Переслано из Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
🇺🇿🇩🇪 Toshkentda “PROFI DEUTSCH” va xalqaro “TELC” imtihon markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi 🇺🇿Toshkent shahar hokimligi homiyligida Kasbiy ta’lim moddiy-texnika ta’minoti markazi binosi ta’mirlanib, zamonaviy o‘quv xonalari, mebel va texnik jihozlar bilan ta’minlandi. Natijada “PROFI DEUTSCH” nemis tili va “TELC” xalqaro imtihon markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi. ✔️23-noyabr kuni mazkur markazning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. ➡️“PROFI DEUTSCH” - yoshlarni nemis tiliga o‘qitish, Germaniyada ta’lim olish va qonuniy mehnat faoliyatiga tayyorlashga ixtisoslashgan markaz. 10 oylik dastur asosida tinglovchilar nemis tilini boshlang‘ich bosqichdan B1 darajasigacha o‘rganadi. Markaz bir vaqtning o‘zida 180 nafar yoshni qamrab olish imkoniyatiga ega. ▫️“TELC” xalqaro imtihon markazi - nemis tilini bilish darajasini xalqaro mezonlar asosida baholash va xalqaro sertifikat olish uchun imtihon topshirish imkonini beradi. Markazda oyiga 300–400 nafar, yiliga 3 600–4 800 nafar nomzod uchun imtihon tashkil etish rejalashtirilgan. 🟢Ochilish marosimida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova, Kasbiy ta’lim agentligi direktori Azimjon Xusanov, Migratsiya agentligi direktorining o‘rinbosari Elyor Toshtemirov, “TELC” tashkilotining Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili Winfried Ellwanger, “PROFI DEUTSCH” nemis tilini o‘qitish va imtihon markazi rahbari Kamoliddin Bediyev, tegishli tashkilotlar mas’ullari hamda yoshlar ishtirok etdi. 🇺🇿Mazkur markazlar yoshlarning Germaniyada dual kasbiy ta’lim — Ausbildung dasturida tahsil olishi, kasbiy malakasini oshirishi va xalqaro mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishi uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 2 ч | 71 |
| 4 ч | 84 |
| 5 ч | 86 |
| 8 ч | 91 |
- Через 6 часов86
- Всего сейчас91






