Переслано из Sitora Barliboyeva
Biz bilgan va bilmagan vazirliklarga tegişli juda köplab ilmiy jurnallar bor. Uni faqat tor soha vakillarigina biladi, hisobotlar uçun ilmiy maqolalarini çiqaradi, papkalarga asos qilib soladi va böldi. Öqilmaydi...har bir soni kutilmaydi. Aslida bunday jurnallar, nafaqat şu vazirlik, idoralardagi soha vakillari orasida talaşib öqilişi, balki, keng öquvçilar auditoriyasiga ham yetib borişi kerak. Şunda bu ilmiy yönalişlarga talab ortadi, sohalar anglanadi, yoşlar olim bölişga intiladi. Aslida vazirliklar muassisligidagi naşrlarning maqsadi ham şu böladi. Buning uçun albatta, rang-barang sahifalar, qiziqarli maqolalar, toş bosadigan fikrlar va eng muhimi, yetarli mablağ ajratilişi kerak. Vazirlik, idoralar faoliyatiga oid piar rejalarida ham naşrlarga eʼtibor qaratilişi, xalqqa mutolaa uçun qiziqarli jihatlari körsatilişi lozim. “Til va adabiyot taʼlimi” jurnalini öqib borişimni köpçilik biladi. Menga jurnalning şunçaki muassisning hisobot jurnaliga aylanib qolmagani yoqadi, jamiyat oldidagi öz vazifasiga mos tarzda çiqmoqda. Ança oldin 4-sonini öqib çiqdim. Oldinlari asosan, “Muharrir minbari”, “Şoir (adib) kim?” ruknini öqir edim. Bu safar özbek tiliga oid ilmiy maqolalarning hammasini öqib çiqdim. Juda qiziqarli, zamonaviy va ilmiy qaraşlar sodda tarzda tuşuntirilgan. Ayniqsa, bugun özbek tilşunosligining yangi yönalişi bölgan sunʼiy intellekt va inson muloqotini örganişga qaratilgan lingvopromptologiya böyiça yaxşi tahlillar berilgan. Yana bir yaxşi maqola – “Sözning ulğayişini kuzatgan olim”. Biz odatda mustaqillikka janglarsiz erişganmiz, deymiz. Aslida esa biz bilmagan, biz hali örganmagan yönalişlarda kuraşlar muntazam bölgan. Ayniqsa, til mustaqilligi uçun oydinlarimiz mislsiz jasorat körsatgan. Maqolada şunday tilşunos-olimlardan biri Şavkat Rahmatullayevning ilm yöli eslangan. Talabaligimizda olimning katta-katta kitoblarini öqiganmiz, darslik sifatida qöllanilgan. Öşanda mohiyatini anglamaganimiz, qölimizdagi darslik, luğatlarning aksariyati 50-60 yillarda naşr qilingan edi. Tasavvur qiling, qanday qiyin va oğir davrda yaratilgan. Yagona sovet xalqini vujudga keltiriş maqsadida sobiq ittifoq böylab rus tili va adabiyotini yoyiş, tarğib qiliş kuçaygan bir paytda qator tilşunos-olimlarimiz özbek tili tarixi, şevaşunoslik, özbek adabiy tili, tilning ilmiy asosi haqida özbek tilida dissertatsiyalar yozgan, luğatlar tuzgan, darsliklar yaratgan. Aslida bu katta ilmiy jasoratdir. Har sohada şunday olimlarimiz bor. Ular haqida köproq yozilişi, öqilişi va tarqatilişi kerak. @SitoraBarliboyeva
Открыть в Telegram







