Aholi diqqatiga! Shoshilinch xabar! Bu juda muhim!
Agar siz o‘z xonadoningizga Germaniyaning Vaillant rusumidagi tabiiy gaz yordamida ishlaydigan ikki konturli isitish vositani o‘rnatgan bo‘lsangiz yoki o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz, bu fikringizdan va bu vositadan hoziroq voz keching!
Sabablarini aytib o‘tamiz.
➖ Birinchidan, Germaniyaning Vaillant rusumidagi tabiiy gaz yordamida ishlaydigan ikki konturli isitish vositasi O‘zbekistonga ma’nan eskirgan, xizmat vazifasini o‘tab bo‘lgan, ya’ni, nemislar avval uni ishlatib bo‘lishib, utilizatsiyaga topshirgan, foydalanishga yaroqsiz eski moslama sifatida ayrim o‘zboshimcha hamyurtlarimiz tomonidan noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan.
➖Ikkinchidan, ushbu foydalanishga yaroqsiz vositalar qo‘lbola uslubda qayta jihozlanib, go‘yoki, xarid uchun yangi holatga keltirilib, fuqarolarimizga aldov yo‘li bilan sotilgan.
📹 Batafsil videoda tanishing.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X