Посты канала Fermerlar Maktabi
🥔Kartoşkani qişda qanday töğri saqlaş kerak? 🥔Qiş davomida kartoşkaning sifati va ta’mini saqlab qoliş uçun unga töğri şaroit yaratiş muhim. Buning uçun quyidagi tavsiyalarga amal qiling: 🔤Avval saralang. Saqlaşdan oldin kartoşkalarni közdan keçiring. Çirigan, şikastlangan va kasallik belgilari bor tuganaklarni ajratib oling. 🔤Qoronği va quruq joy tanlang. Kartoşkani quyoş nuri tuşmaydigan, namlik darajasi past bölgan yertöla yoki maxsus omborlarda saqlang. 🔤 Havo aylanişini ta’minlang. Kartoşkalarni yoğoç yoki plastik ventilyatsion qutilarga joylaştiring. Germetik idişlardan foydalanmang. Bu namlik töplanişi va çirişning oldini olişga yordam beradi. 🔤Haroratni nazorat qiling. Uzoq muddatli saqlaş uçun odatda 2–4 °C harorat tavsiya etiladi. Haroratning keskin özgarişiga yöl qöymang. 🔤 Muntazam tekşirib boring. Saqlaş jarayonida kartoşkalarni vaqti-vaqti bilan közdan keçiring. Çirigan yoki aynigan tuganaklarni darhol ajrating. ❓Siz kartoşkani qişda qanday usulda saqlaysiz? 💬 Telegram | 📷 Instagram | 📱Facebook
Открыть в TelegramПереслано из ФЕРМЕРЛАР КАНАЛИ
⚡️ХУРМАТЛИ ФИДОИЙ РЕСПУБЛИКА ФЕРМЕРЛАРИ! СИЗЛАРНИ ЭРТАДАН БОШЛАБ (25.11) УЧ КУН ДАВОМ ЭТАДИГАН ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ КЎРГАЗМАЛАРИГА ТАКЛИФ ҚИЛАМИЗ. КЎРГАЗМАДА : - Соха вакиллари билан жонли мулоқот; -Чорвачилик, паррандачилик мутахасислари билан амалий семинарлар ва конференция; - Йил давомида сохада бўлган қонунчилик ўзгаришлари бўйича мулоқотлар; - Қиш/бахор об-хаво прогнозлари бўйича маълумотларни бевосита Эркинжон Абдулахатовдан презентация; -Турли қишлоқ хўжалиги техника ва технологиялари кўргазмаси бўлиб ўтади. Кириш бепул, хужжатларсиз ва жойида рўйхатга олиб киритилади.(Тушлик бепул) Манзил : Тошкент ш., Ўз Экспо Марказ , мўлжал: Бодомзор метроси ва Минор масжиди оралиғида. 👉@RespublikaFermerlari
Открыть в Telegram🔥 7 daqiqada iPhone 18 Pro yutib olishni xohlaysizmi? Agrobank fermer va dehqonlar o‘rtasida katta so‘rovnoma boshladi — jami 104 ta sovrin o‘ynalmoqda! 🎁 Sovrinlar ro‘yxati: — 1 ta iPhone 18 Pro — 3 ta Samsung Galaxy A26 — 50 ta powerbank — 50 ta Agrobank brendli kiyimlar to‘plami Nima qilish kerak? Atigi 7 daqiqa vaqt ajratib, sizga qanday qishloq xo‘jaligi texnikasi kerakligi, kredit va lizing shartlari bo‘yicha fikringizni bildirasiz. Hammasi oddiy! 👇 Hoziroq ishtirok eting va omadingizni sinab ko‘ring: 👉 @agrotexnikabot P.S. Fermer yoki dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan yaqinlaringizga ham ulashing — balki iPhone aynan sizning tanishingizga nasib qilar!
