakalavr hamda magistrlar ariza topshirishi mumkin. Nomzodlar ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Dastur imkoniyatlari: – Kuniga 111 dollar ish haqi. – Safar xarajatlari uchun mablagʻ. – Sugʻurta xarajatlari qoplanadi. – Turar joy topishda yordam. Arizalar 2027-yil 21-yanvargacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/cern-summer-student-programme-bakalavr-va-magistrlar-uchun-shveytsariyada-amaliyot-dasturi/ @grantlar
Открыть в TelegramOn November 24–26, Humo Arena in Tashkent will host the first-ever "Techstars Startup Week" tech festival in Central Asia. We are connecting 5,000 minds with top founders, global leaders, investors, and corporations under one roof. 3 days, 3 stages, an exhibition and parallel sessions, including keynotes, workshops, panel discussions and networking. This week is built for everyone: whether you are an office worker looking for inspiration, a freelancer searching for opportunities, a student exploring the market or just a curious local. Register for free now: techstarsuzbekistan.uz ___ 24–26-noyabr kunlari Toşkent şahrida "Humo Arena"da, Markaziy Osiyoda ilk bor "Techstars Startup Week" texnologiyalar festivali bölib ötadi. Biz 5,000 ta iştirokçini, startap asosçilarini, global yetakçilar, investorlar va korporatsiyalarni bir joyga jamlamoqdamiz. 3 kun, 3 ta sahna, körgazma va parallel sessiyalar, jumladan, maʼruzalar, vorkşoplar, ekspertlar muloqoti va networking. Ilhom qidirayotgan ofis xodimi bölasizmi, yangi imkoniyatlar izlayotgan frilanser, bozorni örganayotgan talaba yoki şunçaki qiziquvçan — bu dastur aynan siz uçun. Hozirroq bepul röyxatdan öting: techstarsuzbekistan.uz
Открыть в TelegramVienna BioCenter Summer School: bakalavr va magistrlar uchun Avstriyada toʻliq moliyalashtiriladigan 2 oylik yozgi maktab! Bu maktabda 2027-yil 30-iyungacha bakalavriatning kamida 2-kursini yoki magistraturaning kamida 1-kursini tamomlaydigan nomzodlar qatnashishi mumkin. Maktab 2027-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha Venada boʻlib oʻtadi. Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi: – Bepul turar joy – Tibbiy sugʻurta – 820 yevro oylik stipendiya – Jamoat transportidan bepul foydalanish – Venaga borish-kelish xarajatlari qoplanadi – Bepul ijtimoiy tadbirlar, ekskursiyalar va boshqa mashgʻulotlar – Yakuniy nutq gʻoliblariga mukofotlar Dasturga 20 nafargacha talaba qabul qilinadi. Qatnashish uchun til sertifikati (IELTS, TOEFL va h.k.) talab etilmaydi. Arizalar 2027-yil 11-yanvargacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/austria-fully-funded-summer-school-in-vienna/ @grantlar
Открыть в TelegramMBZUAI MGRIP: Abu Dabida bakalavr va magistrlar uchun to‘liq moliyalashtiriladigan 4 haftalik yozgi amaliyot Ushbu dasturga STEM fanlari yoki ularga aloqador sohalarda tahsil oluvchi bakalavriat va magistratura talabalari ariza topshirishi mumkin. Dastur mashgʻulotlari Birlashgan Arab Amirliklaridagi MBZUAI universitetida olib boriladi (ingliz tilida). Imtiyozlar: – Stipendiya, bepul turar joy, sog‘liqni sug‘urtasi ta’minlanadi. – Viza rasmiylashtirish va aviabiletlar dastur tomonidan qoplanadi. – Turli ijtimoiy va madaniy tadbirlarda qatnashish imkoniyati. – MBZUAI kutubxonasi, laboratoriyalari, sport zallari va boshqa kampus infratuzilmasidan bepul foydalanish huquqi beriladi. Arizalar 2027-yil 1-yanvardan 28-fevralgacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/mbzuai-ugrip/ @grantlar
Открыть в TelegramLPI Summer Intern Program: Bakalavriat talabalari uchun AQSHda 10 haftalik haq toʻlanadigan yozgi amaliyot dasturi! AQSHdagi Oy va sayyoralar instituti bakalavriat talabalariga oy va sayyoralarni tadqiq qilish boʻyicha 10 haftalik amaliyot dasturini taklif etadi. Istalgan soha boʻyicha oʻqiyotgan bakalavrlar ushbu dasturga ariza topshirishi mumkin. Dasturning moliyaviy imkoniyatlari: – 13 639 dollar stipendiya. – Konferensiyaga tezis (maqola) topshirgan amaliyotchilarga 1500 dollargacha mablagʻ berilishi mumkin. Arizalar 2026-yil 14-dekabrgacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/lpi-summer-intern-program-bakalavriat-talabalari-uchun-aqshda-10-haftalik-haq-tolanadigan-yozgi-amaliyot/ @grantlar
