Кабинет

Посты канала Founder

сначала новые

#465Видео
Просмотры621−38%к среднему
Пересылки—
Реакции26
Комментарии—
Динамика просмотровСкрыть динамику

Рост просмотров

Часов после публикации

Показать таблицей
Часов после публикацииПросмотры
0 ч0
64 ч620
68 ч621
  1. Всего сейчас621
#461Превью ссылки

"Y Combinator"ning o’sish bo’yicha ichki qo'llanmasi. 1. O’sishdan oldin mijozlarni ushlab qolishga e’tibor bering (Retention before growth) O’sish muhim, chunki u o’rganish uchun ko’proq foydalanuvchi beradi. Lekin ishga tushirishning asl maqsadi qolib ketadigan mijozlarni topishdir. Asosiy vosita: kogorta retention egri chizig’i (cohort retention curve). Agar har bir kogortaning kichik bir qismi doimiy qolsa, sizda qimmatli narsa bor. Agar ko’pchilik bir muddat qolib, keyin hammasi ketsa, mahsulotingiz “teshik chelak”ka o’xshaydi va barqaror qiymat yaratmaydi. O’sishni kuchaytirishdan oldin egri chiziqlaringiz tekislanayotganini tekshiring. 2. Yo’l xaritasini mijozlar yozsin (Product roadmap by users) Asoschilarda mahsulot haqida umumiy tasavvur bo’lishi mumkin, lekin aniq funksiyalar, tuzatishlar va yechimlar mijozlardan kelishi kerak. Yo’l xaritasini boshqarish uchun ma’lumot yetarli bo’lmasa, foydalanuvchilarga xat yozing, ular bilan chatlashing va qo’ng’iroq qiling. G’oyalarni reja tuzish yig’ilishida o’ylab topmang. Tinglang va eshitganingizni quring. 3. Noto’g’ri mijozlardan voz kechishga tayyor bo’ling (The wrong customers) Eng ko’p to’laydigan mijozlaringiz ham sizga zarar keltirishi mumkin, agar ular yo’l xaritasini o’z ehtiyojlari tomon burib yuborsa. Natijada mahsulot emas, bitta mijozga moslashtirilgan outsource xizmati paydo bo’ladi. Foydali test: agar kompaniyangiz muvaffaqiyatli bo’lsa, bu odam besh yildan keyin ham mahsulotingizdan foydalanadimi? Yo’q bo’lsa, unga mo’ljallab qurmang. 4. Soha yangiliklarini haddan ortiq kuzatmang (Ignore the noise) Raqobatchilar blogi va ijtimoiy tarmoqlarni kuzatish sizni yomonroq qilishi mumkin. Raqobatchi yangi funksiya e’lon qilsa, siz uni copy qilishga shoshilasiz, aslida esa foydalanuvchi feedbacklari ularga boshqa narsa kerakligini ko’rsatib turadi. Qarorlaringizga eng ko’p ta’sir qiladigan kishilar mijozlaringiz bo’lishi kerak. 5. Juda erta avtomatlashtirmang (Automating too early) Mallery dastlabki 100 mijozni o’zi shaxsan ulagan. O’sha qo’ng’iroqlarda odamlar qayerda adashishini ko’rgan va har safardan keyin mahsulotni yaxshilagan. Yozib qo’yilgan video qo’llanma bularning hammasini yashirgan bo’lardi. Uning qoidasi: bir narsani yigirmatacha marta tushuntirgan yoki bir muammoni yigirma marta hal qilgandan keyingina avtomatlashtiring. O’shanda nimani avtomatlashtirishni aniq bilasiz. 6. Uyalib turgan versiyangizni chiqaring (Ship the version you are embarrassed by) Agar birinchi versiyangizdan uyalmasangiz, uni juda kech chiqargansiz. Istisnolar kam uchraydi, lekin deyarli har doim mahsulotni chiqarish kerak. 7. Har haftalik updatelar katta “Launch” dan muhimroq (Weekly shipping velocity) Katta update qisqa vaqtli e’tibor olib keladi, keyin u so’nadi. Haqiqiy samara har hafta mahsulotni yaxshilab borishdan keladi: onboarding, foydalanuvchi tajribasi va retention bo’yicha. 8. Imkon qadar kam odam ishga oling (Hire as few people as you can) Katta jamoa o’sish kabi tuyulishi mumkin, ayniqsa raqobatchilar yangi ofis va korporativ sayohatlar haqida yozganda. Lekin boshida qiyin narsa nimani qurishni hal qilish, qurishning o’zi emas. Ko’proq odam bu qarorlarni xiralashtirishi mumkin. Agar ishchi yollamaslik uyqungizni qochirayotgan bo’lsa yollang, “yaxshi bo’lardi” degan holatda yollamang. 9. Tezroq “default alive” bo’ling (Become default alive) Default alive: xarajatlar, mavjud pul va o’sishning real taxminlariga ko’ra, pul tugashidan oldin foydaga chiqasiz, qo’shimcha investitsiya talab qilinmaydi. Asoschining birinchi vazifasi kompaniyaning puli tugab qolmasligini ta’minlashdir. https://www.youtube.com/watch?v=xcHt_PcSSYE @founderdotio

