Кабинет

Посты канала FIZIKA FINE

сначала новые

#15655Аудио

Переслано из Xalq ta’limi Info

Dars taqsimotining yangi tartibi yuzasidan ovozli chat audiosi Xabaringiz bor, 20-noyabr kuni Ta'lim va ilm-fan vazirligi bilan hamkorlikda ovozli chat o'tkazilgandi. O‘zingizni qiziqtirgan savollar bo'lsa, belgilab qo'yilgan vaqt ko'rsatgichi ustiga bosing va darhol javobni bilib oling: 04:00 — Dars taqsimoti bo‘yicha murojaatlar nega ko‘paygan? 04:30 — Yangi tartib qanday ishlab chiqildi? 05:00 — Avvalgi dars taqsimoti tizimining kamchiliklari nimalardan iborat? 05:30 — Dars soatlari qaysi mezonlar asosida taqsimlanadi? 09:00 — Dars taqsimotini raqamlashtirish qanday amalga oshiriladi? 10:30 — Yangi tartib qachon barcha maktablarda joriy etiladi? 12:00 — Tarifikatsiya platformasi qanday ishlaydi? 14:00 — Kasbiy rivojlanish indeksi qanday hisoblanadi? 17:00 — O‘qituvchilar reytingi dars soatlariga qanday ta’sir qiladi? 24:00 — Bilim platformasi natijalari dars taqsimotida hisobga olinadimi? 25:00 — Pedagogik kengashning dars taqsimotidagi vakolati qanday? 26:30 — Ortiqcha dars soatlari berilsa, kim javobgar bo‘ladi? 27:30 — Dars taqsimotidan norozi o‘qituvchi qayerga murojaat qiladi? 28:30 — O‘qituvchilar reytingi qanday mezonlar asosida tuziladi? 30:00 — Olimpiada natijalari va boshqa platformalardagi ma’lumotlar inobatga olinadimi? 32:30 — Dars soatlari yetishmaydigan maktablarda muammo qanday hal qilinadi? 34:00 — Qo‘shimcha o‘qituvchi ishga olish tartibi qanday bo‘ladi? 37:30 — O‘qituvchilar yangi tizimga tayyormi? 40:30 — Dars taqsimotida foiz ko‘rsatkichlari qanday qo‘llaniladi? 44:00 — Sertifikatlar va qo‘shimcha ustamalar o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor? 45:30 — Yosh pedagoglar manfaatlari qanday himoya qilinadi? 48:00 — Kichik maktablarda dars soatlari qanday taqsimlanadi? 50:30 — Dars olish uchun toifa va sertifikat talablari qanday? 65:30 — Yangi tizimda direktorning dars taqsimotiga aralashuvi cheklanadimi? 66:30 — Platforma boshqa axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadimi? 67:30 — O‘qituvchi yoki sinf yetishmagan holatlarda nima qilinadi? 72:00 — Direktorlarning aralashuvi va adolatsiz taqsimotga qanday barham beriladi? 73:30 — Yangi tizim avvalgi murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarni hal qila oladimi? 74:30 — Ikki xil diplomga ega o‘qituvchi ikki fan bo‘yicha dars olishi mumkinmi? 77:00 — Ingliz tili o‘qituvchilariga oid savol va javoblar. 79:00 — Dars soatlari bo‘yicha yangi tartib va cheklovlar qanday? 82:30 — Maktab va o‘qituvchilarning o‘quv yuklamasi qanday belgilanadi? 84:00 — Variativ sinflarda dars soatlari qanday taqsimlanadi? 86:00 — Dars taqsimoti qachongacha yakunlanishi kerak? 87:00 — Jizzax viloyatidagi tajriba qanday natija berdi? 90:30 — Informatika o‘qituvchilarining dars yuklamasi qanday belgilanadi? 93:00 — Matematika o‘qituvchilarining dars yuklamasi qanday taqsimlanadi? 93:30 — Platformada dars soatlari qanday aks ettiriladi? Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring. Telegram l Instagram l YouTube

Открыть в Telegram
Просмотры1 700+13%к среднему
Пересылки—
Реакции6
Комментарии—
#15654Текст
Просмотры1 990+33%к среднему
Пересылки—
Реакции4
Комментарии—
#15653Превью ссылки

Переслано из bakiroo

ҲЭТ ҳалиям рўйхат кутмоқда экан Давлат раҳбари 6 октябрь куни ўтган катта йиғилишда иситиш мавсумида газлашмаган ҳамда газ етиб бормаган ҳудудларда электр энергияси бўйича базавий меъёрни 200 киловатт-соатдан 350 киловатт-соатга ошириш топшириғини берган. Яъни, топшириқ берилганига 46 кун бўлди. Масъул идоралардан ҳокимликларгача газсиз ва қиш мавсумида газ етиб бормайдиган истеъмолчилар рўйхатини тузиш учун керагидан ортиқ вақти бўлган. Лекин қимир этишмаган. Чунки уларнинг гази бор, уйи иссиқ, чироғи ўчмайди. Манбаларга кўра, Ҳудудий электр тармоқларига ўша рўйхат қурғур ҳалиям топширилмаган (йигирма биринчи асрнинг 26- йилида яшаяпмиз). Протокол бўйича ҳали муддати бормуш (протокол Конституциядан қудратли Ўзбекистонда). Барака топгурлар, кўмирни эплолмасанглар, пропанни эплолмасанглар, ҳеч қурса рўйхатни эпланглар

Открыть в Telegram
Просмотры1 790+20%к среднему
Пересылки—
Реакции5
Комментарии—