🎙Samarqandda talaba-qizlar bilan IT sohasidagi ta’lim va kasbiy rivojlaniş imkoniyatlari muhokama qilindi Şarof Raşidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar fakultetida “GAP” xotin-qizlar AT klubi vakillari iştirokida uçraşuv ötkazildi. 🌸 Uçraşuvda Özbekistonning raqamli ekotizimi, xotin-qizlarning IT sohasidagi iştiroki hamda “GAP” doirasida amalga oşirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berildi. Jumladan, “IT Drivers”, “Youth in IT”, “Yulduz Tech Awards” taşabbuslari va hududiy ambassadorlar faoliyati taniştirildi. ✈️“GAP” xotin-qizlar klubining Samarqand viloyati ambassadori, Startap Garage hududiy koordinatori Sevara Salimova startap yaratişning asosiy tamoyillari - muammoni aniqlaş, yeçim işlab çiqiş va maqsadli auditoriyani belgilaş haqida ma’lumot berdi. Şuningdek, özi asos solgan “Ilmiy Akademiya” loyihasi faoliyati bilan talaba qizlarni taniştirdi. 🔹Women in Tech Uzbekistan’ning Samarqand viloyati böyiça ambassadori Dilnura Toştemirova hamjamiyatning rivojlaniş strategiyasi, yangi maqsadlari va taşabbuslari haqida söz yuritdi. Şuningdek, Women in Tech CCA Awards nominatsiyalari haqida ma’lumot berib, qizlarni xalqaro tanlovlarda faol iştirok etişga undadi. 💬 Oçiq muloqot davomida talaba-qizlar öz savollariga javob oldi va ğoyalarini rivojlantiriş böyiça tavsiyalar bilan tanişdi. Telegram | Instagram | Youtube | LinkedIn
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 10 ч | 87 |
| 16 ч | 90 |
| 33 ч | 116 |
| 69 ч | 125 |
- Через 24 часа90
- Всего сейчас125










