YANGI NAMANGAN TUMANIDAGI VILOYAT ONKOLOGIYA SHIFOXONASIDA MAXSUS-TAKTIK O‘QUV MASHQI O‘TKAZILDI Bugun, 24-noyabr kuni Yangi Namangan tumani Oromgoh MFY, Afrosiyob ko‘chasida joylashgan viloyat onkologiya shifoxonasida tungi vaqtda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish maqsadida maxsus-taktik o‘quv mashqi tashkil etildi. O‘quv mashqi Yangi Namangan tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari kapitan Narzullo Usmonov hamda tizimda ko‘p yillar xizmat qilgan faxriy Izzatillo Xolmirzayev boshchiligida, hamkor tashkilotlar ishtirokida o‘tkazildi. Mashq davomida shartli ravishda yuzaga kelgan yong‘in holatida favqulodda vaziyatlar bo‘linmalarining tezkor harakatlanishi, bemorlar va tibbiyot xodimlarini xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, qutqaruv ishlarini tashkil etish, yong‘in tarqalishining oldini olish hamda uni qisqa vaqt ichida bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarildi. Shuningdek, qutqaruv xizmatlari va hamkor tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik, kuch va vositalarni samarali boshqarish hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar mustahkamlandi. Mashq yakunida ishtirokchilarning harakatlari tahlil qilinib, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Namangan viloyati FVB Axborot xizmati. Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating. Fvb.uz | Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 39 |
| 1 ч | 156 |
- Через 1 час156
- Всего сейчас156






