Bolaga «meniki» emas, «bizniki» hissini berish Agar ota-ona oilada hamma narsani faqat o‘zi tasarruf etsa, bolaning fikri, o‘yinchoqlari yoki mayda-chuyda ishlarida uning ishtirokini hisobga olmasa, bola ham o‘z mulkini meniki deb boshqalar bilan bo‘lishishni xohlamaydi. Ota-ona bolani faqat buyruq bilan boshqarmasdan, u bilan birga o‘ynasa, birga biror ish qilsa yoki uning fikrini so‘rasa, bola hamkorlik madaniyatini o‘rganadi. Bola ota-onasidan hamma narsa o‘ziga qaytib kelishini, kerak bo‘lsa bo‘lishish mumkinligini anglasa, qo‘rquv va hasad «menikini olib qo‘yishadi» degan xavotir kamayadi.
Открыть в Telegram
ERTAKTERAPIYA
RoviTalk, sizlar uchun maxsus, davolovchi ertaklarni taqdim etadi. Bu ertaklar bolalardagi nozik kasalliklarga, tarbiyaga oid muammolarga va asab kasalliklarining yechim sifatida taqdim etiladi. Murojaat uchun: Tel.: +998900981166 @ertakterapiya_admin
Средние просмотры поста по дням
По дню публикации
Показать таблицей
| Дата | Просмотров на пост |
|---|---|
| 5 нояб. 2026 г. | 394 |
| 7 нояб. 2026 г. | 774 |
| 9 нояб. 2026 г. | 896 |
| 10 нояб. 2026 г. | 695 |
| 12 нояб. 2026 г. | 859 |
| 14 нояб. 2026 г. | 803 |
| 18 нояб. 2026 г. | 632 |
| 21 нояб. 2026 г. | 571 |
| 23 нояб. 2026 г. | 502 |
| 24 нояб. 2026 г. | 510 |
| 27 нояб. 2026 г. | 290 |
| 28 нояб. 2026 г. | 199 |
Самые просматриваемые за месяц
- Просмотры912Пересылки—Реакции16Комментарии—
- Просмотры881Пересылки—Реакции12Комментарии—
- Просмотры859Пересылки—Реакции16Комментарии—
- Просмотры810Пересылки—Реакции7Комментарии—
Новые посты
Bolaning qalbi — ota-onaning ko‘zgusi ✔️ Farzandingiz yolg‘on gapiryaptimi? Demak, siz uni qattiq nazorat ostiga olgansiz! ✔️ Farzandingiz o‘ziga ishonmayaptimi? Demak, siz uni ruhlantirmas ekansiz! ✔️ Farzandingiz yaxshi gapira olmayaptimi? Demak, siz u bilan suhbatlashmas ekansiz! ✔️ Farzandingiz o‘g‘rilik qilyaptimi? Demak, siz unga sovg‘a-salom bermayotgan ekansiz! ✔️ Farzandingiz qo‘rqoqmi? Demak, siz uni ko‘p himoya qilarkansiz! ✔️ Farzandingiz boshqalarni hurmat qilmayaptimi? Demak, siz uning yonida ovozingizni pasaytirmas ekansiz! ✔️ Farzandingiz qizg‘anchiqmi? Demak, siz u bilan o‘zaro hamkorlik qilmas ekansiz! ✔️ Farzandingiz boshqalarga nisbatan tajovuz qilyaptimi? Demak, siz unga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘larkansiz! ✔️ Farzandingiz zaifmi? Demak, siz unga ko‘p do‘q-po‘pisa qilar ekansiz!
Открыть в TelegramPodkastni 2 .3 ga bòlmasdan tòliq eshting ‼️✅✅ Farzandlarimizni tarbiyalash masalasi bòyicha juda foydali mavzu ochilgan.