Открыть в Telegram#agrobooks 📕98-kitob. Silos va senaj tayyorlaş 📚Uşbu kitobda: 🌱silos va senaj tayyorlaş texnologiyalari; 🌽silosbop ekinlarni yetiştiriş va yiğib oliş; 🚜ozuqabop ekinlarni maydalaş va saqlaşga tayyorlaş; 🌿silos va senaj tayyorlaş jarayonining muhim bosqiçlari; 🐄çorva mollari uçun sifatli va töyimli ozuqa tayyorlaş böyiça amaliy tavsiyalar batafsil yoritilgan. 📖Uşbu qöllanma — "Agrobank" ATB tomonidan taqdim etilgan. 📥Kitobni öqiş va yuklab oliş 💬 Telegram | 📷 Instagram | 📱Facebook
Открыть в Telegram🤩Kivi haqida nimalarni bilasiz? 🥝 Kivi turli nomlarga ega. Uning vatani Xitoy bo’lib, u rezavor meva krijovnikni eslatganligi uchun ham, 20-asrgacha uni „xitoycha krijovnik“ yoki „maymun shaftolisi“ deb ham atashgan. Mevaga ushbu nom „Kivi“ qushi bilan juda o’xshashligi sababli qushcha sharafiga nomlangan. 👨🌾 Kivi – seleksiya natijasi. Bundan 80 yil avval bu meva juda bemaza ta’mda bo’lgan, faqatgina Yangi Zelandiyalik fermerlarning izlanishlari va tajribalari sabab u hozirgi ozmuncha nordon, sersuv va yoqimli ta’mga kirgan. 🦗🦗 „Kivi hosilini zararkunandalar urib ketdi“ iborasi kivi uchun begona. Sababi - uni turli zararkunanda, qurt-qumursqa va hasharotlar yoqtirishmaydi. Ammo, kivi ob-havo o’zgarishlariga juda ta’sirchan bo’lib, sovuqqa, jaziramaga va qurg‘oqchil sharoitlarga chidamsiz bo’lib, ildizlari doimo suvda bo’lishini talab qiladi. Bunday vaqtda u bir kunda 5 litrgacha suv ichadi. 💫 Kivi – juda foydali. 2 o’rta hajmdagi kivi, apelsinga nisbatan ko’proq C vitaminini va 1 dona banan tarkibidagi kaliy miqdoriga teng kaliyni o‘zida saqlaydi. 🩵 Telegram | 📱 Instagram | 🌐Facebook
Открыть в Telegram🇺🇿18-noyabr — Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği qabul qilingan kun 🚛Davlatimiz ramzlari özbek xalqining şon-şarafi, tarixiy xotirasi va intilişlarini özida mujassam etib, şu yurtda yaşayotgan har bir fuqaroga ğurur, faxr va iftixor bağişlaydi. ✅Uşbu qutluğ sana munosabati bilan barça yurtdoşlarimizni muborakbod etamiz. Yurtimiz tinç, osmonimiz hamişa musaffo bölsin! Vatanimiz har bir sohada rivojlanib, yurtimiz bayroği osmon qadar mangu hilpirab tursin! 🌻 Fermerlar maktabi jamoasi
Открыть в Telegram🟠Apelsin daraxtini qanday parvarişlaş kerak? 🌳Apelsin daraxti nafaqat mazali mevalari, balki daromad keltiruvçi ekin sifatida ham qadrlanadi. Uni ekiş uçun eng maqbul davr — bahor yoki kuz fasli. Daraxt yaxşi rivojlanişi uçun quyoş nuri yetarli bölgan, kuçli şamollardan himoyalangan joy tanlaş lozim. Ayniqsa, past harorat va qattiq sovuqlar apelsinning ösişi hamda hosildorligiga salbiy ta’sir körsatadi. Töğri agrotexnik parvariş şaroitida apelsin daraxti 75 yildan ortiq umr körib, hosil berişi mumkin. 🔥Apelsin daraxti keng va şox-şabbasi yoyiq holda ösadi. Şu sababli uning toj qismini me’yorida şakllantiriş, qurigan, şikastlangan va zaif novdalarni öz vaqtida kesib taşlaş muhim. Bunda soğlom va hosil beruvçi şoxlarni asraş kerak. Ayniqsa, daraxt tojining içki qismida havo almaşinuviga xalaqit beradigan qurigan hamda kuçsiz novdalarni olib taşlaş tavsiya etiladi. 