Perhaps you hate a thing and it is good for you; and perhaps you love a thing and it is bad for you. And Allah Knows, while you know not (2:216)
Открыть в TelegramПосты канала Emuallim
Full scholarship to study in the USA if you are a 20-25 year old, exceptional student. Deadline: January 15th, 2027.
Открыть в TelegramQaysi biri bola stoli? Tepa: 👍 Past: 🔥 Javob: 👍 narsalani chachilib yotganindan malum) Lekin har doim ham bunday emas.
Открыть в TelegramEhson = Har bir ishni mukammal bajarish. Kasb-hunar, o‘qish yoki kundalik vazifalarni shunchaki nomiga emas, balki sifatli va chiroyli ado etish ehsondir.
Открыть в TelegramAlhamdulillah qilgan Duolariz ijobat buldi. Oyo'qqa turdilar. Rahmat so much Happyman :)
Открыть в Telegram❕Fatvo Markazining SAT Imtihonidagi leak'larga rasmiy munosabati Leak bu imtihon oldidan, shu imtihonda tushadigan, noto'g'ri yo'l bilan olingan va tarqatilgan imtihon materiallari hisoblanadi. Fatvo Markazining javobiga ko'ra, Leak'dan foydalanish, sotib olish va o'sha leak'lar bo'yicha imtihondan oldin o'quvchilarga dars o'tish shariatda taqiqlangan! Yuqoridagi hujjatda O'zbekiston Musulmonlar Idorasi Fatvo Markazining ushbu masalaga javobini o'zingiz o'qib chiqishingiz mumkin. Keyingi safar qaysidir tanishingiz leak oladigan bo'lsa yoki undan ham yomoni o'qituvchingiz sizga leak bo'yicha dars o'tadigan bo'lsa, bu narsa nojoiz ekanligini ularga eslating va yuqoridagi hujjatni dalil qiling. Islom dini insonni har bir ishda rostgoʻy va halol boʻlishga buyuradi, aldovdan esa qatʼiy qaytaradi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qilganlar: Ma’nosi: «Kim bizni aldasa, bizdan emas» (Imom Muslim rivoyati). Shogirdlarini bu yo’lga boshlagan ustozning ham mas’uliyati og’ir. Bu ishning zarari bir kishi bilan cheklanmaydi. Ozchilikning aldovi sabab imtihon bekor qilinsa, joiz yo‘l bilan tayyorlangan koʻplab yoshlar mavjud imkoniyatdan mahrum boʻladi. Bunday ishga yordam bergan, uni oʻrgatgan yoki tarqatgan kishi ham gunohga sherik boʻladi. Zero, Alloh taolo: «Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qilingiz, gunoh va haddan oshish yo‘lida hamkorlik qilmangiz!», deb buyurgan (Moida surasi, 2-oyat). Bandalarning haqqi faqat tavba bilan kechirilmaydi, buning uchun haq egalarining roziligi ham kerak. Ayniqsa, shogirdlarini bu yoʻlga boshlagan ustozning masʼuliyati ogʻir. Paygʻambarimiz alayhissalom: «Barchangiz masʼulsiz va har biringiz qoʻl ostingizdagilar haqida soʻralasiz», deganlar (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati). Hamma qilayapti degani bu siz ham qilishingiz kerak degani emas. Noto'g'ri ishni hamma qilayotgani uni to'g'ri qilib qo'ymaydi. Yuqorida aytilganidek, "Aldovning haromligi hammaga ma'lum". Alloh taolo barchamizni manfaatli ilm va pok rizqqa muvaffaq aylasin, aldov va xiyonatdan Oʻzi asrasin! Vallohu aʼlam. 2026-yil 9-noyabr, 02-01/3734-son, Raisning birinchi o’rinbosari H.Ishmatbekov. Hujjat kodi: UM78868891 (IJRO.GOV.UZ, ERI bilan tasdiqlangan).
