Посты канала FUTGOL
Hazil oʻz yoʻliga-ku, bunaqa ojiz “Yunayted”ni koʻrish juda ogʻir Qanaqa jamoa edi-a. Murabbiyni yangilayvermay, rahbariyatdan tortib, tarkibni butkul oʻzgartirmasa, bu jamoadan quruq nom qoladi. @futgol_uz
Открыть в TelegramOsiyo kubogiga 1 yil borligini hisobga olsak va agar Kannavaro ketmasa, tarkib borasida ko‘plab eksperimentlar qilib ko‘rsa bo‘ladi. Bu milliy jamoa orzusida yonadigan futbolchilar uchun yaxshi. Yangi futbolchilarni jamoada ko‘rishni xohlaydigan muxlislar uchun ham. @futgol_uz
Открыть в TelegramCR7: Portugaliya xalqi! Barchamizga tegishli bo‘lgan milliy jamoa libosi va sardorlik bog‘ichini topshirish vaqti yetdi. Men uni hech qachon faqat o‘zimniki deb hisoblamaganman, biroq 23 yil davomida uni kiyib yurish, sharafini himoya qilish va dunyo bo‘ylab stadionlarga olib chiqish baxtiga hamda mas’uliyatiga ega bo‘ldim. Bugun uni kelajak avlodga topshirish vaqti yetdi. Bu oson qaror bo‘lmadi, chunki ba’zi qarorlar faqat aql bilan emas, balki yurak bilan qabul qilinadi. 2003-yil avgustida boshlangan va hayotimni butunlay o‘zgartirib yuborgan yo‘limni yakunlayapman. Ortga nazar tashlab, milliy jamoa bilan boshdan kechirganlarim haqida o‘ylaganimda ko‘z oldimga faqatgina o‘yinlar, gollar, rekordlar yoki sovrinlar kelmaydi. Men insonlarni ko‘raman. 90 daqiqa davomida o‘zini Portugaliyaga biroz yaqinroq his qilgan mehnat muhojirlarini ko‘raman. Shaxsan uchrashmagan bo‘lsam-da, hayotimning bir bo‘lagiga aylangan millionlab portugaliyaliklarni ko‘raman. Futbol shunchaki o‘yin emas, u bundan ancha kattaroq narsa. Futbol — bu insonlar! Terma jamoadagi butun faoliyatim davomida har doim o‘z imkoniyatlarim chegarasidan o‘tishga intildim. G‘alaba qozonishni, eng zo‘ri bo‘lishni, tarix yaratishni xohlardim. O‘zimga nisbatan doimo talabchan bo‘ldim. Hamisha ko‘prog‘ini istardim. Biz yanada uzoqroqqa bora olishimizga doim ishonganman va shu libos uchun borimni berganman. Ajoyib kunlar va oqshomlar bo‘ldi. Hech qachon yodimdan chiqmaydigan g‘alabalar bo‘ldi. Bugungi kungacha eslaganda yurakni ezadigan mag‘lubiyatlar ham bo‘ldi. Men ham xato qildim, Men ham iztirob chekdim. Portugaliya xalqiga ular juda-juda orzu qilgan narsani bera olmagan paytlarim ham bo‘ldi. Ammo hech qachon taslim bo‘lmadim. Eng muhimi, Portugaliya sharafini himoya qilishdan faxrlanish tuyg‘usi meni hech qachon tark etmadi. Shu yillar davomida juda oddiy haqiqatlarni anglab yetdim: gollar uriladi va unutiladi, kuboklar muzeylardan joy oladi, rekordlar vaqti kelib yangilanadi, ammo vaqt hech qachon o‘chira olmaydigan bir narsa bor. Bu — odamlar qalbida egallagan o‘rnim. Agar qachondir sizga quvonch ulashgan bo‘lsam, agar urgan gollarimdan biri sizni kimnidir bag‘ringizga bosishga, tashvishni unutishga yoki vatanimiz bilan faxrlanishga undagan bo‘lsa, demak, bularning barchasi shunga arziydi. Chunki portugaliyalik bo‘lish aynan shu demakdir. Biz birga dard chekamiz. Birga oyoqqa turamiz. Va yana ishonamiz. Portugaliyaga orzu qilishdan to‘xtamaydigan yoshlar, hech qachon taslim bo‘lmaydigan futbolchilar va hali hech kim qadam bosmagan cho‘qqilarni zabt etish mumkinligiga ishonadigan yangi avlodlar kerak bo‘ladi. Chunki yangi qahramonlarni yetishtirishda davom etayotgan mamlakat — o‘ziga ishonishdan hech qachon to‘xtamaydigan mamlakatdir. Terma jamoadagi safdoshlarimga alohida so‘zim bor. Har bir yugurish, har bir quchoqlashish, har bir bahs-munozara, maydonga tushish oldidan cho‘kkan har bir lahza sukunat, birgalikda nishonlagan har bir g‘alabamiz va bizni yanada kuchliroq qilgan har bir mag‘lubiyat uchun sizlarga rahmat. Sizlarning sardoringiz bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ldim, biroq hech bir sardor yolg‘iz o‘zi yo‘l bosmaydi, sizlarning barchangiz mening hikoyamning bir bo‘lagisiz. Barcha