Jigar: qaysi belgilarda shoshilinch yordam kerak? Charchoq, uyqu bosishi, qichishish — jigarni yog‘ bosishiga xos belgi emas. Ko‘z oqi sarg‘aysa yoki qorin shishsa — tezda shifokorga. Qon qusish, qora najas yoki hush chalkashishi — darhol shoshilinch yordam chaqiring. To‘liq video 👇 https://youtu.be/N7U1_Z5W4wA #jigar #belgilar #shoshilinchyordam
Открыть в TelegramПосты канала Dr.Dilshod
«Jigar tozalovchi» kapelnitsa kerakmi? Jigarni yog‘ bosgani uchun o‘zboshimchalik bilan damlama, ukol yoki kapelnitsa boshlamang. Davolash sababga va kasallik darajasiga qarab tanlanadi. Dorini shifokor tanlaydi. To‘liq video 👇 https://youtu.be/N7U1_Z5W4wA #jigar #kapelnitsa #davolash #yoglijigar
Открыть в TelegramALT, AST normal bo‘lsa, jigar sog‘mi? UTTdagi yog‘ darajasi fibroz bosqichini ko‘rsatmaydi. ALT va AST normal chiqqani fibroz yo‘q degani emas. Shifokor FIB-4 ni hisoblashi, kerak bo‘lsa FibroScan tavsiya qilishi mumkin. To‘liq video 👇 https://youtu.be/N7U1_Z5W4wA #jigar #fibroz #ALT #AST #FIB4
Открыть в TelegramVazn kamaymasa ham harakat jigarga foyda beradi Ovqatdan keyin 10 daqiqa piyoda yurishdan boshlang. Tarozidagi raqam o‘zgarmasa ham, muntazam harakat jigardagi yog‘ni kamaytirishga yordam beradi. To‘liq video 👇 https://youtu.be/N7U1_Z5W4wA #jigar #harakat #piyodayurish #yoglijigar
Открыть в TelegramJigarni yog‘ bosganda meva yeyish mumkinmi? Butun meva bilan sharbat — boshqa-boshqa narsa. Hamma mevani taqiqlash shart emas, lekin shirin ichimlik va sharbatni kamaytiring. Spirtli ichimlik jigarni zararlaydi. To‘liq video 👇 https://youtu.be/N7U1_Z5W4wA #jigar #meva #sharbat #yoglijigar
Открыть в TelegramJigarni yog‘ bosgan bo‘lsa, osh va non mumkinmi? Osh va nonni butunlay tashlash shart emas. ✔️ Porsiyani biroz kamaytiring ✔️ Yoniga salat qo‘shing ✔️ Shirin ichimlik o‘rniga suv Foydali mahsulotni ovqat ustiga qo‘shmang, almashtiring. To‘liq video 👇 https://youtu.be/N7U1_Z5W4wA #jigar #ovqatlanish #osh #yoglijigar
Открыть в TelegramJigaringizni yog‘ bosgan deyishdimi? Birinchi qadam UTTda «jigaringizni yog‘ bosgan» deyishdimi? Qo‘rqmang — buni boshqarsa bo‘ladi. Birinchi oddiy qadam: shirin ichimlikni suv yoki shakarsiz choyga almashtiring. Ovqatlanish, harakat va fibroz xavfi haqida to‘liq videoda 👇 https://youtu.be/N7U1_Z5W4wA #jigar #yoglijigar #gepatoz #sogliq
Открыть в TelegramOddiy yurishni boshlash uchun har bir sog‘lom odamga katta tekshiruv paketi kerak emas. Lekin mashq vaqtida: — ko‘krakda og‘riq yoki bosilish, — hushdan ketish, — kuchli bosh aylanishi, — tushuntirib bo‘lmaydigan keskin hansirash, — yurak urishida jiddiy bezovtalik paydo bo‘lsa — mashqni to‘xtating va shifokorga murojaat qiling. Yurak-qon tomir kasalligi, jiddiy tizza yoki bel muammosi, yaqinda operatsiya bo‘lgan bo‘lsa — yuklama individual tanlanadi. ▶️ To‘liq video: https://youtu.be/_kWD7dpTZNY