Открыть в Telegram
Просмотры1 500+50%к среднему
Пересылки—
Реакции7
Комментарии—
#454Текст
Просмотры2 110+111%к среднему
Пересылки—
Реакции19
Комментарии—
#449Текст
Просмотры2 860+186%к среднему
Пересылки—
Реакции27
Комментарии—
#448Текст

Har bir co-founder qancha ulush olishi kerak? 7 764 ta AQSh startapi o‘rganilib, investitsiya jalb qilishdan oldingi founderlar o‘rtasidagi ulush taqsimoti tahlil qilingan. Natijalar meni ham hayron qoldirdi. Ko‘pchilik founderlar boshida: “Hamma teng ulush olishi kerak”, deb o‘ylaydi. Ammo amalda teng taqsimot biz o‘ylaganchalik keng tarqalgan emas. 📊 Median ulush taqsimoti 2 ta founder: 🤝 — Founder A: 55% — Founder B: 45% 3 ta founder: 🤝 — Founder A: 47% — Founder B: 33% — Founder C: 17% 4 ta founder: 🤝 — Founder A: 40% — Founder B: 27% — Founder C: 18% — Founder D: 10% Va rostini aytsam, buni tushunaman. Men ham avvalgi kompaniyamda ulushni teng taqsimlaganman. O‘sha paytda bu adolatli tuyulgandi. Keyinchalik esa tenglik har doim ham adolat degani emasligini tushundim. Odamlarning hissasi har xil bo‘ladi. Har birimizning rolimiz, riskimiz, mas’uliyatimiz, sarflayotgan vaqtimiz, egalik darajamiz va qurbonliklarimiz turlicha. Va bularning barchasi muhim. Bu safar esa men va co-founderim bu masalani juda erta muhokama qildik va har birimiz kompaniyaga amalda nima olib kirayotganimizga qarab ulushni kelishib oldik. Menimcha, aynan shu narsa hamkorligimizni kuchliroq qildi. Xuddi shu narsa qaror qabul qilishga ham tegishli. “Biz barcha qarorlarni birgalikda qabul qilamiz.” Nazariyada bu juda yaxshi eshitiladi. Ammo bir nuqtada baribir yakuniy qarorni kimdir qabul qilishi kerak. ❌ Co-CEO bo‘lmang. Ko‘pincha bu ikki founder bir-birini “kamroq muhim” qilib qo‘yishni istamagani uchun yuzaga keladi. Ammo yuqoridagi noaniqlik odatda muammoni hal qilishdan ko‘ra, ko‘proq muammo yaratadi. Investorlar bitta aniq aloqa nuqtasini xohlaydi. Xodimlar yakuniy qarorni kim qabul qilishini bilishni xohlaydi. Va vaziyat qiyinlashganda, yakuniy javobgarlik kimdadir bo‘lishi kerak. Founderlar bir-biriga qarshi fikr bildirsin, qattiq bahslashsin, eng yaxshi javobni topishga harakat qilsin — lekin oxir-oqibat kimdir final call qilishi kerak. Kevin Jurovich sahifasidan oldindi https://lnkd.in/p/d_yE-MTb @founderdotio

Открыть в Telegram
Просмотры4 120+311%к среднему
Пересылки—
Реакции26
Комментарии—
#447Видео
Просмотры1 600+60%к среднему
Пересылки—
Реакции11
Комментарии—
#443Текст
Просмотры2 100+110%к среднему
Пересылки—
Реакции15
Комментарии—
#441Текст