Открыть в TelegramKattalarning rejasiga sig‘magan kichik qiziqishlar — aslida bolaning ichki dunyosiga ochilgan eshik. Uni «behuda» demang, shunchaki yonida bo‘lib, kuzating va qo‘llab-quvvatlang.Bu siz uchun oddiydir lekin bolalar kòzi bilan qaraganda bir olam quvonch òziga bòlgan ishonchni his qilishdir.
Открыть в TelegramQiziqishlari qabul qilinmagan bola o‘z qiziqishlarini kattalarnikiga moslashtiradi. Qobiliyati qabul qilinmagan bola esa onasi xohlagan mavzularda ko‘zga ko‘rinishni xohlaydi. Yig‘lashi va kulishi qabul qilinmagan bola his-tuyg‘ularidan uzoqlashadi... Shunday qilib, vaqt o‘tishi bilan o‘zligini yo‘qotadi. Rol o‘ynashni hamda boshqalar kabi harakat qilishni boshlaydi. ©️ Xadicha Kubro Tongar («Men bolamni urmayman») kitobidan
Открыть в TelegramShayx Sa’diy Sheroziy yoshliklarini eslab shunday deydi: “Maktabga birinchi borayotgan kunim otam menga qalam-daftar berdilar, o‘g‘lim maktabga borib yaxshi o‘qing, deb qo‘limga bir kumush uzuk ham taqib qo‘ydilar. Dars tugab ko‘chaga chiqsam bir odam holva sotayotgan ekan. Qornim ochqab, yegim kelib turganimda bir odam so‘radi: “Ha bolakay, holva yeging kelyaptimi?” “Ha”, dedim. “Puling bormi?” so‘radi haligi odam. “Yo‘q”, dedim sekingina. Endi ketmoqchi bo‘lib turgan edim haligi odam kelib: “Uzugingni bersang senga ikkita holva olib beraman”, dedi. Shoshilib uzugimni berdim. Xursand bo‘lib, og‘zimda holva yuqi bilan uyga kirib bordim. Otam bu holatdan xabardor bo‘lgach: “Ey o‘g‘lim, agar uzukning qadrini bilganingizda edi, ikkita emas, ikki tog‘ora holvaga ham alishtirmagan bo‘lar edingiz”, dedilar. Shundan keyin yoshim ulg‘ayganda ham bu hol esimdan chiqmadi, meni to‘lqinlantirdi va: “Umring bahosini bilmagan mahal, Ishrat lazzatiga etasan badal.” deb yozib qo‘ydim, bu mening hayotimda katta dars bo‘ldi”, dedilar. Sizda ham shunday vaziyatlar bòlganmi? Bòlgan bòlsa hammaga manfaatli bòlishi uchun izohlarda qoldiring !
Открыть в TelegramTarbiyaga aralashuv qachon yahshiyu qachon yomon? Kimlar aralashishi mumkin deb hisoblaysiz- u kimlar aralashishi notògri Har biringizning qarashingiz fikringiz muhim! Izohlarda bòlishamiz...👇👇👇
Открыть в TelegramQadim zamonda bir bogʻbon boʻlgan ekan, uning yakkayu yagona tantiq oʻgʻli bor ekan. Bogʻbon bolasiga tanbeh bersa, xotini oʻrtaga tushib: “Qoʻyavering, katta boʻlsa esi kirib qoladi”, der ekan. Bogʻbon xotinining gapi xato ekanini tushuntirish uchun shunday yoʻl tutibdi: bogʻga ikkita bir xil mevali daraxt niholini yenma-yen ekibdi. Ularni bir vaqtda sugʻorib, bir xil oʻgʻit solib parvarishlabdi. Lekin, nihollardan birini ortiqcha shohlarini kesib, ikkinchisiga esa, umuman tegmabdi. Oradan uch yil oʻtibdi, nihollar daraxtga aylanib, meva beradigan payti kelibdi. Shoxlari kesilib turilgan nihol baland va chiroyli, mevalari xam koʻp