Открыть в TelegramBirinchi hafta uchun oddiy reja: 🚶 Yurish — haftada 3 kun 💪 Kuch mashqi — haftada 2 kun 😴 Tiklanish — oralarida 📈 Keyingi hafta — faqat 1 narsani oshiring Juda kam harakat qilsangiz, 5–10 daqiqa ham boshlanish. Bu dushanba-seshanbaga bog‘langan retsept emas — boshlash prinsipi. Screenshot qilib saqlab qo‘ying. ▶️ To‘liq video: https://youtu.be/_kWD7dpTZNY
Открыть в Telegram«Kam natija ko‘ryapman» va «natija yo‘q» — bu bir xil gap emas. Agar boshida tezroq o‘zgarish ko‘rgan bo‘lsangiz va keyin sekinlashgan bo‘lsa, o‘zingizni o‘sha avvalgi tezlik bilan solishtirib «endi natija yo‘q» degan xulosaga shoshilmang. Keyingi safar taroziga chiqishdan oldin o‘zingizdan bitta savol so‘rang: «Bu hafta xulqimda nimani yaxshi ushlab qoldim?» Natija uchun emas. Xulq uchun ishlang. Shunda natija keladi. Keyin esa qoladi. ▶️ To‘liq video: https://youtu.be/q1A78e0UyYg
Открыть в TelegramOdam yurishni boshlaydi. Keyin bir vaqtning o‘zida ko‘proq kun mashq qiladi, uzoqroq yuradi, gantelni og‘irlashtiradi, takrorni ko‘paytiradi. Natija — og‘riq yoki qattiq charchoq. Oddiy qoida: bir paytda bitta narsani oshiring. Bu hafta 15 daqiqadan uch marta yurdingizmi? Keyingi hafta bitta yurishga besh daqiqa qo‘shing. Yoki kuch mashqida 8 martani 10 martaga chiqaring. Lekin hammasini birdaniga emas. Bu tanaga moslashishga vaqt beradi va sizni dasturdan chiqarib yuboradigan yuklamadan saqlaydi. ▶️ To‘liq video: https://youtu.be/_kWD7dpTZNY
Открыть в Telegram«Tarozi tushmayapti — demak, baribir yog‘ ketyapti» deyish noto‘g‘ri. Tarozi turib qolganining o‘zi yog‘ kamayganini isbotlamaydi. Lekin xuddi shuningdek, bitta kunlik raqamga qarab «qilayotgan ishlarim ishlamayapti» degan xulosa chiqarish uchun ham ma’lumot yetarli emas. Bitta kunlik raqam butun jarayon qanday ketayotganini ko‘rsatib bera olmaydi. Mana shu farqni tushunish juda muhim. ▶️ To‘liq video: https://youtu.be/q1A78e0UyYg
Открыть в Telegram«Bir oydan beri mashq qilyapman, vaznim atigi bir kilogramm tushdi. Demak, mashq foydasiz.» Bu xulosa noto‘g‘ri. Tana vazni faqat mashqda yoqilgan kaloriyaga bog‘liq emas — ovqatlanish, kundalik harakat, uyqu, ishtaha, ayrim dorilar va tibbiy holatlar ham ta’sir qiladi. Mashqning foydasini faqat tarozi bilan o‘lchamaymiz: — Yurishingiz osonlashdimi? — Zinadan kamroq hansirab chiqyapsizmi? — Kuchingiz oshdimi? — Bel aylanangiz o‘zgaryaptimi? Mana bular ham natija. ▶️ To‘liq video: https://youtu.be/_kWD7dpTZNY
Открыть в TelegramKecha to‘yda bo‘ldingiz. Osh yedingiz, tuzni ko‘proq yedingiz. Ertalab tarozida vazningiz yuqoriroq. Bu «semiribman» degani emas. Bunday qisqa muddatli o‘zgarishda tanadagi suv katta rol o‘ynaydi. Ich qotgan kunlarda ham raqam balandroq chiqishi mumkin. Tarozi «bunisi suv, bunisi ovqat, bunisi yog‘» deb ajratib bermaydi — faqat bitta raqam beradi. Uni to‘g‘ri tushunish kerak. To‘ydan keyin tarozidan xavotir oladigan yaqiningizga yuboring. ▶️ To‘liq video: https://youtu.be/q1A78e0UyYg