Открыть в TelegramHansen Leadership Institute: Bakalavriat, magistratura va PhD talabalari uchun AQSHda barcha xarajatlari qoplanadigan 3 haftalik yozgi maktab! Dasturga 20-25 yoshli bakalavriat, magistratura va PhD bosqichi talabalari ariza topshirishi mumkin. Dastur mashgʻulotlar AQSHdagi San Diego universitetida 2027-yil iyun–iyul oylarida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida). Iqtisodiy imtiyozlari: – AQSHga borish-kelish xarajatlari qoplanadi. – Turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi. – Dasturda ishtirok etish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar qoplanadi. – Viza uchun barcha kerakli hujjatlar yuboriladi. Arizalar 2027-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/hansen-leadership-institute/ @grantlar
Открыть в TelegramTom Howard/John H. Reid Fiction & Essay Contest: mukofoti 3500 dollargacha boʻlgan hikoya va insholar tanlovi Istalgan yoshdagilar qatnashishi mumkin. Tanlovga 6000 so'zdan oshmagan insho va hikoyalar (ingliz tilida) qabul qilinadi. Tanlovga 2 yoʻnalishda qatnashish mumkin: 1. Insho (Essay). 2. Hikoya (Story). Mukofotlar: – Har bir yoʻnalish gʻolibiga 3500 dollardan mukofot ba Duotrope platformasiga 2 yillik obuna – 10 ta eʼtiborga sazovor ish mualliflariga 300 dollardan mukofot – 12 ta sovrindor ishlar tanlov saytiga joylanadi Ishlar 2027-yil 1-maygacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/tom-howard-john-h-reid-fiction-essay-contest/ @grantlar
Открыть в TelegramUM NL-High Potential Scholarship: Gollandiya magistratura kurslari uchun to’liq grant; joy – 18 ta! Gollandiyadagi Maastricht universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun UM NL-High Potential Scholarship dasturini taklif etadi. Dastur doirasida 18 nafar talabaga grant ajratiladi. Grant imtiyozlari: – Oʻqish puli toʻliq qoplanadi. – 20 150 yevro (1 yillik magistrlik kurslari uchun) yoki 38 750 yevro (2 yillik kurslar uchun) stipendiya beriladi. – Salomatlik va javobgarlik sug’urtasi xarajati qoplanadi. – Viza arizasi toʻlovi qoplanadi. – Zarur hollarda tayyorlov kursi qoʻyiladi va uning toʻlovi ham qoplanadi. Arizalar 2026-yil 10-dekabrgacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/holland-high-potential-scholarship-gollandiya-magistratura-kurslari-uchun-toliq-grant-stipendiya-va-sugurta-joy-24-ta/ @grantlar
Открыть в TelegramYenching Academy: Xitoyda magistratura bosqichini oʻqish uchun toʻliq grant! Akademiyaga 120 nafar atrofida talaba qabul qilinadi va barchasiga grant beriladi. Grant imkoniyatlari: – Oʻqish pulidan toʻliq ozod qilinadi. – Bepul turar joy bilan taʼminlanadi. – Oylik stipendiya beriladi. – Borish va kelish uchun aviachipta olib beriladi. – Joylardagi tadqiqotlar xarajatlari qoplanadi. Arizalar 2026-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/yenching-academy-xitoyda-magistratura-bosqichini-oqish-uchun-toliq-grant/ @grantlar
Открыть в TelegramRadboud Scholarship Programme: Gollandiya magistratura kurslari uchun 26 ta qisman grant! Gollandiyadagi Radboud universiteti magistratura kurslarida oʻqish uchun 26 ta qisman grant taklif etmoqda. Grant imkoniyatlari: – Kontrakt summasiga chegirma qilinadi (19 000 yevro emas, 2771 yevro toʻlanadi). – Viza, yashash ruxsati, tibbiy va javobgarlik sugʻurtasi xarajatlari ham qoplanadi. Arizalar 2027-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/radboud-scholarship-programme-gollandiya-magistratura-kurslari-uchun-grantlar/ @grantlar
Открыть в Telegram