murabbiylar, direktorlar, shifokorlar, fizioterapevtlar, ekipirovka bo‘yicha menejerlar, xodimlar va shu yillar davomida men bilan yelkama-yelka ishlagan ko‘plab insonlarga minnatdorchilik bildiraman. Ko‘pchiligingiz fotosuratlarda ko‘rinmagansiz, ammo sizlarsiz o‘sha suratlarning birortasi ham bo‘lmasdi. Oilamga esa bu orzuni men bilan baham ko‘rgani uchun rahmat. Uyda bo‘lmagan paytlarimni, qilingan qurbonliklarni va terma jamoa sizlarga ham tegishli bo‘lgan o‘rinni egallashga majbur bo‘lgan damlarni to‘g‘ri tushunganingiz uchun tashakkur. Agar shu darajaga yetib kelgan bo‘lsam, bunga doimo qo‘lni qo‘lga berib, birga yurganimiz sabablidir. Portugaliya xalqiga, dunyoning turli burchaklaridagi har bir portugaliyalikka so‘nggi bir gapni aytmoqchiman. Xotiramda hamisha saqlanib qoladigan bir manzara bor — davlat madhiyasi yangray boshlagan lahza. Atrofimni kuzataman. Jamoadoshlarimni ko‘raman. Tribunalarni ko‘raman. Bolalarni, onalarni, otalar va buvi-yu bobolarni ko‘raman. Shu yerda bo‘lish uchungina uzoq-uzoqlardan yo‘l bosib kelgan portugaliyaliklarni ko‘raman. Va ana shu lahzalarda oramizdagi barcha tafovutlar yo‘qoladi. Klublar qolmaydi. Ranglar qolmaydi. Tabiat va tabaqalar qolmaydi. Kasblar qolmaydi. Turli fikrlar qolmaydi. Faqat bitta ehtiros qoladi: Portugaliya. Bu — umrimning oxirigacha qalbimda olib yuradigan tuyg‘u. Bugun milliy terma jamoa safida maydondagi yo‘lim o‘z nihoyasiga yetmoqda. Bosib o‘tgan yo‘limdan faxrlanib va Portugaliya uchun borimni fido qilganimni bilgan holda boshimni baland ko‘tarib ketyapman. Ammo men hamisha sizlardan biri bo‘lib qolaman. Har doimgidek, Portugaliyaning har bir o‘yinida birga qayg‘urishda, hayajonlanishda va har bir g‘alabasini bayram qilishda davom etaman. Men butun umrimni dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun mehnat qilishga bag‘ishladim. Bugun esa eng katta g‘alabam — dunyoning eng yaxshi mamlakati sharafini himoya qilish baxtiga sazovor bo‘lganim ekanini anglab turibman. Shu 23 yil uchun rahmat. Menga ishonganingiz uchun rahmat. Madeyrada to‘p ortidan yugurib yurgan kichkina bola paytimda boshlangan orzuda yashash imkonini berganingiz uchun rahmat. 7-raqamli libos qoladi, biroq uni kiyish baxtidan tuygan g‘ururim abadiy men bilan bo‘ladi. Portugaliya hamisha mening bir bo‘lagim bo‘lib qoladi. Abadiy!
Открыть в Telegram“Paxtakor” Ronalduni koʻramiz deb chipta olganlarni xursand qilishga bor kuchi bilan harakat qilyapti Krish kelganda, balki 2 daqiqada 2 ta gol koʻrmagan boʻlarmidik-a?) @futgol_uz
Открыть в Telegram“PSJ” nega hozir eng zo‘ri? Jamoada men degan egoni ko‘rmaysiz. Hammasi biz deb — jamoa uchun o‘ynaydi. Hakimi hujumga qo‘shilsa, kerak bo‘lsa Due yoki Dembele himoya qaytib, o‘rnini yopib turadi. Shunday holatda qanday qilib, bu eng zo‘r jamoa bo‘lmasligi mumkin. Ko‘rganmisiz, Trent hujumga o‘tib qolib ketganda Mbappening uning qanotida yurganini. Yamal yoki Rafinyaning to‘pni oldirib qo‘ygandan so‘ng o‘lgudek yugurib, to‘pni qaytarishga harakat qilganini ko‘rganmisiz? “PSJ”ga eng yaqin bo‘lgan jamoa hozir “Arsenal”. Shuning uchun ham Arteta shogirdlari o‘tgan mavsumda YCHL finalida o‘ynadi. @futgol_uz
Открыть в TelegramIkkala jamoa ham gol o‘tkazishdan qo‘rqib, katta kuch bilan hujumga o‘tgani yo‘q. Yaxshiki, hisob ochildi. Shundan so‘ng o‘yin ham biroz ochildi. Ikkinchi bo‘lim qiziqroq bo‘ladi. @futgol_uz
Открыть в Telegram“Real” va “Barselona” 16 daqiqa davomida nima uchun “PSJ” ayni damda futbol bo‘yicha dunyoning eng yaxshi jamoasi ekanligini amalda isbotlab berishdi @futgol_uz
Открыть в TelegramOdamning bir qarashda “Manchester Yunayted” muxlisini shunday qilib bilsa bo‘larkan @futgol_uz
Открыть в TelegramTan olish kerak: “PSJ” boshqa darajada. Enrikega qoyil qolmasdan iloji yo‘q. @futgol_uz
Открыть в Telegram