Открыть в TelegramOzish degani faqat tarozidagi raqamni kamaytirish emas. Vazn kamayganda yog‘ni kamaytirib, mushak va jismoniy funksiyani saqlashni xohlaymiz. Yurish yurak-qon tomir va nafas tizimini ishlatadi. Kuch mashqi esa mushakka qarshilik beradi. Ular bir-birini to‘ldiradi. Zal shart emas. Uyda boshlash mumkin: stuldan turib-o‘tirish, devorga tayanib push-up, rezina bilan tortish, suv idishi bilan mashq. Boshlovchi uchun haftasiga ikki marta yetarli. Oxirgi takrorlar biroz qiyin bo‘lishi mumkin — lekin texnika buzilmasin va o‘tkir og‘riq bo‘lmasin. ▶️ To‘liq video: https://youtu.be/_kWD7dpTZNY
Открыть в TelegramKecha to‘yda bo‘ldingiz. Osh yedingiz, tuzni ko‘proq yedingiz. Ertalab tarozida vazningiz yuqoriroq. Bu «semiribman» degani emas. Bunday qisqa muddatli o‘zgarishda tanadagi suv katta rol o‘ynaydi. Ich qotgan kunlarda ham raqam balandroq chiqishi mumkin. Tarozi «bunisi suv, bunisi ovqat, bunisi yog‘» deb ajratib bermaydi — faqat bitta raqam beradi. Uni to‘g‘ri tushunish kerak. To‘ydan keyin tarozidan xavotir oladigan yaqiningizga yuboring. ▶️ To‘liq video: https://youtu.be/q1A78e0UyYg
Открыть в TelegramAgar hozir muntazam mashq qilmasangiz, men yugurishni emas, yurishni tanlagan bo‘lardim. Birinchi haftada maksimal natija kerak emas. Tanangiz ko‘tara oladigan va keyingi haftada ham takrorlay oladigan yuklama kerak. Tezlikni «talk test» bilan tanlang: nafasingiz tezlashadi, lekin yoningizdagi odam bilan gaplasha olasiz. Aqlli soat ham, formula ham shart emas. Deyarli harakat qilmasangiz — 5–10 daqiqadan, yurishga odatlangan bo‘lsangiz — 15–20 daqiqa tezroq yurishdan boshlang. Bizga bir kunlik qahramonlik emas, takrorlanadigan harakat kerak. ▶️ To‘liq video: https://youtu.be/_kWD7dpTZNY
Открыть в TelegramTarozi yog‘ni alohida o‘lchamaydi. U suv, ichakdagi ovqat, glikogen va yog‘ni birga qo‘shib, bitta raqam qilib ko‘rsatadi. Lekin ular bir xil tezlikda o‘zgarmaydi: suv va ichak tarkibi bir kunda o‘zgarishi mumkin, yog‘ esa sekin o‘zgaradi. Ozishning boshida tarozi tezroq tushishining bir sababi ham shu — dastlabki pasayishning bir qismi glikogen va u bilan bog‘liq suv hisobiga bo‘ladi. Shuning uchun keyingi sekinlashuv muvaffaqiyatsizlik degani emas. ▶️ To‘liq video: https://youtu.be/q1A78e0UyYg
Открыть в TelegramOzish uchun mashq boshlamoqchisiz. Lekin nimadan: yurishdanmi, yugurishdanmi yoki kuch mashqlaridanmi? Ko‘pchilik bitta xato qiladi: «qancha ko‘p kaloriya yoqsam, shuncha yaxshi» deb o‘ylaydi. Aslida mashqning vazifasi faqat kaloriya yoqish emas. Ozish paytida uchta narsa kerak: harakatni ko‘paytirish, mushakni imkon qadar saqlash va buni oylar davomida davom ettira olish. ▶️ To‘liq video: https://youtu.be/_kWD7dpTZNY
Открыть в TelegramMen hammasini qilyapman — ovqatlanishimni o‘zgartirdim, shirinlikni kamaytirdim, harakat qilyapman. Lekin nega bunchalik sekin? Agar shu fikr sizga tanish bo‘lsa, avval ikkita gapni ajratib olaylik: «kam natija ko‘ryapman» va «natija yo‘q». Ko‘pchilik bularni bitta deb o‘ylaydi. Aslida ular boshqa-boshqa narsa. Tarozi aslida nimani o‘lchashini to‘liq videoda tushuntirdim. ▶️ To‘liq video: https://youtu.be/q1A78e0UyYg
Открыть в Telegram