"​Agar men eng zo‘r savdo menejeri bo‘lishni xohlaganimda nima qilgan bo‘lardim? Oxirgi vaqtlar directga shunaqa savollar juda koʻp kelyapti. Shu savabli umumiy qilib javob berdim. Lekin javob uzunroq boʻldi. ​1-qadam. Sotayotgan mahsulotga 100% ishonch xosil qilishim kerak. Kompaniyada albatta ishlab chiqarish, xaridlar yoki xizmat ko‘rsatish bo‘limi bor. Ular ishlayaptimi, demak o‘z mahsulotini va ishini yaxshi ko‘radi. Men ularning oldiga borib shunday degan bo‘lardim: «Yigitlar, mendan kofe, menga o‘z qimmatli vaqtingizdan 1 soat ajratib bering. Nima va qanday qilayotganimizni eng mayda tafsilotlarigacha tushunmoqchiman. Sotayotgan narsamning ashaddiy fanatiga aylanishimga yordam bering. Menga barcha nozik taraflarini ko‘rsating». Yani sotayotgan xizmat yoki mahsulot xaqiqatdan ham mijozni ogʻriqlariga yechim boʻla olashiga ishonch xosil qilishim kerak. ​2-qadam. Eng TOP xodim bilan uchrashuv. Keyin eng natijali xodimni topib, uni ham kofega taklif qilardim. Agar bunday xodim bo‘lmasa bu rahbar yoki hatto kompaniya egasi bo‘lishi mumkin. Va shunday derdim: «Men jamoada juda qadrli o‘yinchi bo‘lishni xohlayman. Ko‘p sotish bo‘yicha bilgan barcha narsangizni aytib bering. Eng muhim qilinadigan va umuman qilish mumkin bo‘lmagan narsalar nima? Qanday finkalar, muvaffaqiyatli usullar bor? Menga hammasini aytib bering, eng zo‘r shogird bo‘lishga va'da beraman». ​3-qadam. Hujum hajmi bo‘yicha birinchi bo‘lish. Keyin 1 va 2-qadamdagi bilimlarni birlashtirib, eng ko‘p hajmda ishlaydigan menejer bo‘lishga harakat qilardim. Eng ko‘p uchrashuvlar, prezentatsiyalar o‘tkazish, eng ko‘p qo‘ng‘iroq qilish va bazaga(obrabotkaga) eng ko‘p mijozni olish. Bu bosqichda vazifa amaliyotni ko‘paytirish va bilimlarni qo‘llash. Shuning o‘zidayoq hayratlanarli natijalar bo‘ladi. ​4-qadam. Yetakchilar safiga chiqish. Bu yerda natijalar va bitimlar bo‘ladi, lekin hali ulkan bo‘lmaydi. TOP bo‘lish uchun — mendan sotib olmagan BARCHA mijozlarga qayta qo‘ng‘iroq qilib, shunday derdim: « Eshmat aka, men Toshmatman, menejeringizman, esizdami? Siz o‘shanda sotib olmagandingiz. Nima sababli qo‘ng‘iroq qilyapman? Men kompaniyamda eng zo‘r menejer bo‘lishni va o‘sishni xohlayman. Buning uchun ko‘proq sotishim kerak. Lekin sizni ko‘ndira olmaganman. Menga yordam bering. Nima xato qildim? Qayerda bilimim yetmadi? Ko‘proq sotishim uchun nimani o‘zgartirishim, kuchaytirishim kerak? Maslahat bering, qanchalik ochiqcha aytsangiz — shuncha yaxshi». Agar bu mijozlarga qoʻngʻiroq qilishni xoxlamasangiz boshqa yoʻli shu mijozlar bilan boʻlgan suxbatni audio zapisini tajribali mutaxasis bilan eshitib chiqish va u mutaxasisdan feedback olish. ​Keyin barcha ma'lumotlarni tahlil qilib, qonuniyatlarni ko‘rib, xatolarimni tuzatardim va ko‘rsatkichlar bo‘yicha hammani ortda qoldirardim. Ko‘rib turganingizdek, eng zo‘r sotuvchi bo‘lish juda oddiy". @otabek_b2b_insights

Открыть в Telegram
Просмотры1 890+89%к среднему
Пересылки—
Реакции11
Комментарии—
#440Текст
Просмотры3 510+251%к среднему
Пересылки—
Реакции30
Комментарии—
#439Текст

"Yetim qolgan mijozlar" (unserved customers) AQSH bozoriga kirib, birinchi mijozlarimizni izlayotganimizda Software Connect www.softwareconnect.com degan kompaniyaga duch kelganmiz. Ular ERP va boshqa biznes dasturlarini tanlash bo‘yicha konsalting qiladi. Eng qizig‘i — ularda avtomatlashtirishga ehtiyoji bor kompaniyalar ro‘yxati, ya’ni tayyor leadboard ham bor. Ular bilan gaplashganimizda bizga juda qiziq bir maslahat berishdi: Bozorda katta SaaS kompaniyalar bor. Ular oldin deyarli barcha mijozlar bilan ishlashgan. -Lekin vaqt o‘tishi bilan o‘sishdi. -Katta mijozlar keldi. -Check kattalashdi. Va kichik mijozlar "yetim” qolib ketdi. Nega? Chunki $200–400 oylik to‘lov qiladigan mijozga ham xuddi $5,000–10,000 to‘laydigan mijozdek vaqt va resurs sarflash iqtisodiy jihatdan manfaatli emas. Natijada katta kompaniyalar kichik mijozlarni e’tiborsiz qoldira boshlaydi. Bizga esa: "Aynan shu segmentga kiring. $200–400/oy to‘lay oladigan kompaniyalarni toping. Ularni tezroq jalb qilasiz va birinchi traction’ga erishasiz." deyishdi. Bu menga bitta muhim narsani yana bir bor ko‘rsatdi: Bozorda har doim “xizmat ko‘rsatilmayotgan” mijozlar bo‘ladi. Katta o‘yinchilar ularni kichik deb hisoblaydi. Siz uchun esa ular — 'eng yaxshi beachhead' bo‘lishi mumkin. Shuning uchun yangi startup boshlayotgan bo‘lsangiz, faqat: "Bozor qanchalik katta?” deb so‘ramang. Yana bir savol bering: "Kimga bozordagi katta o‘yinchilar yetarlicha xizmat ko‘rsatmayapti?” Balki sizning birinchi 50–100 ta mijozingiz aynan o‘sha yerda kutib turgandir. @founderdotio P.S. Leadboard ko'rinishi kommentariyda

Открыть в Telegram
Просмотры1 770+77%к среднему
Пересылки—
Реакции25
Комментарии—