🍊Apelsin mevalari nav va iqlim şaroitiga qarab turli muddatlarda yetiladi. Köplab navlarda hosil yiğimi oktabr–noyabr oylarida boşlanadi. Möl va sifatli hosil oliş uçun daraxtni zararkunandalardan muntazam himoya qiliş zarur. Xususan, qizil örgimçakkana barglarga zarar yetkazib, fotosintez jarayonini susaytirişi va natijada hosildorlikni pasaytirişi mumkin. Şu bois daraxtlarni muntazam kuzatiş, zararkunandalarni erta aniqlaş va öz vaqtida kuraş çoralarini qöllaş muhim hisoblanadi. 🩵 Telegram | 📱 Instagram | 🌐Facebook
Открыть в Telegram🐣TOVUQLARNING TUXUM QÖYIŞ SAMARADORLIGINI QANDAY OŞIRIŞ MUMKIN? 🥚Parrandaçilikda yuqori mahsuldorlikka erişiş nafaqat tovuqlarning zotiga, balki ularni töğri oziqlantiriş, saqlaş va parvarişlaşga ham boğliq. 🐔Tuxum beruvçi tovuqlar oyiga örtaça 22–26 dona tuxum berişi mumkin. Uşbu körsatkiçni barqaror saqlaş uçun quyidagi tavsiyalarga amal qiliş muhim: 1. Töğri oziqlantiriş. Ertalab nam aralaş yem, keçqurun esa donli ozuqa beriş mumkin. Yem tarkibida oqsil, yoğ, uglevod, vitamin va minerallar yetarli bölişi kerak. 2. Vitamin va mineral moddalar. Ratsionga kökatlar, unib çiqqan don hamda zarur vitamin-mineral qöşimçalar kiritiladi. Ayniqsa, tuxum pöçoği şakllanişi uçun kalsiy muhim ahamiyatga ega. 🌡 Haroratni me’yorida saqlaş. Tovuqxona sovuq va keskin harorat özgarişlaridan himoyalangan bölişi lozim. Qulay mikroiqlim tuxumdorlikka ijobiy ta’sir körsatadi. 💡Yoruğlik rejimini ta’minlaş. Tuxum beruvçi tovuqlar uçun kunlik yoruğlik davomiyligi odatda 14–16 soat atrofida bölişi tavsiya etiladi. Qiş mavsumida qöşimça yoritişdan foydalaniş mumkin. 💦 Toza suv va gigiyena. Tovuqlar doimo toza içimlik suvi bilan ta’minlanişi, tovuqxona esa muntazam tozalanib, şamollatib turilişi kerak. 📌Unutmang! Sifatli ozuqa, toza suv, qulay şaroit va muntazam parvariş — soğlom parrandalar hamda yuqori tuxumdorlikning asosidir. 🩵 Telegram | 📱 Instagram | 🌐Facebook
Открыть в Telegram🌱Anorni qişda qanday saqlaş mumkin? 🍎Anor nafaqat mazali, balki vitaminlarga boy, uzoq yillar mobaynida tabobatda ham qöllanilib kelinadigan mevalardan biridir. Anor foydaliligi jihatidan beqiyos meva. U xona haroratida 1 haftagaça saqlanadi. Oçilgan anor donalari esa 4 kungaça turadi. 🌡Anorlarni muzlatkiçning umumiy bölimida +1°C haroratda 9 oy davomida asraş mumkin. Lekin bunday uzoq muddat saqlaş uçun anorning nordon turlari tanlanişi kerak, şirin anorlar şunday şaroitlarda 5 oygaça yaxşi turadi. ❄️Qişga saqlaş uçun anorlarning har biri qoğozga öralib, kiçik yaşiklarga terib çiqiladi. Qoğoz namlikni şimib olib, mevalarning çirişini oldini oladi. Anorlar yaxşi saqlanişini ta’minlaş uçun qoğozlarga öraş oldidan mevalarning har birini soğlomligini tekşiriladi. Agarda anorlarda çiriş alomatlari sezilsa, anorning zararlanmagan donlari ajratib olinib, polietilen paketda muzlatkiçga solib saqlanadi. 