ekan. Qaychi tegmagan niholning shoxlari esa, har tomonga tarvaqaylab, oʻzi tanasi qiyshiq bir daraxt boʻlibdi. Bir-ikki mevasi boʻlib, maydaligidan koʻzga ham koʻrinmas ekan. Bogʻbon xotini chaqirib, daraxtlarni koʻrsatibdi va tushuntiribdi: “mana bu daraxtning ortiqcha shoxlarini kesib turganim uchun, butun kuchi asosiy shoxlariga borib, serhosil boʻldi. Bunisi esa, oʻz xoliga tashlab qoʻyganim uchun meva bermaydigan, foydasiz daraxt boʻldi. Uning ortiqcha shoxlarini endi kesgan bilan foydasi kam. Toʻgʻri parvarishni niholligida qilish kerak edi”, debdi. Hulosani izohda bòlishamiz olgan hulosamiz barchamiz uchun manfaatli bòlishi uchun...👇👇👇👇
Открыть в TelegramBolani ruhini sindirmasdan to‘g‘ri tarbiya qilishning 5 oltin qoidasi Ko‘pincha ota-onalar "to‘g‘ri tarbiyalayman" deb, bolaning shaxsiyatini sindirib qo‘yishadi. Ertakterapiya nuqtayi nazaridan, bola buyruq orqali emas, balki metafora, tanlov va mehr orqali o‘zgaradi. Mana, bolaning ichki dunyosiga zarar yetkazmaydigan 5 ta aniq qadam: 1. ✅✅Shaxsni emas, xatti-harakatni baholang "Sen yomon bolasan" yoki "Sen dangasasan" deyish bolaning o‘ziga bo‘lgan ishonchini (samootsenkasini) o‘ldiradi. Buning o‘rniga: "Sening bu ishing menga yoqmadi" yoki "Xonang yig‘ishtirilmagani meni xafa qildi" deng. Bola o‘zini emas, xatosini yomon deb bilsin. 2. ✅✅Tanlov imkoniyatini bering Buyruq bolada qarshilik uyg‘otadi, tanlov esa mas'uliyatni o‘rgatadi. "Tez kiyin!" deyish o‘rniga: "Qaysi ko‘ylagingni kiyasan: ko‘kinimi yoki yashilinimi?" deb so‘rang. Bola qarorni o‘zi qabul qilganini his qiladi va injiqlik qilmaydi. 3. ✅✅Ertaklar orqali tarbiyalang (Ertakterapiya) Bolaga "qo‘rqoq bo‘lma" yoki "yolg‘on gapirma" deb nasihat qilish foydasiz. Uning muammosiga o‘xshash vaziyatga tushib qolgan qahramon haqida qisqa ertak to‘qib bering. Bola qahramonning xatosi va yechimini ko‘rib, o‘ziga kerakli xulosani o‘zi chiqarib oladi. 4. ✅✅His-tuyg‘ularini tan oling Bola yig‘layotganda yoki jahli chiqqanda "Yig‘lama!", "Uyat bo‘ladi!" demang. Bu uning hislarini bo‘g‘ishdir. Avval uning holatini qabul qiling: "O‘yinchog‘ing sinib qolganidan juda xafa bo‘lganingni tushunib turibman". Tushunilganini his qilgan bola tez tinchlanadi. 5. ✅✅Chegaralarni xotirjam, lekin qat'iy qo‘ying Ruhini sindirmaslik — hamma narsaga ruxsat berish degani emas. "Yo‘q" so‘zini baqirmasdan, qisqa tushuntirish bilan ayting: "Hozir shirinlik yeyish mumkin emas, chunki kechki ovqat vaqti bo‘ldi. Uni ertaga tushlikdan keyin yeymiz". Bola — loy emas, u urug‘. Bizning vazifamiz unga o‘zimiz istagan shaklni majburlab berish emas, balki uning ichidagi bor salohiyat o‘sib chiqishi uchun to‘g‘ri sharoit yaratishdir. Post manzur bo‘lgan bo‘lsa, yaqinlaringizga ham ulashing! 🌿
Открыть в TelegramСвязи
Кого упоминает
Rovi Talk@rovitalk1 репост