🔵 BUXORO U-21 — KUMUSH MEDALLAR SOHIBI! 🥈 Buxoro U-21 jamoasi mavsumni munosib tarzda o’tkazib, kumush medallarga ega chiqdi! Jamoamiz mavsum davomida barqaror va ishonchli o‘yin namoyish etib, yuksak ruh, kuchli iroda hamda g‘alabaga bo‘lgan intilishi bilan muxlislar e’tiborini qozondi. Ushbu natija Buxoro viloyatida yoshlar futboli izchil rivojlanib borayotgani, iqtidorli va istiqbolli futbolchilar yetishib chiqayotganining yana bir yorqin isbotidir. Qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatda murabbiylar Mirislom Xasanov va Suxrob Ne’matov boshchiligidagi murabbiylar shtabining samarali mehnati, fidoyiligi va professional yondashuvi alohida ahamiyat kasb etdi. Jamoamiz rahbariyati nomidan futbolchilar, murabbiylar shtabi va barcha jamoa a’zolarini ushbu natija bilan samimiy muborakbod etamiz! Bu hali boshlanishi! Oldinda yangi marralar, yangi zafarlar kutmoqda! Buxoro futboli rivoji yo‘lida g‘alabalar bardavom bo‘lsin! ☑Rasmiy sahifalarimizga obuna bo’ling👇 ✈️Telegram | 🟣Instagram | 📽 YouTube
Открыть в TelegramПросмотры336+2%к среднему
Пересылки—
Реакции3
Комментарии—