🔗Muzlatkiçlardagi odatiy harorat +4 ... +6°C ekanligini hisobga olsak, anorlarni örtaça 2 oy davomida bemalol saqlaş mumkin. Agar anorlarni muzlatkiçning muzxonasiga joylaştirilsa (-15°C haroratga) saqlaş muddati 1 yilgaça çözilişi mumkin. Ammo muzlaş natijasida anorning foydali xususiyatlari yöqoladi. 📌Anorlarni quruq va 2-8°C haroratdagi uyning yertölasida ham saqlaş mumkin. Yertölaga saqlaş uçun joylangan anorlar har yarim oyda oçib tekşirib turiladi. Çiriy boşlaganlari ajratib olinadi. Bunday şaroitlarda anor mevalari 2 oygaça buzilmay turadi. 🩵 Telegram | 📱 Instagram | 🌐Facebook
Открыть в Telegram🌸Za'faron haqida.. 📎Eng muhimi, terib olingan gullardan popuklar shu kunning o'zida ajratib olingani ma'qul. Sababi qurib qolgan guldan popukni ajratib olish g'oyatda mushkul. ✏️Kashmir za'faroni dunyodagi eng yaxshi va eng qimmati hisoblanadi. Ziravorni yetishtirish va yig'ish faqat qo'l mehnati orqali amalga oshiriladi. Mahsulotning qimmatbaho ekanligining sababi ham shunda. 🤩Za'farondan tayyorlangan an`anaviy shirin choy kashmirliklar orasida juda mashhur. Unga za'farondan tashqari dolchin, asal va yanchilgan bodom qo'shiladi. Ushbu ichimlik insonga quvvat beradi va tetiklashtiradi. Ilgari Sharqda uni "qizil oltin" deb atashgan. 📱U eng mazali ziravor, yuqori sifatli tabiiy bo'yoq va ko'plab kasalliklarga davo bo'la oladigan qimmatli mahsulotdir. 🩵 Telegram | 📱 Instagram | 🌐Facebook
Открыть в Telegram🥕Sabzini yangiligiça saqlaşga oid muhim tavsiyalar 🥕Sabzini uzoq vaqt saqlaş uçun namlik darajasi juda muhimdir. U, boşqa ildiz sabzavotlar singari, uzoq muddat saqlanişi uçun nam muhitga muhtoj. 💧Saqlaş uçun ideal namlik darajasi 90-95% bölib, bu sabzining yangiligini uzoq vaqt uşlab turadi va qurib qolişining oldini oladi. 🟢Bunday namlik darajasini ta’minlaş uçun sabzini höl qum içida yoki nam mato bilan öralgan holda saqlaş tavsiya etiladi. 💬Sabzini havo ötkazmaydigan idişlarda yoki polietilen paketlarda saqlaş yaxşiroq. Bu harorat barqarorligini uşlab turişda qöl keladi. 📌Agar muzlatkiçda saqlayotgan bölsangiz, uni yaşil barglaridan ajratib olib, alohida saqlang. Barglari namlikni tez yöqotişiga olib kelişi mumkin. ❗️Uşbu sabzavotni saqlaşda yaxşi ventilyatsiya va yoruğlikdan himoya qiliş ham muhim, çunki haddan ortiq yoruğlik va kislorod ta’siri ildizlarning tezroq çirişiga olib kelişi mumkin. 🩵 Telegram | 📱 Instagram | 🌐Facebook
Открыть в TelegramПереслано из Suvchilar maktabi
📚Qoraqalpog‘istonda o‘quv kursi davom etmoqda! 📖Qoraqalpog‘iston Respublikasida PQ-334-son qaror ijrosi doirasida mevachilik va uzumchilik yo‘nalishidagi o‘quv kursi davom etmoqda. 🍇Sohaga oid bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlashga qaratilgan mazkur kurs — bog‘ va tokzorlarni samarali parvarishlash, ilg‘or tajribalarni amaliyotga tatbiq etish hamda hosildorlikni oshirish yo‘lidagi muhim qadam. 🔤Website | 📱Telegram | 📲Instagram | 🆎YouTube
Открыть в Telegram