Открыть в TelegramKoʻpchilik charchaganda togʻga borishni, sayohat qilishni yoki xobbilar bilan chalgʻishni maslahat beradi. Lekin bunday narsalar ruhingizga ozuqa bermasa, shunchaki nafsni boqishdek tuyuladi. Asl halovat qayergadir qochishda yoki chalgʻishda emas — maʼnoli maqsad va ruhiy xotirjamlikda.
Открыть в TelegramHayotdan nima xohlaysiz? Ko’pchilik javob berishga qiynaladi, chunki 80% odam hayotdan o’zi nima xohlashini bilmaydi😏. Nega? Men buni sababini tushunib yetdim. Hozir tushuntirib beraman… Tasavvur qiling, siz yashayotgan joyda yangi bitta restoran 🍷🍔 ochildi. Sizga albatta qiziq bu restoranda qanaqa taomlar qilinishi, lekin… siz restoranga borganingizda sizning oldingizga ofitsiant kelib: “Kechki ovqatga nima xohlaysiz?” deb so’raydi. Siz hayron 😕 bo’lib qolasiz. Bu bolaning mazasi bo’lmayaptimi shekilli deb o'ylab qolasiz… “Ukam… xafa bo’maginu, sen boshing bilan urushib qolmaganmisan mabodo? Menyuni📜 ko’rmasdan turib qayerdan bilaman nima xohlashimni?” Yana bitta misol. Masalan, Afrikaning eng chekka bir joyidagi qabilada yashaydigan indeysdan 👴🏿 so’radingiz: “Agar vaqting ham, puling ham cheksiz bo’lganda nima xohlarding?” Nima deb o’ylaysiz? U sizga qanaqa javob beradi? “Karochi, derazasi okeanga qaragan, ichida trenajyor, jakuzi va katta kutubxonasi bor 3 xonali uy🏠, keyin bitta oppoq Lamborghini🚗 xohlardim” deydimi? Yo’q. U aytishi mumkin: “Bitta yaxshi kamon 🏹 bo’lsa zo’r bo’lardi, o’rdaklarni otib o’ldirib yerdim”. Nega? Dunyoda o’zi nimalar borligini bilmaydi bechara. Biz ham ko'pincha xuddi shundaymiz. Dunyoda qanday cheksiz imkoniyatlar, maqsadlar va orzular borligini bilmaganimiz uchun ham o'z yo'limizni topishga qiynalamiz. Dunyoni va undagi imkoniyatlarni o'rganish orqali siz o'zingiz uchun xuddi "orzular menyusi"ni shakllantirishingiz va o'zingizga yoqqan hayot tarzini tanlab olishingiz mumkin. SAVOL: Katta muvaffaqiyatga erishgan odam oddiy odamdan nimasi bilan farq qiladi? Hech o’ylab ko’rganmisiz? Javobi juda oddiy. Odatlari bilan… ya'ni kunda-kunora qiladigan ishlari bilan. Yaqinda o’quvchilarimdan bittasi menga bitta qiziq rasm ko’rsatdi. Lamborghini 🚗 rasmining ustiga quyidagi gaplar yozilgan edi: “Nega Lamborghinining televizorda reklamasi yo’q? Unga qurbi yetadigan odamlarning televizor ko’rishga vaqti yo’q.” Tasavvur qiling, 75 yoshli chol 🎅🏻 nevarasi bilan gaplashib o’tiribdi: “Shu yoshimga chiqqunimcha men televizorda 📺 bergan hamma seriallarni ko’rib chiqqanman. Kamiga disklar sotib olib, boshqa seriallarni ham ko’rganman.” Endi boshqa cholni tasavvur qilamiz: “Men shu yoshimgacha kamida 1000 ta kitob 📚 o’qiganman, 20 ta kitob 📕 yozganman, katta biznesni 💲 boshqarganman, dunyoning 7 🌎 qit'asining hammasida bo’lganman va 10 milliondan ortiq odamga yordam berganman.” Qaysi bir cholning gapini eshitish qiziqroq: 1-chisinimi yo 2-chisinimi? Shu chollardan bittasi siz bo’lishingiz mumkin — agar siz passiv odatlarni faol (aktiv) odatlar bilan almashtirishni boshlasangiz... yoki boshlamasangiz.
Открыть в Telegram