Microsoft muammosi UKda qanday nishonlandi? Kun bo‘yi ko‘pchilik Microsoft Outlook ishlamagani haqida gapirib keldi. Juda qiziq, ba’zida falokatli voqealar ham bo‘lgan. Ba’zilari bilan o‘rtoqlashgim keldi. * Odamlar taqvim (Calendar) bilan ishlaydi. Ish boshlashda kunlik rejalarini qarab olib, ketma-ket bajarishni boshlashadi. Kecha unday bo‘lmadi. Chunki taqvim ishlamadi. Kimning oldiga soat nechaga borishni bilishmadi. Eng qizig‘i, har ikki tomonda ham shunday bo‘lgan. - Uzr, man kech qoldim. Siz bilan uchrashuv ertalab ekanini taqvimdan qaray olmadim. - Hechqisi yo‘q, asosiysi keldingiz. Man kim kim qachon kelishini bilmay, kutib o‘tiribman. * Polis (Ichki ishlar xodimlari) talafot joyiga borish uchun ham MS taqvimdan foydalangan. - Bitta joyga 2-3 marta kelishgan. - Boshqasiga umuman borishmagan - Qayerga borildi, qayerga borilmadi, hech kim bilmaydi. * Eng qizig‘i Katta to‘rtlik (Big4) oldida bo‘lgan. Xodimlar ish to‘xtab qolgani uchun pastga, oshxonalarga tushib, suhbatlashib o‘tirishgan. Ertalab 9:00da ish boshlagan bo‘lsa, 17:00gacha ishlashi kerak. soat 15:00gacha kafeda choyxona qilishgan. Buni bir TV muxbiri tasvirga olib, yoritib turgan. Shu vaqt, soat 15:00da Outlook ishlashni boshladi. Odamlarga ishxonaga qaytish so‘ralgan. Muxbir ularning fikrini bilganida: - Man endi ish xonaga qaytmayman. Kun bo‘yicha o‘tirdim, yana 2 soat o‘tirib, uyga ketaman, - deyishgan, shirakayf holatga. ~~~ Eng asosiy mavzu, bu holat qaytarilmasligi uchun nima qishda. Albatta, katta korxonalarda ham xatolar bo‘ladi. Ularning ustidan kulib, hazil qilsa yarashadi. Lekin to‘g‘ri ish emas. 1. Barcha tuxumlarni bitta savatga solmaslik. Agar korxona juda katta bo‘lsa, alohida AT jamoa tuzib, parallel tizimlar o‘rnatish va nazoratni yo‘lga qo‘ygan yaxshi. Masalan, Microsoft Outlook emaillarini ichki email tizimida ham saqlash mumkin. (MS Exchange for backup). Ortiqcha xarajat, lekin 1 kun ishlamasa ko‘riladigan ziyon oldida kichik xarajat bo‘lishi mumkin. 2. SLA tizimini puxta qilish. Agar biror tizim ishlamay qolsa, xodimlar nima qilishi kerak? Qachon qilishi kerak? Katta korxona 1 kun ishlamasligi faqat o‘zining ziyoniga bo‘lsa, marhamat, xodimlari choy ichgani chiqib ketsa bo‘ladi. Lekin shifoxona, polis, olov o‘chirish kabi tashkilotlar qo‘shimcha chora ko‘rishi shart. 1 soat ishlamasa nima qilishini, qanday chora ko‘rishni barcha xodimlar bilishi kerak. 3. Kichik biznes katta zarar ko‘rdi. Kunlik savdo hisobiga yashaydigan korxonalar yangi buyurtma ola olmagan. Bu esa ularning bir necha kunlik faoliyatiga ta’sir qilgan. Bir Banner chiqaruvchi tashkilot xodimi aytadi: - Biz tayyor bo‘lgan mahsulotlarni yubora oldik. Ammo yangi buyurtma kelmadi. Odamlar tadbirga deb banner qildiradi. Biz chiqarib bermasak, tadbir ham buziladi. Bizning ishga ham ziyon yetadi. Bu zanjir. Bitta uzilish ko‘pchiligimiz uchun ta’sir qildi. ~~~ Biror talafot bo‘lishidan oldin, har bir jarayon uchun Ehtiyot chorasi (Backup plan, Exit plan) tayyorlab qo‘ying. Xodimlarga ko‘rsating va o‘rgating, yilda 1 marta eslatib, imtihon qilib tursangiz ham bo‘ladi. Muhim ma’lumotlarni (kimga qo‘ng‘iroq qilish kerak, qayerga borish kerak) qog‘ozga chiqarib, hamma ko‘radigan joyga yopishtirib qo‘ying. Oddiy oq qog‘oz 100 so‘m turadi. Lekin 1 yilda 1 marta bo‘lsa ham millionlab pulingizni tejaydi. Bu ma’lumotlarni siz bilasiz. Man faqat eslatib o‘tgin keldi. Dam olish kuningiz barakali o‘tsin. 15.11.2026 London @DrAlgorithm
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 5 ч | 1 665 |
| 19 ч | 2 015 |
- Через 6 часов1 665
- Через 24 часа2 015
- Всего сейчас2 015